К содержанию
РецензированоRU2021

Организация внеучебных занятий на основе нетрадиционных образовательных технологий

Nigora ADIZOVA · Ogiloy MUSTAFAYEVA · May -/© in Science LLC. (Pedagogical institute of Bukhara State university)

Общество и инновации · 3 · 343-349 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья посвящена разработке инструментария, образовательная раскрывающего возможности использования таксономии технология, педагогических целей, которые широко используются в таксономия мировой педагогике, сравнительному изучению специфики педагогических целей, когнитивное поле, этих методов на образовательных этапах на основе таксономия Бенджамина анализа. Блюма, активные методы обучения, современное образование, знание, понимание, применение, анализ, синтез, оценка. Jamiyat rivoji fan va texnika, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta’lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ta’lim jarayonini o‘ta qat’iy hamda murakkab talablar asosida yo‘lga qo‘yish zarurati kun tartibiga qo‘yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayoni mohiyatini to‘laqonli anglay olgan, favqulodda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta olish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassisni tayyorlash zaruriyati ta’lim jarayonini ham texnologik yondashuv asosida tashkil etish lozimligini taqozo etmoqda. Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan ta’lim tizimining vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi namoyon bo‘lmoqda. Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga keng ko‘lamli va shiddatli tezlikdagi axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga, xususan, til ta’limiga ham pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi: yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyatini aniqlash va uning nazariy asoslarini yaratish, uning prinsiplarini ishlab chiqish, pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llashning samarali yo‘llarini tanlash va hokazo. Ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning yangi modelini yaratish taqozo qilinadi. Modelni amaliyotda qo`llash o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. 345 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 Ta’lim jarayonida faol o‘qitish metodlarini tanlash. Ta’lim texnologiya elementlarini tanlash va amalga oshirishda ta’lim oluvchilarning o‘quv bilish faoliyatlarini e’tiborga olish lozim. Amaliyotdagi oddiy qoida shu haqida guvohlik beradiki, nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida ta’lim oluvchilarga yangi bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan’anaviy metodlarni amalga oshirish orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim. Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan bo‘lsa, ma’lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o‘tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Yo‘naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o‘qitish kabi usullar mustaqil o‘rganilgan, tahlil va muhokama qilingan ma’lumotlarning 90 foizini xotirada saqlanashi uchun imkon beradi. Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida an’anaviy metodlar qo‘llanilganda, ta’lim oluvchilarning axborotni eslab qolish ko‘rsatkichining eng yuqori darajasi 30 foizni tashkil etar ekan. Noan’anaviy metodlar qo‘llanilganda esa ularning axborotlarni o‘zlashtirish darajasi yanada ortib boradi. Har qanday ta’limning maqsadi – bilimni hamda uni amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish, shunga zarur shaxs sifatlari va ko‘rsatmalarni ishlab chiqishdir. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida adabiyotlar tahlili, dasturlar, darsliklar, dars berish amaliyotidagi o‘quv maqsadlarining aksariyati kognitiv (bilishga oid) sohaga tegishli bo‘lishi aniqlangan. Xuddi shu maqsadda jahon pedagogikasida fundamental izlanishlar natijasida o‘quv maqsadlari taksonomiyasi vujudga kelgan. U o‘quv maqsadlarini belgilashning eng ilg‘or usuli bo‘lib e’tirof etilgan. Taksonomiya tuzish ham nazariyotchi olimlar, ham amaliyotchi pedagoglar faoliyati samarasini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston pedagoglari bu usulni qay darajada tezroq egallar ekanlar, ular Respublikamiz ta’lim tizimini jahon pedagogikasining ilg‘or tajribalari bilan uyg‘unlashuviga shu darajada jadalroq o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘ladilar. Bugungi kunda barcha fanlar qatori ona tili darslarini ham hozirgi zamon talablariga muvofiqlashtirish, zamonaviy ta’lim metodlari asosida o‘qitish yuzasidan faol ishlar olib borilmoqda. Biroq ta’lim mazmuni, usuli va vositalarini “o‘quvchil

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья посвящена разработке инструментария, образовательная раскрывающего возможности использования таксономии технология, педагогических целей, которые широко используются в таксономия мировой…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья посвящена разработке инструментария, образовательная раскрывающего возможности использования таксономии технология, педагогических целей, которые широко используются в таксономия мировой… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, понимание, синтез, qo‘llash, когнитивное поле, analysis, faol o‘qitish metodlari, ta’lim texnologiyalari, Benjamin Blum taksonomiyasi, pedagogik maqsadlar taksonomiyasi, kognitiv (bilishga oid) soha, оценка, analiz, таксономия Бенджамина Блюма, zamonaviy ta’lim, таксономия педагогических целей, bilish, образовательная технология, synthesis, анализ, educational technologies, taxonomy of Benjamin Blum, assessment, comprehension, baholash, the taxonomy of pedagogical aims, modern education, cognitive sphere, применение, знание, sintez, современное образование, tushunish, the use, active teaching methods, активные методы обучения, knowing
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники