Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Совершенствование методологии развития пространственного воображения учащихся на основе графических программ в обучении проектному чертежу
Sanjar MARDOV · Matluba HAMRAQULOVA · Eliyor NURMATOV
Общество и инновации · 3 · 180-190 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: Курс проектного чертежа, в Ташкентском Архитектурно- графическое образование, Строительном Институте, направлен на формирование проектный чертеж, графической культуры учащихся, а также творческого графические приложения, потенциала личности. Большая эффективная работа в этой графика, информация и области, особенно в обучении проектному чертежу, коммуникация, достигается за счет, использования современного пространственное графического программного обеспечения. Среди воображение, графических программ, в частности, области архитектуры, архитектура, ArchiСAD, является лучшей на взгляд профессионалов. Эта рисунок, дидактика, программа, наиболее эффективно иллюстрирует для инженерная графика. студентов, трехмерные чертежи для понимания архитектурных проектов. Это необходимо, для полного понимания специфики своей профессии студентами. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifasi belgi- langan. Mazkur vazifani amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalari talabalarining loyihalash malakalarini rivojlantirishda ularning fazoviy tasavvuri, ijodiy faolligi, sohaga oid amaliy masalalarni loyihalash ko‘nikmalari asosiy omil bo‘lib, bu sifatlar grafik ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarning kompyuterdan keng foydalana olishi jamiyatda fan-texnika taraq- qiyotining jadallashishi va shu asosda ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish uchun xizmat qiladi. O‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini ko‘rish asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy mobilligi va kreativligini namoyon eta olish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish lozimligini ifodalaydi. 181 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 1 (2022) / ISSN 2181-1415 Inson faoliyatining barcha sohalarini kompyuterlashtirish, ko‘p asrlik pedagogik texnologiyalarning o‘zgarishiga olib keldi. O‘qitishning yangi vositalari pedagogika fanining asosiy masalalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi: jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida oliy ta’lim tizimida kimlar o‘qitilishi, ta’lim mazmuni qanday bo‘lishi, oliy ta’lim mutaxassis tayyorlash uchun asos sifatida qanday shakl va usullardan foydalanish kerak. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, muhandislik kompyuter grafikasi fanining mazmunini qayta ko‘rib chiqish, shu fanni o‘qitishdagi dolzarb muammolardan biri deb hisoblaymiz. Muhandislik kompyuter grafikasi fanining mazmunini qayta tuzishda bugungi kundagi ilm-fan va texnika sohalarining yutuqlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. O‘qitish tamoyillari muammolariga qaratilgan tadqiqotlar analizi, barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan didaktik tamoyillarni ajratib olish imkonini beradi. Barcha tadqiqotchilar didaktik tamoyillarning nomenklaturasiga kelganda bir xil to‘xtamga kelishadi. Ammo bu tamoyillarning mazmunini turlicha talqin qilishadi. Bunday tamoyil- larga quyidagilar kiradi: – ta’lim va tarbiya tamoyili; – nazariyani amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyili; – ilmiylik tamoyili; – tushunarlilik tamoyili; – muvofiqlik va izchillik tamoyili; – onglilik va ijodiy faoliyat tamoyili; – ko‘rgazmalilik tamoyili; – o‘quv natijalarining mustahkamligi va bilish qobiliyatini rivojlantirish tamoyili; – bilim oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish va ta’limning kollektivligi tamoyili; – ta’limning ijobiy hissiyligi tamoyili. Agar ta’limning mazmun va protsessual taraflarini ikkiga ajratsak, unda an’anaviy didaktik tamoyillarni shartli ravishda shu ikki guruhga ajratish mumkin. Didaktik tamoyillarni bunday ko‘rinishda ajratishning shartliligi ularning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro bog‘liqligi bilan tasniflanadi. Misol sifatida ta’limning ta’lim, tarbiya va rivojlantirish jarayonlarini ajratishning shartliligini keltiramiz. Ta’limning mazmun tamoyillariga quyidagilar kiradi: – ilmiylik tamoyili; – tushunarlilik tamoyili; – izchillik tamoyili; – uzluksizlik tamoyili; – uzviylik tamoyili; – nazariyani amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyili; – davomiylik tamoyili. Mazmunni tanlash tamoyillari: Ilmiylik tamoyili. M.D. Dammer ilmiylik tamoyilining mazmuni rivojlanishini ko‘rsatib berdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu tamoyilning mazmuni birinchi 1950 yilda M.N. Skatkin tomonidan sakkiz talab shaklida ko‘rsatilgan: 1) talabalarga yеtkaziladigan ma’lumotlarning ilmiy ishonchlilig
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Курс проектного чертежа, в Ташкентском Архитектурно- графическое образование, Строительном Институте, направлен на формирование проектный чертеж, графической культуры учащихся, а также творческого граф…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Курс проектного чертежа, в Ташкентском Архитектурно- графическое образование, Строительном Институте, направлен на формирование проектный чертеж, графической культуры учащихся, а также творческого граф… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- graphic education, students, three-dimensional drawings for understanding, grafik ta’lim, qurilish chizmachiligi, fazoviy tasavvur, графическое образование, information and communication, информация и коммуникaция, пространственное воображение, graphic applications, arxitektura, spatial imagination, design drawing, engineering graphics, рисунок, дидактика, grafik dasturlar, компьютерная графика, графические приложения, architecture, архитектура, проектный чертеж, muhandislik grafikasi, chizma, didactics, axborot-kommunikatsiya, grafika, drawing, инженерная графика, didaktika, graphics
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025