К содержанию
РецензированоRU2021

Обучение творчество султаний на основе педагогических технологий (На основе произведения Хафт Шуаро)

Iroda KHADZHIEVA

Общество и инновации · 3 · 266-272 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается комплекс «Хафт наследие, шуаро», являющийся частью нашего национального и комплекс, духовного наследия. Автор размышляет о жизни Султана и ценность, его творческом наследии, занимающем значительное стихотворение, поэт, место в комплексе. Также особое внимание он уделяет газель, анализу творчества поэта вместо новаторских и поэтическое исскуство, педагогических технологий. В статье акцентируется педагогическая внимание на использовании поэтических приемов в технология, султанских газелях вместо повышения сентиментальности метод. произведения. Bugungi kunda yosh avlodni barkamol ruhda tarbiyalashda ma’naviy meros, qadriyatlar alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, har bir shaxs qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ajdodlar tomonidan yaratilgan asarlarning qimmatini anglash asosida shakl- lanadi. Bu jihatdan umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlar ham dolzarbdir. Ta’lim muassasalarida tarixni, merosni, qadriyatlarni o‘rgatish jarayonida pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorlikka erishishda muhim omillardan hisoblanadi. Adabiyot, ma’naviyat darslarida adiblar, shoirlar ijodini o‘rgatish jarayonida ularning hayot yo‘li to‘g‘risida ma’lumot berish ijodkor asarlarining mohiyatini tushu- nishga yordam beradi. Zero, ijodkor yashagan muhit uning ijodiga ta’sirini o‘tkazishi tabiiy. “Haft shuaro” majmuasidan o‘rin olgan Sultoniy ijodidan ayrim namunalarni tahlil qilishda interfaol texnologiyalarga murojaat qilamiz. O‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi orqali mavzuni tahlil qilishda aqliy hujum shakllantirilsa, komil inson va uning shoir nuqtayi nazaridan tasvirlanishini teranroq anglashga imkon beradi [1]. Dastlab shoirning hayoti to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadga muvofiq. O‘z navbatida, “Haft shuaro” majmuasining shoirga ajratilgan qismida maxsus debocha bitilgan bo‘lib, bu debochaning mazmuni tinglovchilarga tushuntirilsa, shoirga nisbatan saroydagi munosabatni angla- tish mumkin. Ya’ni mavzuni tushuntirish jarayonida aralash texnologiyadan foydalansak, mavzuni batafsil yoritishga erishamiz [2]. O‘z asarlari bilan majmuadan eng salmoqli o‘rin egallagan shoir Sultoniydir (1889– 1944). Feruzning sevimli nabirasi bo‘lgan Said Nosir to‘raga bu taxallusni bobosi bergan. Bayoniydan ta’lim olgan Sultoniy turli janrlarda ijod qilgan. Majmuadagi Bayoniyning so‘zboshisida unga shunday ta’rif beriladi: “Kim ushbu shahzodayi mushorun ilayh chun podshohi oliyjoh atoullohu taolo umruhu va davlatuhu nabiralari jumlalaridin erdilar. Soyai inoyatlarida ta’lim va tarbiyatlari birla sarafroz bo‘lib, ham ul turluk fazlu hunarlar birlakim, oning birlan el oralarida mashhurdirlar, shuhrai ofoq bo‘ldilar. Ash’orlari el oralarida mutafarriq bo‘lib, har kimga taajjub yuzidan oning tamoshosiga shavq paydo bo‘lur va har ko‘ngulga oning ma’nolari andishasida va inbisot yuzlanur erdi” [3]. Shoir to‘g‘risida Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy”, Tabibiyning “Majmuatush- shuaro”, Laffasiyning “Tazkirai-shuaro”, Bobojon Tarroh xodimning “Xorazm navozan- dalari” asarlari orqali ma’lumotga ega bo‘lamiz. Shuningdek, Feruzning topshirig‘i bilan Bayoniy tomonidan tuzilgan “Haft shuaro” majmuasining so‘z boshi qismida Sultoniy to‘g‘risida ma’lumot berilgan. 267 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 Laffasiyning “Tazkirai shuaro” asarida ma’lumot berilishicha, shoirning asl ismi Said Nosir to‘ra bo‘lib, Sultoniy uning taxallusidir. Sultoniyning xon avlodidan bo‘lganini Tabibiy ham qayd qiladi. Said Nosir ul to‘rai pokzot, Ki oson ango so‘zda har mushkilot. Nasabda shaxanshohning oxtuqi Hamma fazl ahlin vozilu ortuqi. Sultoniy 1887(hijriy 1305)-yilda ortuqi (113-b) maktabni bitirgan, lekin madrasa tahsilini olmagan. Bayoniyga shogird bo‘lib she’riyatni o‘rgangan. Maktablardan ma’lum bo‘lishicha, Sultoniy Feruzning sevimli nabiralaridan biri bo‘lganligi bois uning she’rlarini Feruzning o‘zi tahlil qilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turgan. Sultoniy Feruz vafotidan so‘ng Isfandiyorxondan hurmat-e’tibor ko‘rmaydi. 1920-yilda Sultoniy Moskva tomonga surgun qilinadi. Sultoniydan bizga katta adabiy meros qolgan. Uning o‘zi bir devon tartib bergan bo‘lib, bir toshbosma hamda 3 ta qo‘lyozma nusxalari va “Bayozi Sultoniy” O‘zFAShI ning qo‘lyozmalari ko‘plab bayozlar, Tabibiy tazkirasi va Bayoniy tomonidantuzilgan “Haft shuaro” majmuasiga kiritilgan. Shoir ijodiy merosi nashr qilinmagan. Biroq uning asarlari adabiyotshunoslar nazarini jalb qila olgan. Shoir hayoti to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar berilgach, tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, Sobiq Ittifoq davrida o‘zbek shoirlarga munosabatni aqliy hujum metodi orqali mulohaza yuritilsa, tinglovchilarning kreativ fikrlashi uchun qulaylik tug‘diradi [4]. Akademik V. Abdullayevning 80-yillardagi tadqiqotlarida shahzoda shoirlarning Navoiyga izdoshligi masalasiga doir fikrlar mavjud. Jumladan, adabiyotshunos “Navoiy va bir davrning ikki shoiri” maq

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается комплекс «Хафт наследие, шуаро», являющийся частью нашего национального и комплекс, духовного наследия.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается комплекс «Хафт наследие, шуаро», являющийся частью нашего национального и комплекс, духовного наследия. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
heritage, наследие, poet, method, poem, стихотворение, value, shoir, majmua, газель, ценность, g’azal, she’riy san’at, комплекс, poetic art, collection, qadriyat, поэтическая функция языка, pedagogik texnologiya, meros, поэтическое исскуство, she’r, metod, pedagogical technology, ghazal, метод, педагогическая технология
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники