К содержанию
РецензированоRU2021

Связь развития общества с кадровым вопросом

Dilnura TOSHTEMIROVA

Общество и инновации · 3 · 212-214 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматриваются проблемы образования, в глобализация, частности, выявление наиболее надежных путей интеллектуальное обновления содержания образования, развития и открытие, совершенствования самостоятельного мировоззрения педагогическая система, логическое единство. педагогов. 1 Teacher of the Department of Methods of Preschool Education, Jizzakh state pedagogical institute Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 Mamlakatimizda yangilanayotgan ta’lim mazmunini joriy etishda o‘qituvchi maktabdagi asosiy shaxs hisoblanadi. Ta’lim mazmuni qancha yangilanmasin, yangi dastur, davlat ta’lim standartlari yaratilmasin, ularni ta’lim jarayoniga qanday darajada tatbiq etilishi, asosan, o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lib qolaveradi. Quvonchlisi shuki, O‘zbekistonda dunyoni yangicha idrok etadigan, haq-huquqi uchun kurashadigan, o‘z taqdirini xalqi, vatan taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog kadrlar shakllanmoqda. Ular ham hozirgi globallashuv jarayonida ajdodlar ma’naviy merosini va umumbashariy qadriyatlar, aqliy kashfiyotlarni barobar o‘zlashtirmoqdalar. Qalbida milliy iftixor tuyg‘usi, vatan muhabbati jo‘sh urgan bilimdon, dono, tadbirkor pedagoglar har bir mamlakatning salohiyatini, kelajagini belgilaydigan buyuk kuchdir. Jamiyatda yangi safarbar etuvchi yetuk pedagog kadrlar qancha ko‘p bo‘lsa, taraqqiyot imkoniyati ham shunchalik ko‘p bo‘ladi va ayni paytda yurt osoyishtaligi, siyosiy, ijtimoiy barqarorlik kafolati yuzaga keladi. Barcha ta’limi muasasalarida pedagog kadrlarning mustaqil dunyoqarashlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun yetarlicha sharoitlarni yaratish vazifalari belgilab qo‘yilgan. Hozirgi paytda, yaratilayotgan elektron darsliklar, multimedia vositalari va metodik materiallardan unumli, o‘z o‘rnida va o‘z vaqtida foydalanish asosiy masala qilib qo‘yilgan bo‘lib, bu zamon talabiga aylangan. Buning uchun birinchi galdagi masala bu: – ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog kadrlarning salohiyatini ko‘tarish; – o‘qituvchilar, tarbiyachilarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, ularni rag‘batlantirish, davlat mukofotlariga tavsiya etish, o‘qituvchilikning el yurt oldidagi obro‘sini targ‘ib qilish; – ta’lim muassasalarini yetuk mutaxassis pedagogik kadrlar bilan to‘liq ta’minlanishga erishish lozim bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Shu ma’noda, bugungi kun o‘qituvchisi universal mutaxassis, ham o‘rgatuvchi, ham o‘rganuvchi bo‘lishi, ya’ni o‘z ustida tinimsiz ishlashi, doimo izlanib yashashi kerak. Eng muhimi, o‘qituvchi chinakam vatanparvar inson bo‘lishi zarur. Qalbida o‘z kasbiga, Vataniga mehr va sadoqat kuchli bo‘lgan o‘qituvchigina haqiqiy vatanparvar shaxsni tarbiyalay oladi”, – deya ta’kidladi “O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan tabrigi“da. O‘zbekistonda qisqa fursatlarda amalga oshirilgan jamiyat hayotidagi tub islohotlarni idrok qilish va ularga munosabatlar, shubhasiz, fuqarolarning yangicha qarashlarida, aniqrog‘i ,dunyoqarashlarida namoyon bo‘ladi. Har qanday faoliyat ma’lum maqsadni ko‘zlaydi, maqsadga yetkazuvchi vositaga tayanadi va bu muayyan natija beradi. Pedagogik tizimda amal qiluvchi faoliyatning bosh maqsadi jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan, mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Bu maqsadni ro‘yobga chiqarishda ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli va uslublari vosita o‘rnida xizmat qiladi. Pedagogik jarayon davomida ijtimoiy ahamiyatga molik bilim va ko‘nikmalar o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilib, uning shaxsiy kamolotiga zamin tayyorlaydi. Demak, pedagogik jarayonda o‘quv maqsadini aniq qo‘ya olish didaktik jarayonlarning samaradorligini ta’minlaydi. Bu jarayonda texnologik tizim, ya’ni vositalar(nima yordamida), usullar(qanday yo‘llar bilan), shakllar(qanday sharoitda) muhim rol o‘ynaydi hamda bunda o‘qituvchi yuqori namunadagi kasbiy mahorat egasiga aylanadi. Bugungi kunning yana bir ijtimoiy muammosi-bu o‘qituvchining o‘z kasbiga munosabatidir. Shu bois ham malakali kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 213 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 Demak, ta’limdagi muammolarni hal etish, xususan, ta’lim mazmunini yangilashning eng ishonchli yo‘llaridan biri bu raqobatbardosh yosh kadrlarni tayyorlash va ularni ta’lim muassasalariga jalb qilishdan iboratdir. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish bilan bir qatorda ta’lim metodlarini ham takomillashtirib borish, unda milliy yutuqlar bilan jahon tajribalarini ham qiyosiy o‘rganish, muvofiqlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish ham o‘ta muhim masaladir. Bu borada jahon ta’lim tizimi, ayniqsa, Finlandiya, Koreya, Yaponiya, Singapur, Germaniya, shuningdek, hamdo‘stlik mamlakatlari ta’lim tizimini o‘rganish, tahlil etish, taqqoslash maqsadga muvofiqdir. Ushbu

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматриваются проблемы образования, в глобализация, частности, выявление наиболее надежных путей интеллектуальное обновления содержания образования, развития и открытие, совершенствования са…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматриваются проблемы образования, в глобализация, частности, выявление наиболее надежных путей интеллектуальное обновления содержания образования, развития и открытие, совершенствования са… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globalization, logical unity, педагогическая система, globallashuv, логическое единство, mantiqiy birlik, глобализация, intellectual discoveries, aqliy kashfiyotlar, pedagogical system, pedagogik tizim, интеллектуальное открытие
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники