Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Законодательство и практика зарубежных стран в области цифровой криминалистики
Bekzod ATAKULOV · Azim BARATOV · Keywords: -/© in Science LLC. (Tashkent State Law University)
Общество и инновации · 3 · 557-562 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются некоторые аспекты кибер криминалистика, практики и законодательства касательно цифровой цифровые доказательства, криминалистики некоторых зарубежных стран. Кроме кибеббезопасность, того, в статье рассматривается в основном практика цифровая экспертиза, хэширование, использования цифровых доказательств и освещаются электронные данные. правила сбора, проверки, оценки и представления в суд цифровых доказательств. Также рассмотрены вопросы, касательно методов обеспечения и оценки целостности цифровых доказательств. “Kiber kriminalistika” yoki “raqamli sud kriminalistikasi”ning standart qonuniy ta’rifi hali mavjud emas. Sedona Konferensiya lug‘ati: Elektron kashfiyot va raqamli axborotni boshqarish (4-nashr, 2014-yil aprel) quyidagi ta’riflarni beradi: “Kompyuter kriminalistikasi – tergov yoki sud jarayonida kompyuterdan foydalanish, saqlangan ma’lumotlarni tekshirish va ma’lumotlarni texnik xususiyatlarini tahlil qilish bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olgan holda elektron ma’lumotni tiklash, autentifikatsiya qilish va axborotlarni tahlil qilish uchun maxsus texnikadan foydalanishdir. Kompyuter kriminalistikasi undan foydalanuvchilarga va uni qo‘llovchi xodimlarga ma’lumotlarni to‘plash va saqlash mahoratiga ega bo‘lgan mutaxassislarni talab etadi”. US-CERT kompyuter krimialistika jurnalida shunday deyiladi: Kompyuter kriminalistikasi mutlaqo yangi tartib-tamoyil hisoblanadi. Shuning uchun ham sudlar va sanoat sohasida standartlashtirish yoki muvofiqlashtirish metodikasi juda kam bo‘lib, u quyidagicha belgilanadi: “Biz kompyuter kriminalistikasini kompyuter tizimlaridan, tarmoqlardan, simsiz aloqa va saqlash qurilmalaridan ma’lumotlarni sudda dalil sifatida qabul qilinadigan tarzda to‘plash va tahlil qilish uchun huquq va kompyuter fanlari elementlarini birlashtirgan fan sohasi sifatida belgilaymiz”. Raqamli kriminalistikaning umumiy tavsifi. Texnolog va muallif Simson Garfinkel raqamli sud-kriminalistikasiga yaxshi xulosa berilgan bir maqola yozdi. U shunday so‘zlar bilan boshladi: “1980-yildan buyon kompyuterlar inson hayotining barcha jabhalarida, jumladan, jinoiy faoliyatda ishtirok etishda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu rivojlanish raqamli sud-kriminalistikasining internet tarmog‘i, telefon, kompyuter va raqamli xotira kabi barcha elektron qurilmalarda joylashgan raqamli dalillarni tekshirish va aniqlashga bo‘lgan ehtiyoji ham tobora ortib bormoqda. Raqamli sud ekspertlari va amaliyotchilari axborot texnologiyalari sohasida eng katta muammolarni, jumladan, katta ma’lumotlarni tahlil qilish, dasturiy til jarayoni, axborot ko‘rinishi va kiberxavfsizlikning eng qiyin muammolari oldida turishibdi”. “An’anaviy sud kriminalistikasi bilan solishtirganda, raqamli sud-kriminalistikasi katta muammolarni keltirib chiqaradi. Kompyuter tizimidagi ma’lumotlar iz qoldirmasdan o‘zgartirilishi mumkin, tahlil qilinadigan ma’lumotlar miqdori katta va 558 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 axborot turlarining xilma-xilligi juda keng. Raqamli kriminalistika mutaxassisi yoki tergovchi manbaga qaramasdan, har qanday iz yoki parchani tahlil qilishga tayyor bo‘lishi kerak, chunki raqamli tergovchi dunyoning istalgan nuqtasida joylashgan biron- bir qurilmada har qanday ma’lumotni topilishi mumkinligini garchi bu qiyin bo‘lsa-da anglashi lozim”. Muallif turli holatlarda raqamli kriminalistikaning 2 ta maqsadini tavsiflaydi: Birinchidan, ko‘p hollarda kompyuterlar dunyoda sodir etilayotgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan dalillari o‘z ichiga oladi. Bu tasodif emas, albatta. Ikkinchidan, kompyuter tizimlarini o‘z ichiga olgan jinoyatlardir. (masalan, hakerlik) Bunday holatlarda tergovchilar, ko‘pincha, tizimning texnik jihatdan murakkabligi va tahlil qilish uchun katta miqdordagi dalillarga duch keladilar [1]. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ekspertlarning xulosalari, dalillarning sudda qabul qilinishi “Dalillar to‘g‘risida Federal qoidalar” bilan tartibga solinadi. Yaqinda qayta ko‘rib chiqilgan Fuqarolik sudlari bo‘yicha Federal qoidalar va Dalillar to‘g‘risida Federal qoidalar, sud ishlarini yuritish uchun raqamli dalillarni ishlatish, to‘plash va qayta ishlashga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Qoidalar elektron hujjat va raqamli dalillarni rasman qog‘oz va boshqa dalillar bilan bir xil maqomga ega ekanligini ta’minladi. Natijada potensial ravishda tegishli elektron dalillar mavjudligi va ularni to‘g‘ri saqlab qolish sud jarayonining har qanday bosqichida muhim bo‘lib bormoqda. Mutaxassislar uchun voqea yoki dastlabki tergov va jinoyatni aniqlashning dastlabki bosqichlarida raqamli dalillarni saqlash va tatbiq qilishga oid maxsus qoidalar va qonunlarni bilishi muhimdir. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Federal qoidalar zamonaviy sud jarayonining raqamli davri qiyinchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan. Hozirda eng muhim narsa shuki, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va mutaxassislar raqamli o‘yin qoida
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются некоторые аспекты кибер криминалистика, практики и законодательства касательно цифровой цифровые доказательства, криминалистики некоторых зарубежных стран.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются некоторые аспекты кибер криминалистика, практики и законодательства касательно цифровой цифровые доказательства, криминалистики некоторых зарубежных стран. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2022 in Science LLC, kiber kriminalistika, digital evidence, electronic data, хэширование, кибер криминалистика, raqamli ekspertiza, кибеббезопасность, kiber xavfsizlik, cyber forensics, raqamli dalillar, цифровые доказательства, hashing, elektron dalillar, электронные данные, цифровая экспертиза, cyber security, digital forensics, xeshlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026