К содержанию
РецензированоRU2021

Обнаружение того, что брак ненастоящий и связь между применением его последствий

Adolat KHURRAMOVA · A. TAJIBOEV

Общество и инновации · 3 · 133-140 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье отражены противоречия в семейном праве, семейное, связанные с признанием брака недействительным и его признается, последствиями, различные подходы к нормам на практике недействительность и пути их решения. брака, порядок признания брака На основе зарубежного законодательства и их теорий недействительным, проанализированы теоретические и практические вопросы, брак, связанные с признанием брака недействительным в заключенный с лицом, не семейном праве. достигшим брачного возраста, заключенный по принуждению, признание недействительным фиктивного брака. Ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi qadimdan ota-bobolar an’analariga sodiq bo‘lgan holda axloq tamoyillariga asoslangan oilani mustahkamlash, ona va bolalar manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish va har qaysi bolaga baxtli bolalikni ta’minlash, kishilarda oila oldida mas’ul bo‘lish hissini tarbiyalash – nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunchilikning muhim vazifalaridan biri hisoblangan. Nikohni qayd etishga huquqi bo‘lgan har bir davlat organi, tuman hokimiyati bo‘limi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi, nikoh saroylari, baxt uylari, qishloq (ovul) va posyolka kengashining ijroiya hokimiyatida qayd etilgan har bir nikoh qonuniy tuzilgan nikoh hisoblanadi. Oila kodeksida belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan ushbu nikohni haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin. Oila kodeksining 14- 16-moddalari hamda 17-moddasining uchinchi qismida belgilangan shartlar buzilgan taqdirda, shuningdek, soxta nikoh, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay tuzgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi. Oila kodeksida nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari haqida mukammal tushuncha berilgan. Quyidagi hollarda qayd etilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi: a) nikoh tuzishning ixtiyoriyligi buzilishi; b) nikoh yoshiga qo‘yilgan shartga rioya qilmaslik; d) yakka nikohlilik tamoyilining buzilishi; e) nikoh nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida tuzilgan bo‘lsa; f) muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikoh; g) nikohga o‘tish vaqtida oila qurish maqsadining soxtaligi; h) farzandlikka olgan bilan farzandlikka olingan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikoh; 134 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 i) nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki orttirilgan immunitet taqchilligi sindromi (OITS) yoki (VICH infeksiya) borligini boshqasidan yashirgan bo‘lsa, shu shaxs nikohni haqiqiy emas deb topishni talab etishga haqlidir. Ayrim holatlarda oila qonunlarining bir qancha shartlarini buzib ham tuzilishi mumkin, bunday hollarda u haqiqiy emas deb topiladi. Masalan, fuqaro oldingi nikohdan ajrashmasdan turib, voyaga yetmagan shaxs bilan nikohdan o‘tgan hollar fikrimizning dalilidir: a) nikoh tuzishning ixtiyoriyligi buzilishi. Nikoh uni tuzuvchi har bir tomonning erkin, o‘zaro roziligi asosida tuzilishi lozim. Rozilik o‘zga (ota-ona, qon-qarindosh, mansabdor shaxs)larni majbur etishi yoki aldashi oqibatida berilgan bo‘lsa, ixtiyoriylik tamoyili buzilgani uchun, bunday nikoh haqiqiy emas, deb topilish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilganidek, nikoh tuzishda nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi yo‘qligi nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi. Bunda fuqaro (ko‘pincha, ayollar) qo‘rqitish yoki zo‘rlash (majburlash), aldash tufayli nikohdan o‘tgan bo‘ladi. Fuqaroning erkiga va ongiga qonunsiz ta’sir etish natijasida nikohga o‘tishga majbur bo‘ladi, ammo haqiqatda esa u buni mutlaqo xohlamaydi. Natijada, nikoh tuzilishining asosi hisoblangan o‘zaro xohish va rozilik tamoyili buzilgan bo‘ladi. Ko‘rsatilgan asos bo‘yicha bunday nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Qo‘rqitish uchinchi shaxs hamda mansabdor shaxs tomonidan ham bo‘lishi mumkin. Shuningden, Respublika Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi qarorida ko‘rsatilishicha: “Agar nikohga kiruvchining nikohni qayd etish vaqtida o‘z harakatlarining mohiyatini tushunmaganligi va ularni idora qila olmaganligi, shu sababli nikohga kirishga haqiqiy roziligini ifoda eta olmaganligi aniqlansa ham nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin”. O‘zbekiston Respublikada xotin-qizlarni turmushga chiqishga majbur etish yoki, aksincha, o‘zi xohlagan shaxsga turmushga chiqishiga to‘sqinlik qilish hollari hamon uchramoqda. Eski tuzumdan qolgan mahalliy joylarda shunday holatlarga qarshi kurashish uchun maxsus qonunlarda tegishli qoidalar belgilangan. Bunday holatlar nikohga o‘tishning o‘zaro rozilik shartini buzishga qaratilgan harakat deb tushuniladi. Ayolni erga tegishga majbur etish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish jinoyat hisoblanadi. Adashish va aldash ham nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin. Biroq bunday holatlar zo‘rlikka nisbatan kamroq uchraydi. Bu maqsad yo‘lida kuyov yoki kelinning shaxsiy sifatlariga tegishli bo‘lgan holatla

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье отражены противоречия в семейном праве, семейное, связанные с признанием брака недействительным и его признается, последствиями, различные подходы к нормам на практике недействительность и пут…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье отражены противоречия в семейном праве, семейное, связанные с признанием брака недействительным и его признается, последствиями, различные подходы к нормам на практике недействительность и пут… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp133-140, брак, nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi, family, invalidity of marriage, заключенный с лицом, nikoh, заключенный по принуждению, zarar, oila, marriage, признание недействительным фиктивного брака, семейное, finding a fake marriage invalid, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh, не достигшим брачного возраста, procedure for finding marriage invalid, forced marriage, признается, порядок признания брака недействительным, недействительность брака, insofli er(xotin), marriage with a minor, soxta nikohni haqiqiy emas deb topish, nikohning haqiqiy emasligi, majburlab tuzilgan nikoh
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники