К содержанию
РецензированоRU2021

Методика преподавания логических задач на школьных уроках математики

Allayor XO‘JAYEV (Methodology of teaching logical subjects in school) · Maxmud BAYZAQOV (Methodology of teaching logical subjects in school) · Nurjon XOLBOYEV (Methodology of teaching logical subjects in school) · April -/© in Science LLC. (article can be used in mathematics lessons for schoolchildren.)

Общество и инновации · 3 · 194-197 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье изложены методы одновременного математика, развития математической и логической грамотности логическая грамотность, учащихся на школьных уроках математики. Логические приемы рисунков и задачи решаются перспективными и эффективными таблиц, бифункциональные методами. Результаты, полученные из статьи, можно задачи. использовать на уроках математики для школьников. Barchaga ma’lumki, teran fikrlash va mantiqiy fikr yuritish boshqa maktab fanlarini o‘rganish jarayonidan ko‘ra aynan matematikani o‘rganish jarayonida kuchli rivojlanadi. Ushbu vaziyatda maktab o‘quvchilarida mantiqiy savodxonlikni shakl- lantirishdagi asosiy yuk matematika o‘qituvchilari zimmasiga tushadi. O‘z navbatida, boshlang‘ich mantiqiy savodxonlik tushunchalari va harakatlari majmuini egallash maktab o‘quvchilariga matematikani yaxshiroq o‘zlashtirishlariga imkon beradi. Bugungi kunda TIMSS va PISA kabi jahonning xalqaro baholash dasturlarida mantiqiy masalalarning ulushi 70% ni tashkil qilmoqda, bu yerdan ham ko‘rinib turibdiki, mantiqiy savodxonlikni rivojlantirish dolzarbdir Maktab matematika darslarida mantiqiy masalalar alohida emas, matematika darslari tarkibida o‘rganiladi va bu aynan bir qolipga tushirilmagan, buni tizimli yo‘lga qo‘yish kerak. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun o‘quvchilar ko‘plab mantiqiy masalalarni yechish zarur. 5-sinfdan boshlab o‘quvchilarga mantiqiy savollar va sodda mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatish va 7-sinfdan boshlab asta-sekin murakkab mantiqiy masalalarni o‘rgatish tavsiya qilinadi. Matematika darslaridan tizimli tarzda 5-7 minut vaqt ajratish orqali ham mantiqiy, ham matematik savodxonlikni rivojlantirish mumkin. Bu daqiqalar darsning tashkiliy qismida (o‘qituvchi sinf honaga kirganda, salomlashgandan so‘ng, mantiqiy masala berish bilan darsni boshlaydi) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘quvchilar matematika darsiga qadar bir nechta dars mashg‘ulotlarga qatnashgan bo‘lishi va hattoki toliqish alomatlari ham kuzatilishi mumkin. Bunday vaqtda mantiqiy masala berish orqali o‘quvchilarning fikrini jamlash va e’tiborini darsga qaratish mumkin. Barchaga ma’lumki, mantiqiy masalalarni a’lochi va a’lochi bo‘lmagan o‘quvchilarning birdek yechishlari mumkin, hattoki ko‘pgina hollarda aynan a’lochi bo‘lmagan o‘quvchilar mantiqiy masalalarni yaxshi va tez yechishadi. Bu esa, o‘z navbatida, ularda matematika va boshqa fanlarni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantiradi. Albatta, har bir darsda o‘quvchilarga mantiqiy masalalar berish uchun o‘qituvchida mantiqiy masalalar bazasi shakllangan bo‘lishi lozim. Albatta, o‘qituvchida har bir o‘quvchining yoshi hamda bilim darajasiga mos keluvchi misol va masalalar bo‘lishi zamon talabidir. Matematik testlar va misollar to‘plamlarini ko‘plab uchratish mumkin. Biroq hozirda maktab matematika o‘qituvchilarida mantiqiy masalalar bazasi kam yoki yetishmaydi. Ushbu yetishmovchilikni bartaraf qilish biz matematika fani o‘qituvchilari oldimizdagi dolzarb muammodir. 195 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 Bugungi kunda mantiqiy masalalarni yechishning quyidagi bir nechta usuli mavjud. • mulohaza yuritish; • raqamli qiymatlarni aniqlash; • taxminlar; • chizmalar va jadvallar; • teskari harakat usuli; • “juft-toq” usuli; • grafik usuli; Ko‘pchilik mantiqiy masalalar shartlarida shunchalik ko‘p faktlar mavjudki, ularning hammasini yodda saqlash juda mushkul. Shunday holatlarda shartlarni diagramma, jadval, rasm va chizmalar orqali izohlashga harakat qilish mumkin. Biz quyidagi mantiqiy masalani jadval ko‘rinishda yechishga harakat qilamiz Masalan, Komil, Baxodir, Jahon va Islom tanlovda qatnashib, birinchi 4 ta o‘rinni egalladi. Ular kim qaysi o‘rinni egallaganliklarini so‘rashganda uch kishi quyidagicha javob berdi: Komil –1-o‘rinni ham, 4-o‘rinni ham emas; Bahodir – 2-o‘rinni; Jahon 4-o‘rinni emas-deb javob berishdi. Ularning har biri qanday o‘rinlarni egallagan? Masalaning shartidan kelib chiqqan holda quyidagi jadvalni tuzamiz: O‘rin Komil Bahodir Jahon Islom 1 ─ 2 + 3 4 ─ ─ Agar Komil 1-o‘rinni ham, 4-o‘rinni ham egallamagan bo‘lsa, Bahodir 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, demak, Komil 3-o‘rinni egallagan. Agar 2- va 3-o‘rinlar egallangan bo‘lsa va Jahon masalaning shartiga ko‘ra, 4-o‘rinni egallamagan bo‘lsa, demak, u 1-o‘rinni egallagan. Bundan kelib chiqadiki, Islom 4-o‘rinni egallagan. O‘rin Komil Bahodir Jahon Islom 1 ─ ─ + ─ 2 ─ + ─ ─ 3 + ─ ─ ─ 4 ─ ─ ─ + Javob: Jahon 1-o‘rin, Bahodir 2-o‘rin, Komil 3-o‘rin, Islom 4-o‘rin. O‘quvchilarda matematik bilim va mantiqiy savodxonlikni bir vaqtda rivojlan- tirishning qulay usuli bifunksional masalalar bilan ishlashdir! Bifunksional masalalar–bu shunday masalalarki, ularni yechishda bir yoki bir nechta matematik tasdiqlar ustida bir yoki bir nechta mantiqiy operatsiyalarni bajarish zarurati yuzaga keladi. Bifunksional masalalarga aniq misollar keltiramiz. 1-misol. Quyidagi fikrlarning haqqoniyligini aniqla

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье изложены методы одновременного математика, развития математической и логической грамотности логическая грамотность, учащихся на школьных уроках математики.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье изложены методы одновременного математика, развития математической и логической грамотности логическая грамотность, учащихся на школьных уроках математики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, methods of drawings and tables, chizmalar va jadvallar usuli, бифункциональные задачи, matematika, mathematics, логическая грамотность, logical literacy, bifunksional masalalar, приемы рисунков и таблиц, mantiqiy savodxonlik, математика, bifunctional problems
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники