К содержанию
РецензированоRU2021

Методы формирования умения пользоваться учебными лингвистическими словарями в начальных классах

F. SAFAROV (dictionaries in elementary school)

Общество и инновации · 3 · 127-137 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье описаны способы развития умения учащихся учебные словари, начальных классов пользоваться учебными лингвистическими технология развития словарями. культуры, словарный запас, орфографический словарь, глоссарий, алфавитный порядок, словарные задания. Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda umumiy o‘quv ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘quv ko‘nikmalari orasida turli lug‘at va ma’lumotnomalardan foydalanish ko‘nikmasi muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda kishida lingvistik qiyinchiliklarini anglash va ularni lug‘at yordamida hal qilishga intilish ehtiyoji, odatining mavjudligi insonning shaxsiy xususiyati, uning madaniyatlilik belgilaridan biridir. Shunday qilib, lug‘atlarni o‘quvchiga ta’lim berishgina emas, balki tarbiya berish vositasi ham deb hisoblash mumkin. Hozirgi kunda yurtimizda vazifasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan ko‘plab lug‘atlar nashr qilingan va nashr qilinmoqda. Masalan, yuqori sinf o‘quvchisi nafaqat imlo lug‘atidan, balki izohli, so‘z yasalishi, o‘zlashma so‘zlar, eskirgan so‘zlar, sinonim, antonim, omonim va hokazo lug‘atlardan [1; 3; 5; 10; 12] foydalanishi mumkin. Biroq o‘quvchi o‘zidan bilib lug‘atga murojaat qiladimi?! Bizning kuzatishimizga ko‘ra, ko‘pchilik o‘quvchi hatto unga zarur bo‘lgan lug‘atlar yonida, kitob javonida turgan bo‘lsa ham, qo‘lida bo‘lgan boylikdan foydalanmaydi. Bunday hodisaning sabablaridan biri quyidagi hammaga ma’lum jumlada mujas- samlashgan: hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Bolada ta’limning dastlabki bosqich- larida lug‘atlarga murojaat qilish ehtiyoji uyg‘otilmasa, unda yordamchi vositalarda mo‘ljal olish va kerakli ma’lumotni tez topib olish ko‘nikmasi shakllantirilmasa, uning mavjud lug‘atlar boyligidan to‘laqonli foydalanuvchi shaxsga aylanishi gumon. Mana shuning uchun lug‘atlar bilan ishlashni boshlang‘ich sinflardan boshlash lozimligi allaqachon ayon bo‘lgan. Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining qo‘lida turli lug‘atlar bor (Biroq yurtimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan ma’nodosh, zid ma’noli, uyadosh so‘zlar, iboralar lug‘ati kabilar hali chiqarilmagan). Yaqin kunlarda ona tili darsining lug‘at bilan ishlash qismi har bir sinfda doimiy ish bo‘lishi, turli xildagi lug‘atlar bilan ishlash esa zaruratga aylanishi lozim. Lug‘at bilan ishlash har bir darsga kiritilishi lozim: so‘z ma’nosini tushuntirish, so‘zni to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz qilish, uning tuzilishi (yasalishi)ni izohlash. Barcha so‘zlar oldindan doskaga yozib qo‘yiladi. Bolalarning fikri lug‘atdagi to‘g‘ri variant bilan qiyoslanadi. Bu o‘rinda bolalarga uyga vazifa ham beriladi: lug‘atdan so‘zning ma’nosi (izohli lug‘at), to‘g‘ri yozilishi (imlo lug‘ati), to‘g‘ri talaffuzi (orfoepik lug‘at), har qanday iboraning ma’nosini (frazeologik lug‘at) va hokazoni aniqlash. Keyingi darsda topshiriq tekshirilib, yangi topshiriq beriladi. Shunday qilib, o‘qvchilarda lug‘at bilian ishlash ko‘nikmasi, so‘ng malakasi ham shakllanadi. Har bir darsda o‘quvchilarga lug‘at bilan ishlash uchun individual topshiriq 128 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 2 (2022) / ISSN 2181-1415 bajarish: o‘tilgan mavzu bo‘yicha lug‘at diktanti tuzib kelishni, keyingi darsda esa o‘qituvchi rolini bajarishni tavsiya qilish mumkin. Bunday ish turi bolalarda, shubhasiz, qiziqish uyg‘otadi. Buning hammasi o‘qituvchining kichik yoshli o‘quvchilarda lingvistik lug‘atlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga metodik jihatdan tayyorgarlik ko‘rishini taqozo qiladi. Bu tizim uchun, avvalo, lug‘atdan foydalanish murakkab ko‘nikmasining tarkibiy ishlari (operatsiyalari) bo‘lmish ko‘nikmalar sirasini belgilab olish lozim. Lug‘atdan foydalanishga doir elementar ko‘nikmalar quyidagilar: 1. Darsliklarga yordamchi lug‘atlardan foydalanish. 2. Kirish maqolasi matnini diqqat bilan o‘qib chiqish. 3. Lug‘atning nomlanishiga qarab tavsiflanadigan til birligini aniqlash. 4. Alifboli so‘z ko‘rsatkichi bilan ishlash. 5. Lug‘at tuzilishi rejasini tuzish va yodda saqlash. 6. Lug‘at maqolasi tuzilishi rejasini tuzish va yodda saqlash. 7. Shartli belgilar, ramzlar, shartli qisqartmalar bilan ishlash. 8. Lug‘atlar bilan ishlashda o‘qish-qarab chiqish va o‘qish-izlashdan foydalanish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi quyidagilarni bilishi (aniqlashi) kerak: 1. Lug‘atning nomini. 2. Lug‘atning muallifi, muharririni. 3. Nashriyoti va nashr qilingan yilini. 4. Lug‘atning turini. 5. Lug‘atning vazifasini. 6. Lug‘atda so‘zlarning joylashish tartibini: alifbo, uyali, mavzuviy tartibda joylash- tirilganini. Ishni yengillashtirish uchun har bir lug‘atga unda qabul qilingan shartli belgi, qisqartmalar yozilgan xatcho‘p-eslatma qilib qo‘yish tavsiya qilinadi. O‘qituvchilar tajribasini o‘rganish natijasida ona tili darslarida lug‘at ishi yetakchi o‘rin egallamog‘i lozim, degan xulosaga kelish mumkin. Bu ishning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq. Yangi texnologiyalardan foydalanish bolaning darsga

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье описаны способы развития умения учащихся учебные словари, начальных классов пользоваться учебными лингвистическими технология развития словарями.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье описаны способы развития умения учащихся учебные словари, начальных классов пользоваться учебными лингвистическими технология развития словарями. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
study dictionaries, alphabetical order, izohli lug‘at, учебные словари, словарные задания, словарный запас, spelling dictionary, imlo lug‘ati, dictionary assignments, annotated dictionary, орфографический словарь, lug‘at bilan ishlashga doir topshiriqlar, глоссарий, o‘quv lug‘atlari, culture development technology, алфавитный порядок, lug‘atdan foydalanish ko‘nikmalari, dictionary copying, технология развития культуры, alifbo tartibi, madaniyatni o‘stirish texnologiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники