Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Изображение проблем периода в прозе Сурхана
Sohiba ESHNAZAROVA
Общество и инновации · 3 · 374-378 · 2021
Аннотация
Калит сўзлар: Maqolada Surxon adabiyotining zabardast vakillaridan biri badiiy adabiyot, Safar Kokilovning “Konsilium” hamda “Bir majlisda” deb badiiy asar, nomlangan hajviyalarida davr muammolarining badiiy aks hajviya, etishi yoritib berilgan. hikoya, Surxon nasri, satira, yumor Изображение проблем периода в прозе Сурхана АННОТАЦИЯ Ключевые слова: В статье рассматривается художественное отражение художественная проблем времени в комиксах «Консилиум» и «В одной литература, встрече» Сафара Кокилова, одного из крупных комедия, представителей сурхандарьинской литературы. 1 2 stage master, Literary studies: Uzbek literature, Termez state university, Termez, Uzbekistan Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 повесть, сурханская проза, сатира, юмор Istiqlol davri adabiyotshunosligining xalqaro maydondagi оʻrni va milliy madaniy merosini tadqiq etish, qadriyatlarni anglash zarurati bugungi globallashuv jarayonida badiiy adabiyotning mohiyatiga yanada chuqur kirib borish, badiiy asarlarning jahon adabiyoti rivojidagi munosib оʻrnini asoslash, keyingi davr adabiyotiga kuchli ta’sir оʻtkazgan ijodkorlar merosini оʻrganishni taqozo etmoqda. Bugungi madaniy-ma’rifiy sohalardagi amalga oshirilayotgan islohotlar va kechayotgan jarayonlar оʻzbek adabiyotshunosligi oldiga ham qator yangi vazifalar qоʻymoqda. “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yоʻliga оʻtmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”. Bu jarayonda muayyan xalq badiiy tafakkuri mahsulining insoniyat ma’naviy olamini yuksaltirishdagi оʻrni va ahamiyati, uning оʻziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Har qanday badiiy asar ham oʻz davrining xoh maishiy, xoh ijtimoiy, xoh siyosiy boʻlsin qandaydir muammolarini aks ettiradi. Chunki ijodkor borliqni oʻz koʻzi bilan koʻrib, oʻz dunyoqarashi, tafakkuri, bilim darajasi, tuygʻulari, kayfiyatidan kelib chiqib, asarini yozadi.“Albatta, adabiyot oʻz davrining dolzarb muammolarini yoritib koʻrsatishi kerak. U bu bilan kishilarning diqqat-e’tiborini ma’lum masalaga jalb etadi.”, - deydi professor Abdulla Ulugʻov. Dunyo adabiyotiga nazar tashlaydigan boʻlsak, qaysi mavzuda yozilgan boʻlmasin, shuhrat topgan badiiy asarlar davr muammolarini yoritib berganligining guvohi boʻlishimiz mumkin. Oʻzimizning adabiyotimizda ham shu holatga koʻzimiz tushadi. Masalan, “Oʻtkan kunlar” yoki boʻlmasa “Kecha va kunduz” romanlari misolida qaraydigan boʻlsak, har ikki asar ham oʻz davrining dolzarb masalasini aks ettirishga xizmat qilgan. Surxon nasri namoyandalarining ham davrning turli muammolarini aks ettirgan asarlari mavjud. Shular sirasiga Safar Kokilovning qator asarlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Adib juda koʻp holatlarda jamiyatdagi muammolarni hajviy hikoyalar orqali olib chiqishga harakat qiladi. Adabiyot tarixiga nazar tashlanadigan boʻlsa, koʻplab ijodkorlar hajviyalar orqali muammolarni aks ettirishni ma’qul koʻrishgani kuzatiladi. Muqimiy, Zavqiy, Qodiriy, Qahhor, Gʻаfur Gʻulom, Said Ahmad, Anvar Obidjon kabi bir qancha ustoz ijodkorlar shular jumlasidandir. “Ustoz yozuvchi Sa’dulla Siyoyev ta’biri bilan aytganda, hajviyotimizni tebratib kelayotgan chinorlar supra оʻqlog‘ini yig‘ishtirib “iste’foga” chiqqan bugungi zamonda yangi bir hajvchi – yozuvchining yuz kоʻrsatgani quvonchli hol, albatta… Uning kоʻngli, dardi, nomayi a`moli barcha yozganlarida aks etib turibdi. Safar Kokilov tоʻg‘ri sоʻzlikni, adolatni qadrlaydi. Yolg‘onchilik, loqaydlik va kоʻzbоʻyamachilikni оʻlguday yomon kоʻradi”. Adib ijodiga e’tibor qiladigan boʻlsak, aksariyat asarlarida shifokorlar yoxud shifoxona bilan bogʻliq voqealar qalamga olinganligining guvohi boʻlamiz. Bu narsa uning shu sohada ishlagani va bu muhitni ichidan bilganligi uchun boʻlsa kerak. Uning 375 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 “Konsilium” nomli hajviyasini оʻqigan kishi bugunning ogʻriqli muammolariga duch keladi. Hajviya mana bunday boshlanadi: “Sigaret tutunga tоʻla katta xonada oq xalat kiygan bir necha оʻta jiddiy qiyofadagi kishilar ertalabdan beri munozora qilishadi. – Yоʻq, yоʻq. Men ololmayman. Bemorning dardi jarrohlik emas. Uni terapevt olsin, – dedi sakkizinchi marta sоʻz olgan jarroh Jovliyev. – Ye, nega endi? Bemor chisto infeksionniy-ku?! Tag‘in izidan hech kimi yоʻq ekan. Uni yuqumli kasalliklar bоʻlimiga yotqizish kerak. Tamom-vassalom, – e’tiroz bildirdi terapiya bоʻlimi boshlig‘i hоʻppasemiz Qorbosdiyev”. Bir shifoxonaning shifokorlari kecha kelgan bemorni qaysi soha vrachi olishi kerakligini muhokama qilib, ertalabdan beri bir qarorga kela olishmaydi, aniqrogʻi, “sen ol, sen ol” qilib birbiriga solishadi. Oxir-oqibatda, vaqt peshindan o‘tib ketadi. Hamshira kirib bemorning vafot etganligi va uni
Доказательный фрагмент
«Калит сўзлар: Maqolada Surxon adabiyotining zabardast vakillaridan biri badiiy adabiyot, Safar Kokilovning “Konsilium” hamda “Bir majlisda” deb badiiy asar, nomlangan hajviyalarida davr muammolarining badiiy aks hajvi…»
Образец извлечения
Демо-превьюКалит сўзлар: Maqolada Surxon adabiyotining zabardast vakillaridan biri badiiy adabiyot, Safar Kokilovning “Konsilium” hamda “Bir majlisda” deb badiiy asar, nomlangan hajviyalarida davr muammolarining badiiy aks hajvi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fiction, badiiy asar, юмор, story, badiiy adabiyot, comedy, сурханская проза, Surkhan prose, yumor, satira, Surxon nasri, hikoya, hajviya, сатира, humor, комедия, художественная литература, satire
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025