Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Обзор рассказа Эркина Азама
Raimqulova SOHIBA
Общество и инновации · 3 · 385-390 · 2021
Аннотация
Калит сўзлар: Maqolada Erkin A’zamning qissa yaratishdagi mahorati, qissa, “Otoyining tugʻilgan yili”, “Javob”, “Bayramdan boshqa kunlar”, qissanavis, “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati”, “Shoirning to‘yi”, personaj, “Pakananing oshiq ko‘ngli”, “Guli-guli” qissalarining mavzusi, xarakter, mavzu, gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan. gʻoya, epigraf, publisistika, tasvir, ramz 1 2 year master, Literary studies: Uzbek literature, Termez state university, Termez, Uzbekistan Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 Обзор рассказа Эркина Азама АННОТАЦИЯ Ключевые слова: Сказочное мастерство Эркина Азама, «Год рождения рассказ, отца», «Ответ», «Дни кроме праздников», «Страна рассказчик, аплодисментов или аплодисментов», «Свадьба поэта», персонаж, «Возлюбленный Пакана», «Гули-гули» рассказы , идейно- сюжет, художественные особенности. идея, эпиграф, публицистика, образ, символ Bugungi o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan adiblaridan biri O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamdir. Adabiyot maydoniga jamiyatning ijtimoiy-siyosatiy, madaniy hayotida muhim o‘zgarishlar pallasi bo‘lgan 70-yillarda kirib kelgan ijodkor dastlab hikoyalari, so‘ngra qissalari bilan xalq nazariga tushdi, adabiyotshunoslar, kitobxonlar uchun tanish ijodkorga aylandi. Bir qator asarlari bilan o‘z muxlislariga ega bo‘lgan yozuvchi sifatida adabiyot olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lib oldi. Erkin A’zam ijodi haqida so‘z borganda uni nafaqat mahoratli nosir, balki yetuk dramaturg, qalami o‘tkir publisist ham deyish mumkin. Qaysi adabiy turga, qaysi janrga qo‘l urmasin, adib barida o‘z iste’dodini ko‘rsata olgan. Hatto, kino san’atida ham taniqli kinodramaturgga aylanib ulgurgan. Uning asarlari asosidagi filmlar butun dunyo bo‘ylab namoyish etilgan va nufuzli tanlovlarda yuqori o‘rinlarga ega bo‘lgani barchaga ayon. Adibning bu boradagi ishlari haqida gapirilsa, har biri alohida tadqiqot mavzusi bo‘la oladi. Biz hozir so‘z yuritadigan mavzu adib qissalari haqida bo‘ladi. Surxondaryo farzandi Erkin A’zam shu kungacha o‘nga yaqin qissalarini kitobxonlarga taqdim etgan. Uning ilk qissasi 1981-yilda chop etilgan “Otoyining tugʻilgan yili” nomli asaridir. Qissa nashr qilinishi bilanoq kitobxon yoshlar orasida mashhurlikka erishadi. Buning sababi asar talaba yigitning hayoti haqida ekanligida, va haqiqat bo‘yab- bejalmay, boricha, oddiy tilda, biroz kinoya bilan aytilganligida bo‘lsa kerak. Asar qahramoni Asqar Shodibekov ismli yigit ikkiyuzlamachilikni yoqtirmaydi, ko‘nglidagi gapni yashirmaydi, laganbardorlik, maddohlikdan nafratlanadi. Uning uchun yaqinlarimi, do‘stimi, sevganimi yoki umuman begona insonmi buning ahamiyati yo‘q, muhimi, u dilidagini tiliga chiqarishi kerak. Agar aytolmay qolsa, vijdoni qiynaladi, hatto, uxlolmaydi. U yoshligidan shunga o‘rgangan. Afsuski, bu xarakterni hamma ham to‘gʻri qabul qilolmaydi. Asqar esa uni tushunishlarini xohlaydi. Kursdoshlari, ayrim ustozlari, ularning ikkiyuzlamachiligi, manqtiqsiz gaplari uni junbushga keltiradi. Adabiyot tarixi o‘qituvchisining bema’ni savollari, kursdoshlarining undan ham be’mani javoblari uni hayron qoldiradi. O‘zining xuddi shu achchiq bo‘lsa-da, haqiqatni aytadigan tili ortidan imihondan yiqiladi. Asar uning mana shu orada boshidan kechirganlari haqida. Asarni o‘qib boshlar ekansiz, kitobni ochishingiz bilan “Aytsam – o‘ldururlar, aytmasam – o‘lam…” deb nomlangan epigrafga ko‘zingiz tushadi. Aynan mana shu epigraf Asqarning xarakterini ochib berish uchun xizmat qilgan. 1986-yilda esa yozuvchining “Javob” qissasi kitobxonlar hukmiga havola etildi. Qissa taqdir hukmiga bo‘ysunib, yashashga o‘rganib qolgan, boriga qanoat qiladigan, 386 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 kamtar inson Nuriddin Elchiyev haqida. “Yozuvchining “Javob” qissasi о‘z vaqtida kо‘plab bahs-munozaralarga sabab bо‘lgan edi. Bunga sabab, bizning nazarimizda, qissa qahramoni sifatida ojiz, kamtar, kamsuqum va mute odam obrazining tanlanganida. Chunki о‘sha davr adabiy an’analariga muvofiq asar qahramoni kurashuvchan, jamiyatning faol kishisi bо‘lishi kerak edi. E.A’zam esa Elchiyev timsoli orqali inson ruhiyatining keng va chuqur qirralarini badiiy inkishof etadi. Adabiyotning bosh vazifasi insonni, uning ichki iztiroblari, о‘y-xayollari, orzu-armonlarini tadqiq etish ekanligini isbot qiladi”. Qissa qahramoni Elchiyev o‘z xarakteri tufayli hamkasblari, yaqin do‘stlari, bu ham yetmagandek, farzandlari tomonidan malomatga uchraydi. Natijada, o‘z joniga qasd qiladi. Ajali yetmay qolib, shifoxonaga tushadi va o‘sha yerda unda o‘tkazgan hayoti haqida o‘ylashga vaqt bo‘ladi. Boshiga tushgan g‘avgʻolar sababini qidiradi, mana shu jarayonda u yetishgan fojialari uning amallariga, harakatlariga qilingan javob ekanligini anglab qoladi. Asar boshidan oxiriga qadar o‘sib boruvchi fojia ostida ketsa ham, asar oxirida Elchiyev o‘zini, o‘z hayotini tushunib yetadi
Доказательный фрагмент
«Калит сўзлар: Maqolada Erkin A’zamning qissa yaratishdagi mahorati, qissa, “Otoyining tugʻilgan yili”, “Javob”, “Bayramdan boshqa kunlar”, qissanavis, “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati”, “Shoirning to‘yi”, personaj…»
Образец извлечения
Демо-превьюКалит сўзлар: Maqolada Erkin A’zamning qissa yaratishdagi mahorati, qissa, “Otoyining tugʻilgan yili”, “Javob”, “Bayramdan boshqa kunlar”, qissanavis, “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati”, “Shoirning to‘yi”, personaj… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru), mavzu, subject, ramz, narrator, персонаж, story, xarakter, personaj, publisistika, qissa, символ, journalism, рассказ, symbol, idea, image, идея, epigraph, рассказчик, qissanavis, epigraf, gʻoya, образ, character, tasvir, публицистика, эпиграф, сюжет
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025