Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Классификация микротопонимов (на примере Бухарской области)
Nodira ADIZOVA
Общество и инновации · 3 · 128-132 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье Бухарского района и их своеобразные ономастика, особенности; выделены тематические группы микротопоним, микротопонимов и осуществлен их диахронный и ойконим, синхронный анализ. Произведен лингво-этимологический лингвистический фактор, семантический анализ, анализ топонимии района. морфологическая структура, диалектальная особенность, амплитуда, генезис, хронологическая характеристика. Tilshunoslikda atoqli otlarni va ularning barcha turlarini o‘rganuvchi onomastika sohasi mavjud. Joy nomlari atoqli otlar sanalganidan toponimika ham onomastika doirasida qaraladi. Chunki onomastika nomshunoslik sanalib, atoqli otlar nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanar ekan, mazmun jihatdan aynan unga mos kelishi va faqat nomlar obyekti nuqtayi nazaridan farqlanadigan toponimikaning bu soha doirasida qaralishi tabiiy. Toponimlar atoqli otlarning bir qismi sifatida tadqiqotchiga shunday axborotlar berish mumkinki, u buni tilning boshqa biror-bir hodisasidan olishga qodir emas, deydi G.P. Smoliskaya [3. B. 115–124]. Bu bo‘lim o‘z ichiga atoqli otlarning turli- tuman guruhlarini qamrab oladi. Shulardan biri toponim – joy nomlaridir. Toponimlar, o‘z navbatida, joy nomlarining ko‘plab ko‘rinishlarini ifodalashi mumkin. Chunonchi, ko‘cha, guzar, mahalla, ovul, qishloq, shahar va hokazolar. Toponimlarda qishloq nomlari o‘ziga xos bir guruh sifatida ajralib turadi. Insoniyat paydo bo‘lganidan beri o‘zining atrofidagi olamni o‘rganishga, undagi sir- sinoatlarni ochishga intiladi. Ba'zan esa atrofdagi olamning turli jihatlarini o‘zicha nomlaydi. Bu bugungi kunga kelib toponimika nomli fanning keng quloch yozishiga asosiy sabab bo‘ldi. Toponimikada joylarning nomlari o‘rganiladi. Ko‘pgina joy nomlari uzoq tarix davomida paydo bo‘lib, shakllanib kelmoqda. Yangi tushunchalar, yangi qarashlar yangi nomlarning yuzaga kelishini talab ham qilmoqda. Agar past-balandlik joylarni ko‘rsak, ularga chuqur, tepa, balandlik, qir, adir so‘zlari ishtirok etgan nom “to‘qiymiz”, tog‘ning alohida ko‘zga tashlanadigan o‘rnini Yassitog‘, Qoyali, Xarsangtosh, Cho‘qqili deb nomlaymiz. Nomlar odamlar kabi qadimiydir, degan gap behuda aytilmagan. Ko‘pchilik nomlar bir necha asrli tarixga ega. Jumladan, Buxoro, Samarqand, Xiva, Romitan, Shofirkon, Varaxsha, Poykent nomlarining tarixi ming yillarga borib taqaladi. Joy nomlarini o‘rganishning o‘ziga xos ahamiyati mavjud. Chunki ularda xalqning uzoq o‘tmishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va xo‘jalik hayoti, madaniy merosi aks etadi. Toponimlar asrlar davomida yaratilgan lisoniy, tarixiy va madaniy-ma'naviy meros hisoblanadi. Ularda xalqning qadimiy davrlardan tortib to shu kungacha bo‘lgan noyob kuzatish, tajriba va turli e'tiqodlari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. 129 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida toponimlarni tadqiq etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Bu, birinchi navbatda, toponimlar tilning turg‘un unsurlari sifatida xalqlarning tili va tarixini o‘rganishdagi muhim ahamiyati bilan belgilanadi. Toponimiyaga oid tadqiqotlar nafaqat qadimdan u yoki bu xalq, elat va uning tilining tarqalish hududini, qatlamlashish hamda shunga o‘xshash hodisalarni aniqlashga, balki xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va etnolingvistik aloqalarni tiklashga, aniqlashga ham imkon beradi. Bu jihatdan Quyi Zarafshon vohasi, aniqrog‘i, Buxoro viloyat toponimlarini to‘plash va ularni tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Har qanday tilga mansub bo‘lgan toponimlarni lingvistik tahlil etishda dastlab ularni tasnif etish masalasi turadi. Chunki to‘g‘ri amalga oshirilgan tasnifgina kuzatishlar olib borishni yengillashtiradi, tadqiqotlarning samarali bo‘lishiga ko‘maklashadi. “...toponim muayyan ma'noni anglatadi, – deydi S. Qoraev, – toponimistlar ta'biri bilan aytganda, toponim informatsiyaga ega va u real hodisani aks ettiradi. Toponimlarning ana shu real voqelikni aks ettirishini hisobga olib, ularni qandaydir guruhlarga bo‘lish kerak, albatta. Toponimlarni ana shunday klassifikasiya qilish ularning semantik mohiyatini o‘rganish ishini osonlashtiradi deb o‘ylaymiz” [7, 11]. Buxoro tumanida uchraydigan qishloq nomlarining ko‘pchiligi qadimiydir. Ular turli sabablarga ko‘ra nomlangan. Ayrim qishloqlarning nomlanish sabablari unutil- ganligini kuzatish mumkin: Mijona, Muchavus, Nayak, Pat-put, Sarhang, Qo‘lba kabilar. Tumandagi ko‘pgina qishloq nomlarining atalish sabablarini aniq ko‘rsatish imkoni mavjud. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Qishloqning tabiiy-geografik sharoitiga mos nomlar: Bog‘idasht, Yobuxona, Jo‘yi odoq, Oqrabot, O‘ba, Qumrabot kabilar. 2. Qishloq hududida biror obyektning mavjudligiga ishora qiluvchi nomlar: Beshariq, Bog‘i kalon, Galaosiyo, Diosiyo, Jo‘borcha, Kushxona, Ko‘li shtrum, Ko‘hna masjid, Mahalla, Chortoq Chiltanop, Chorbaxossa, Chorbakr, Qayrag‘och kabilar. 3. Qishloqning joylashish o‘rniga ishora qiluvchi no
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье Бухарского района и их своеобразные ономастика, особенности; выделены тематические группы микротопоним, микротопонимов и осуществлен их диахронный и ойконим, синхронный анализ.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье Бухарского района и их своеобразные ономастика, особенности; выделены тематические группы микротопоним, микротопонимов и осуществлен их диахронный и ойконим, синхронный анализ. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- onomastica, morphological structure, морфологическая структура, onomastika, semantic analysis, linguistic factor, dialektal xususiyat, микротопоним, morfologik struktura, necronym, oykonim, семантический анализ, genesis, dialectical features, xronologik tasnif, лингвистический фактор, amplitude, chronological characteristics, antroykonym, генезис, mikrotoponim, амплитуда, microtoponym, ойконим, semantik tahlil, хронологическая характеристика, ономастика, диалектальная особенность, lingvistik omil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024