Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Значение, структура и содержание информационно-коммуникативных компетенций
Shoira KHOSHIMOVA
Общество и инновации · 3 · 304-309 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье говорится о структурных частях информационная развития информационно-коммуникационных компетенций коммуникация, студентов и использовании классификационного подхода. компетенция, Анализированы виды и сущность компетенции. подход, интеграция, Рассмотрены основные факторы развития информационных образование, коммуникационных компетенций, а также обучение общение, студентов компетенции в работе с информационными речь, системами. язык, фактор, особенности, коммуникация. Jamiyatdagi, kasbiy faoliyatdagi, axborot va ta’lim sohasidagi ko‘plab sohalardagi o‘zgarishlar zamonaviy axborot jamiyatida shaxsning shakllanishi bilan bog‘liq. Mamlakatimizdagi ta’lim tizimi, oliy kasbiy ta’limning yangi davlat ta’lim standartiga muvofiq, bakalavriat talabalarini o‘qitishda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni nazarda tutadi, bunda axborot kommunikatsiyasi kasbiy kompetensiyalar tizimida asosiy hisoblanadi. Har qanday faoliyat sohasida professional bo‘lish bakalavrning eng muhim xususiyatidir. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunning 26-moddasida ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining vakolatlarida: “Ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning ilg‘or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning texnik va axborot-kommunikatsion vositalari joriy etilishini ta’minlaydi”, – deb alohida ta’kidlab o‘tilgan [1]. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsep- siyasining “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish” deb nomlangan 3-bob 2-paragrafida ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamo- naviy usullarni joriy etish bo‘yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: – raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish; – zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy maho- ratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish; – ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofa- viy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish; – zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish; – ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek, ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-MINBAR” platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida “bulutli texno- logiyalar”dan foydalanish; 305 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 – masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kutubxona fondi, axborot bazalaridan foydalanishini yo‘lga qo‘yish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini kengaytirish; – milliy elektron ta’lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish; – oliy ta’lim muassasasining konferensiya materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-texnik ma’lumotlar elektron bazasini yaratish, kelgusidagi ilmiy-texnik ma’lumotlar yangiligini ta’minlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng joriy etish; – ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish; – oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o‘quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni ta’minlovchi “Elektron universitet” platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish, ta’lim jarayoni ishtirok- chilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish; – oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, bakalavriat, magistratura talabalari va doktorantlariga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi va muntazam yangilanib boruvchi elektron baza (Student Record System) yuritilishini yo‘lga qo‘yish asosida uning milliy tizimini yaratish; – xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida oliy ta’lim sohasidagi o‘quv-uslubiy, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek, davlat interaktiv xizmat- lari ko‘rsatishga doir ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan va muntazam yangila
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье говорится о структурных частях информационная развития информационно-коммуникационных компетенций коммуникация, студентов и использовании классификационного подхода.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье говорится о структурных частях информационная развития информационно-коммуникационных компетенций коммуникация, студентов и использовании классификационного подхода. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information system, qualification, competence, knowledge, общение, речь, omil, образование, компетенция, ability, yondashuv, integratsiya, подход, xususiyatlar, til, особенности, коммуникация, интеграция, kompetensiya, student, информационная коммуникация, язык, computer, kommunikatsiya, ta’lim, axborot-kommunikatsiya, muloqot, skill, nutq, skills, фактор
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024