Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Интеграционный и инновационный подход к обучению числам для повышения математической грамотности учащихся начальных классов
Mohinur SAIDOVA (mathematical literacy of primary school students) · Sarvinoz FAYZULLAYEVA (mathematical literacy of primary school students) · Keywords: -/© in Science LLC. (mathematical literacy of primary school students are reflected.)
Общество и инновации · 3 · 118-126 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматриваются современные подходы к интеграция, обучению чисел младших школьников, обогащению их инновации, представлений о числах, повышению математической информационные грамотности учащихся за счет целостных и технологии, числа, инновационных методов обучения чисел. Отражены мультимедиа, преимущества использования современных технологий современный подход, обучения и интерактивных методов в повышении интерактивные методы, математической грамотности учащихся начальных дидактические игры. классов. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dastur reytingida jahonning birinchi 30ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Shuningdek konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash,axborotni mustaqil izlash,tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda,zamonaviy innovatsion iqtisodi- yot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standart- larini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA,TIMSS,PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. PISA (Program for International Student Assessment) – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonlik darajasini baholash dasturi hisoblanadi. PIRLS (Progress In International Reading Literacy Study) – 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash dasturi. Ushbu xalqaro tadqiqot boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlanganlik darajasini xalqaro miqyosda taqqoslaydigan o‘qish va o‘qiish jarayonini yaxshilashga xizmat qiladigan xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4-8-sinf o‘quvchi- larining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi bo‘lib, ushbu tadqiqot har 4 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi. O‘zbekiston TIMSS, PISA, PIRLS kabi tadqiqotlarda ishtirok etib, rivojlangan mamlakatlar tajribasini qo‘llagan holda ularning natijalari bilan taqqoslab, o‘z ta’lim sifatini oshirishga erisha oladi deyishimiz mumkin. Ushbu tadqiqotlarni dars jarayonida qo‘llash dars samaradorligini oshirish bilan birga O‘zbekiston ta’lim sistemasining jahon ta’lim standartlariga javob bera oladigan 119 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 2 (2022) / ISSN 2181-1415 raqobatbardosh bo‘la olishini ta’minlaydi. Ushbu natijaga bir kun yoki bir yilda erishish imkonsiz, ammo sekinlikda, oddiydan murakkabga tomon harakatlanib, prinsipial yondashish talab etiladi. Bu boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan ham alohida jonkuyarlik, fidoyilik hamda mas’uliyat talab etadi. Har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ushbu tadqiqotlardan xabardor bo‘lish bilan birga darslari jarayonida qo‘llay olishi zarur. Buning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ushbu tadqiqotlar borasida seminarlar, darslar olib borilishi kerak, mening nazarimda. Chunki boshlang‘ich sinflar bu tadqiqot- larning asosi hamda tadqiqotlar natijaga erishishida poydevor hisoblanadi. PISA, PIRLS, TIMSS tadqiqotlari jahon talabiga javob beradigan ta’limga erishish bilan birga yoshlarning matematik savodxonligini oshirish, dunyoqarashini o‘stirish, ularni kreativ fikrlaydigan, keng mushohada yurita oladigan, kelajagini belgilay oladigan chinakam zamonaviy yoshlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqotlarni boshlang‘ich sinflarda oddiy tushunchalar hamda elementar bilimlarda qo‘llashdan boshlash kerak deb hisoblayman. Xususan boshlang‘ich sinf o‘quv- chilarining raqamlash davrini oladigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktabga qadam qo‘yganda eng yaxshi egallagan bilimi bu raqamlar bo‘ladi. Ular raqamlarni eshitib o‘rganadilar va yaqinlari ko‘magida raqamlar belgisini yodlab oladilar. Bunda ular uning qanday hosil bo‘lishi, raqamlar hayotda nima uchun xizmat qilishini tushunib yetmaydilar. Shu tushunmay bilib olgan bilimlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi qiziqarli qilib tushuntirishlari kerak bo‘ladi. Raqamlarning paydo bo‘lishini ertakona qilib, ularning nimaga xizmat qilishini muammoli vaziyat tarzida hamda kompetensiyaviy yondashuvda xalqaro baholash tadqiqotlari topshiriqlari asosida o‘yinlar tarzida yetkazish mumkin. Bundan tashqari darslikdagi o‘quv topshiriqlaini bajarib borish davomida turli xildagi interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar hamda hozirgi zamon talabi bo‘lib kelayotgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘rganilayot
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматриваются современные подходы к интеграция, обучению чисел младших школьников, обогащению их инновации, представлений о числах, повышению математической информационные грамотности учащих…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматриваются современные подходы к интеграция, обучению чисел младших школьников, обогащению их инновации, представлений о числах, повышению математической информационные грамотности учащих… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2022 in Science LLC, современный подход, modern approach, innovation, инновации, interactive methods, multimedia, axborot texnologiyalari, raqamlar, числа, zamonaviy yondashuv, интерактивные методы, numbers, integratsiya, дидактические игры, information technology, интеграция, integration, мультимедиа, информационные технологии, innovatsiya, interfaol metodlar, didactic games, didaktik o’yinlar, multimedialar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024