К содержанию
РецензированоUZ2021

Трактовка образа матери в прозе независимости

Sevara PARDAYEVA · May -/© in Science LLC. (Termez State University)

Общество и инновации · 3 · 357-360 · 2021

Аннотация

Калит сўзлар: Ushbu maqola Isajon Sultonninf “Onaizorim” asaridagi obraz,qissa,badiiy voqealar tahlili haqidadir. Bundan tashqari, maqolada vositalar,ona,o‘zbek “Onaizorim” qissasining o`ziga xos xususiyatlari, badiiyati, xalqi,an’ana. asardagi mohiyat ochib berishga harakat qilingan. Qissadan o`rin olgan voqeliklar matniy tahlil uchun asos sifatida tanlab olingan. Трактовка образа матери в прозе независимости АННОТАЦИЯ Ключевые слова: Статья посвящена анализу событий в произведении образ, история, искусство, Исаджона Султаннинфа «Онайзорим». Также, в статье делается мать, узбекский народ, попытка раскрыть особенности рассказа «Онайзорим», его традиция. искусство, суть произведения. Реалии рассказа были выбраны в качестве основы для текстового анализа. 1 1st year master's student, Termez State University, Termez, Uzbekistan Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 “Obraz”termini rus tilidan olingan bo’lib , o’zbek tilida “aks” degan ma’noni anglatadi. Obraz tushunchasi keng va tor ma’nolarda qo’llanadi.Keng ma’noda “badiiy obraz” deganda, borliqning san’atkor ko’zi bilan ko’rilgan va ijodiy qayta ishlangan har qanday aksi nazarda tutilsa, tor ma’noda badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi. Badiiy adabiyotda inson obrazini yaratishda, uning to’laqonli aksini o’quvchi ko’z o’ngida jonlantirish uchun xizmat qiladigan bir qator vositalar mavjud.Bunga misol tariqasida muallif xarakteristikasi, portret, badiiy psixologizm, personaj nutqi kabi badiiy vositalar kiradi”[1.73]. Adiblar tomonidan yaratilayotgan har bir obraz asar davomida o’z o’rniga ega hisoblanadi.Kichik detal ham o’sha asarning mukammal yaratilishiga o’z hissasini qo’shadi.Isajon Sultonning “Onaizorim” qissasida ham ona obrazining ochib berilishida mana shunday badiiy unsurlardan keng foydalanilgan. O’zbek ayollariga, onalariga xos bo’lgan samimiylik , bag’rikenglik, soddalik oddiy, lekin chuqur ma’noli so’zlar bilan tasvirlanadi. Qissa boshlanishida peyzaj unsurlaridan keng foydalangan adib tabiat jonlanishiga, yaralishiga shamol va suvning o’rni naqadar muhim ekanligini ko’rsatib berish orqali bu hayotda insoniyat yaratuvchilar bo’lgan onalarning ham o’rni beqiyos ekanligini ta`kidlab o’tmoqchidek go’yo. Qarang, “Bahor tog’larning ustlaridan to nigoh yetmas olislardagi yaylovlargacha yastanib ketgan bepayon kengliklarni sanoqsiz rang-u tus,shakl qiyofadagi anvoyi gul- chechaklar bilan bezaydi, shamollar qatida islarini, gulchanglarini va urug’larini ko’tarib uchib, boshqa yerlarga sochadi,turli-tuman qushlar u rizqlardan cho’qib,sayrab uchishadi”[2.]. Shu kabi so‘zlar bilan boshlanuvchi qissa Isajon Sultonning ,,Onaizorim” qissasidandir. Qissa qahramoni Ra’no asar boshidan toki oxiriga qadar faol qatnashadi. Umrning o’tishi esa hovli adog’idagi ariq suvi misol tez va o’tkinchi ekanligini, uning har bir lahzasidan unumli foydalanish kerakligini o’quvchiga tushuntirmoqchi bo’ladi. Ona adabiyotimizning o’lmas mavzularidandir. O’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham ona obrazi alohida o’rin tutadi. Har bir ijodkor borki, xoh u nasrda, xoh nazmda bir bor bo’lsa-da, bu mavzuda qalam tebratgan. Yozuvchilar tomonidan bu obrazga bot-bot murojaat qilinishining sababi bu dunyoning ustunlari bo’lgan onalarning naqadar buyuk xilqat ekanligining dalilidir. Ularning mehri va qahrining mushtarakligi, uning ochib bo’lmas xarakteri ifodasidir. O’zbek nasrida ona obrazini tasvirlashda juda ham maromiga yetkazib yozilgan asarlar mavjud. Bularga O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Guljahon Mardonovaning “Quyoshim-enam” va Isajon Sultonning “Onaizorim” kabilarni kiritishimiz mumkin. O’quvchilari tomonidan takror-takror o’qilaverib yod bo’lib ketgan, O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida ham beg’ubor ona timsoli o’z badiiy qimmatini aks ettirgan. Ushbu qissada ona obrazi olmos so’zlar, zarhal harflar bilan terilib, keng ma’noni o’zida mujassam etgan. Ustoz Said Ahmad aytganidek: “….U qo’shiqday o’qiladi. Uni o’qib turib,o’z onalarimizni o’ylab ketamiz. Shu mushfiq , shu jafokash onalarimiz oldida bir umr uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko’z oldimizda ko’ndalang turib oladi…’’.[3] Xuddi shunday Isajon Sultonning ,,Onaizorim’’ qissasini ham mutolaa qilar ekanmiz asar boshlanishidanoq toki so’ngiga qadar sodda o’zbek qizi, samimiy ayol va xokisor onani ko’rishimiz mumkin. ,,Onaizorim’’ qissasi tarbiyaga asoslangan hamda sharqona urf-odatlarni o’zida jo etgan. Asarda turkiy xalqlar oilasida, qiz farzand tug’ilsa, uning tarbiyasi bilan ona shug’ullanishi ko’rsatib berilgan. Qissaning bosh qahramoni 358 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 Ra’no hali bolalik chog’idanoq onasi tomondan unga o’zbekona an’analar asosida tarbiya bera boshladi. …Qizalog’im har muomalaning o’z odobi bor… -Erkak kishiga tik qaramagin,-deydi ona. -Nega? -Odobsiz qizcha e

Доказательный фрагмент

«Калит сўзлар: Ushbu maqola Isajon Sultonninf “Onaizorim” asaridagi obraz,qissa,badiiy voqealar tahlili haqidadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Калит сўзлар: Ushbu maqola Isajon Sultonninf “Onaizorim” asaridagi obraz,qissa,badiiy voqealar tahlili haqidadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, мать, art, image, badiiy vositalar, Uzbek people, искусство, o`zbek xalqi, mother, tradition, традиция, an’ana, qissa, узбекский народ, history, образ, ona, история, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники