К содержанию
РецензированоRU2021

Формирование духовного воспитания у учеников через устного народного творчества народа

Gavkhar SAIDOVA · Abera KAKHHOROVA

Общество и инновации · 3 · 314-317 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье представлены понятия фольклора, его фольклор, виды и функции, образцы, значение народного творчества ценность, в воспитании духовности человека. духовность, культура, искусство, народное творчество. Xalq og‘zaki ijodi – mehnatkash omma ijodi, xalq san’atining boshqa, ya’ni musiqa, teatr, raqs, o‘yin, tasviriy va amaliy san’at kabi turlaridan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og‘zaki so‘z san’atidir. Xalq og‘zaki ijodi – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. Har bir xalqning og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fe’l – atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu- intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini ko‘ramiz. Ma’naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o‘rnini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bo‘lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma’naviy qashshoq kimsa hayotda ro‘y berayotgan voqealarga loqayd bo‘ladi. Loqaydlik esa tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi. Ma’naviy qashshoq odam uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun keksa avlod, avvalo, farzandning ma’naviy dunyosini shakllantirish chorasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq dostonlari, ertaklari, qo‘shiqlari, maqollari va boshqa o‘nlab janrdagi asarlar yosh avlodning ma’naviyatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishini ta’minlash maqsadini nazarda tutgan holda yaratilgan. O‘tgan asrgacha bugungi kundagi matbuot, o‘quv dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televidenie, internet kabi ta’lim, ma’rifat tizimi bo‘lmagan. Bu vazifalarni bajarish, asosan, xalq og‘zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og‘zaki ijodi xalq pedagogikasi zaminini tashkil etgan. To‘g‘ri, umumta’lim maktablari- ning boshlang‘ich sinflarida ham xalq og‘zaki ijodidan namunalar beriladi. Ma’lum bo‘ladiki, madaniyat, san’at, til xalqning xalq sifatida ravnaq topishining bosh omili ekan. Xalq ijodi esa madaniyat, san’at, tilning asosini tashkil etuvchi tarkibiy qismdir. Shuning uchun ham 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida “Ma’naviy- axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar” alohida bo‘lim sifatida tasdiqlanishi bejiz emas. Unda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy- tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi ta’kidlanadi. Qadimdan ota-bobolarimiz o‘z orzu-umidlarini turmush haqiqatlari bilan uyg‘unlashtirgan holda go‘zal mo‘jizakor manzaraga, sodda va o‘ta teran mazmunga ega ertaklarni yaratganlar. Hayot haqiqati va kishilarning ruhi, psixologiyasini o‘zida aks ettirgan ertaklarning badiiy kuchi hanuzgacha kattalar va kichiklar uchun ham birday qiziqarli, jozibali xalq kitobi sifatida ta’sir etib kelmoqda. 315 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 Ertaklar – yaxshilikka yetaklar, deb xalqimiz bejizga aytishmagan. Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ertaklarda voqealar, asosan, mo‘jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo‘jiza yoki fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan bog‘lab, haqiqat, ozodlik, to‘g‘rilik, odamiylik kabi didaktik g‘oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag‘ishlaydi, tinglovchi e’tiborini o‘ziga jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg‘ular dunyosiga g‘arq etadi. Umumlashtirilgan holda ertakka xos quyidagicha ta’rif e’tirof etilgan: “Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deb ataladi”. Darhaqiqat, ertaklar bolalarga mo‘ljallangan ijod turi bo‘lib, ularni tuzilishi jihatidan bolalarning yosh xususiyatiga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin: Kichik yoshdagi bolalar ertaklari (2 yoshdan 6 yoshgacha); o‘rta yoshdagi bolalar ertaklari (7 yoshdan 11 yoshgacha); o‘smir yoshdagi bolalar ertaklari (12 yoshdan 16 yoshgacha). Kichik yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalarga aytiladigan ertaklarning voqeasi juda sodda, ishtirok etuvchi ertak qahramonlari va personajlarining ham soni 3-4 nafardan oshmaydi. Ularning ham aksariyati bolalarga tanish uy hayvonlari, parrandalari, qushlar yoki o‘rmon hayvonlari, shuningdek, oila a’zolariga o‘xshagan nomlari tanish (ota-ona, bobo-buvi, tog‘a va shu kabi) kishilardan iborat. Bunday ertaklar, xususan, bolalarni ovutish, fikrini biror narsaga jalb qilish, biror foydali odatga o‘rgatish, ularga notanish hayvonlarning o‘zini, xarakterini tanishtirish maqsadida aytiladi. O‘rta yoshdagi (7 yoshdan 11 yoshgacha) bolalar ertaklari – u yoshdagi bolalarning xotirasi, fikrlash doirasi ancha takomillashgan bo‘lib, ular oila, turmush haqida qisman tushunchaga ega bo‘ladilar. Ularga yanada fikran chuqurroq, biroz bo‘lsa- da o‘ylab

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье представлены понятия фольклора, его фольклор, виды и функции, образцы, значение народного творчества ценность, в воспитании духовности человека.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье представлены понятия фольклора, его фольклор, виды и функции, образцы, значение народного творчества ценность, в воспитании духовности человека. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
folklore, art, culture, народное творчество, spirituality, фольклор, искусство, folklor, xalq san‘ati, ma’naviyat, культура, madaniyat, san’at, духовность, values, ценность, qadriyat, folk art
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники