К содержанию
РецензированоRU2021

Об организации модуля «методика обучения элементам алгебры в начальной школе» на базе образовательных технологий

Nodira MUXITDINOVA (teaching algebra elements in primary schools” on the)

Общество и инновации · 3 · 175-179 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье предлагаются предложения по организации Начальное образование, модуля «Методика обучения элементам алгебры в образовательные начальной школе» в сфере начального образования в технологии, педагогических вузах на основе образовательных элементы алгебры, карта знаний, технологий. двухчастный дневник. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan islоh qilish, uni zamоn talablari darajasiga ko‘tarish, kеlajak uchun barkamоl avlоdni tarbiyalash ishlari davlat siyosatining ustuvоr yo‘nalishiga aylandi. So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog’lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim- tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Shu yo‘nalishlardan quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin: – mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish; – dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish; – pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish. – Mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish boshlang‘ich ta’limning ham oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. 176 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415 Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi bolaning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatini, bugungi kunda eng zarur bo‘lgan o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta’limiy faoliyatni tashkil etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. Shuning uchun o‘qituvchining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim metodikasini bilishi boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zarur ko‘nikmalarni shakllantirish, boshlang‘ich ta’lim sifat samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qitishning zamonaviy usul va vosita- larini amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini tizimli ishlab chiqib o‘quv jarayoniga tatbiq etilmoqda. Pedagog o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimidan qat’i nazar, ta’lim jarayoniga qadam qo‘yar ekan, pedagogik – psixologik bilimlar, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish-o‘rgatish uslublari yig‘indisi bo‘lgan zarur pedagogik ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi kerak. Hozirgi dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamon talabi darajasida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish va boʻlajak pedagoglarni yangi pedagogik texnologiyalar yordamida fan asoslari bilan qurollantirish bo‘lib qolmoqda. Matematika sohasi mavjud sharoitda Oʻzbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi, yoʻnalishlari, oʻquv yurtlarida amalga oshirilayotgan pedagogik jarayonni qamrab oladi. Masalan, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Boshlangʻich ta’lim va sport- tarbiyaviy ish” yoʻnalishida oʻqitiladigan “Matematika oʻqitish metodikasi” kursida “Boshlangʻich sinflarda algebra elementlarini oʻrgatish metodikasi” moduli mavzusini o‘qitishda innоvatsiоn ta’lim

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье предлагаются предложения по организации Начальное образование, модуля «Методика обучения элементам алгебры в образовательные начальной школе» в сфере начального образования в технологии, педаг…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье предлагаются предложения по организации Начальное образование, модуля «Методика обучения элементам алгебры в образовательные начальной школе» в сфере начального образования в технологии, педаг… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Elementary education, knowledge map, ikki qismli kundalik, two-part diary, элементы алгебры, boshlangʻich ta’lim, двухчастный дневник, idrok xaritasi, образовательные, educational technology, начальное образование, algebra elementlari, elements of algebra, карта знаний, технологии, ta’lim texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники