Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Роль виртуалистики в системе образования
Dildora SHUKUROVA
Общество и инновации · 3 · 438-441 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются смысл понятия виртуалистика, виртуалистики. В ней даётся информация о виртуальных эпистемология, образах и виртуальной реальности в информационном виртуальное реальност, обществе. Также обосновывается этимология понятия виртуальной образ, информация. виртуалистики. 1 Director of the 1st secondary school of Samarkand district, independent researcher of Samarkand State University. E-mail: d.shukurova@mail.ru. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng jamiyatni axborotlashtirish, internet va axborot texnologiyalarining ijtimoiy hayot va ishlab chiqarishga keng tatbiq qilinishi inson faoliyatini virtuallashtirish, virtual realliklar bilan keng miqyosda o‘zaro ta’sirda bo‘lish hodisasini keltirib chiqardi. O‘z navbatida, virtual olamda axloq va axloqsizlik muammosi, shu muammoga doir tushunchalar va tasavvurlar faylasuflarning diqqat e’tiborlaridan chetda qolmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ham 2017– 2021-yillarda Respublikamizni rivojlantirishning ustuvor yo‘na-lishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning eng muhim vazifalaridan biri “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish muhim omil bo‘lib xizmat qiladi [1]. Virtualistika fani vujudga kelgandan keyin bu tushuncha falsafiy tafakkur doirasiga kirdi, jiddiy izlanishlar predmetiga aylandi. Virtualistika fanining dastlabki tamal toshlarini rossiyalik olimlari N.A. Nosov va O.I. Genisaretskiylar qo‘yishgan [2]. G‘arb ilmiy va texnologik markazlarda inson-kompyuter va INTERNET tizimlarida hosil bo‘ladigan virtual reallik, bu reallik bilan bog‘lanish va aloqadorlikdan kelib chiqadigan ta’sirlarning ijtimoiy va psixologik oqibatlarini o‘rganishiga urg‘u beriladi [3]. Masalan virtuallashuv sohasida dastlabki izlanishlar olib borgan AQShlik olim M. Kryurer 1960 yilda “sun’iy borliq” tushunchasini fanga kiritgan. Aynan inson tafakkuridagi sun’iy borliq tushunchasi hozirgi kunda tadqiqotchilar tomonidan virtuallashgan jamiyat sifatida talqin qilib kelinmoqda. Kompyuter grafikasi mutaxassisi А. Sayzerlend 1965-yilda yaratgan dastlabki kompyuter displeylaridan foydalanishi tufayli insonlar real muhitdan ajralmagan holda, o‘zini boshqa makonda yashayotgandek tasavvur qiladigan, o‘z hissiyotlari bilan muloqot o‘rnatadigan borliqqa nisbatan “virtual dunyo” tushunchasini qo‘llay boshlagan. Xususan, kibernetikaning asoschilaridan biri Nobert Vinerning fikricha, virtuallashuv XX asrning 60–70-yillarida madaniy o‘zgarishlar tufayli paydo bo‘lgan fantastik va kino yozuvchilari tomonidan yaratilgan asarladan boshlab iste’molga kirgan tushuncha sifatida ijtimoiy muhitning muqobilini aks ettiradi . Virtualistika fanining hozirgi bosqichida tadqiqot obyekti va predmeti, unga doir atamalar majmuasi (masalan, virtualistika bo‘yicha lug‘at tuzish [4)], uning institutsional, tarmoqlararo, va falsafiy maqomlarini aniqlash dolzarb epistemologik muammo bo‘lib turibdi. Virtualistikaning falsafiy muammosiga kelsak, unda virtuallik ontologiyasi hozircha ko‘proq ishlangan soha bo‘lib turibdi [5]. Lekin virtuallik muammosi etika fani doirasida ishlanmagan tadqiqot mavzusi bo‘lib qolmoqda. Virtual olamdagi inson ma’naviy dunyosiga ta’siri, axloqiylik va axloqsizlik masalalari qisman psixologik nuqtayi nazardan o‘rganilgan. Ammo uning inson etosferasidagi, etikaga ta’siri endi tadqiqi amalga oshirilayotgan tadqiqotdir. Hozirgi kunda ko‘plab mamlakatlarda internetdan foydalanish ko‘nikmalari fakultativ dars sifatida maktab dasturiga kiritila boshladi. Buni ham grifingga qarshi kurashishning o‘ziga xos usuli sifatida ko‘rsatish mumkin. Negaki, fakultativ darslar orqali bolalar internetdan olinadigan ma’lumotlarning qanchalik haqqoniy va to‘g‘ri ekanini tekshirishga o‘rgatiladi. Bunday darslar, ayniqsa, o‘smirlar uchun zarur. Internetda grifingdan tashqari o‘smir yoshlar uchun yana bir qancha xavflar ham bor. Ya’ni bolalar va internet muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bir paytda, 439 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 ekstremistik xarakterdagi sekta va uyushmalar saytlarining foydalanishga ochiqligi, virtual firibgarlikka keng yo‘l qo‘yilganini ham e'tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bolalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqorida tilga olingan turdagi saytlarga yetaklashi, bu veb-sahifalarda ularning ruhiy yoki jismoniy sog‘ligiga xavf soluvchi ma’lumotlarni ko‘rishiga olib kelishi tabiiydir. Axborot asri bo‘lgan XXI asrda insoniyatning virtual olam bilan bog‘langanlik darajasi oshib bormoqda. Virtual reallik orqali inson qabul qilayotgan informatsiya miqdori oshib, ba’zi bir holatlarda inson ularni analiz qilishga qodir bo‘lmay qolmoqda. Axborot xurujlariga qarshi kurashishning samarali usuli,
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются смысл понятия виртуалистика, виртуалистики.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются смысл понятия виртуалистика, виртуалистики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- virtualuty, virtual imagein, virtual reallik, virtuallik, информация, виртуалистика, axborot, information, epistemology, эпистемология, bilish, epistemologiya, virtual obraz, virtual reality, виртуальное реальност, knowing, виртуальной образ
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025