Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Методы и формы самообразования
Raykhon SARSENBAYEVA
Общество и инновации · 3 · 119-124 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье, представлена информация о методах и ученик, формах самодисциплины. К примеру, самопоощрение, учитель, самоубеждение, самоосуждение и самообладание. воспитание, методы воспитания, формы воспитания, самовоспитание, уверенность в себе, самовоодушевление, командование самовоспитанием, самоосуждение. Ma’lumki, o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayonida qo‘llaniladigan metodlar o‘quvchi- talaba shaxsining ideallari, hayotiy maqsadlari, tutgan yo‘li, asosiy ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bog‘liqdir. Ular tarbiya jarayonidagi ishontirish metodlariga qo‘shimcha bo‘ladi. Ayniqsa, tarbiyasi qiyin shaxsni qayta tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, u tarbiyachidan yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lishni, tarbiyaviy ta’sir vositalari va metodlarini samarali qo‘llashni taqozo etadi. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Prеzidеnti Sh. Mirziyoеv: “Bugungi zаmоn bаrchа sоhаlаr qаtоridа ilm-fаnni hаm yangi bоsqichgа ko‘tаrishni tаlаb qilmоqdа. Zоtаn, jаmiyat оldidа turgаn dоlzаrb mаsаlаlаrni ilm-fаnsiz yеchish qiyin. Mаzkur sоhаni vа оlimlаrni hаr tоmоnlаmа qo‘llаb-quvvаtlаsh dаvlаtimizning ustuvоr vаzifаlаridаndir”. 2022–2026-yillаrgа mo‘ljаllаngаn Yangi O‘zbеkistоnning tаrаqqiyot strаtеgiyasi to‘g‘risidаgi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Fаrmоnidа 41-mаqsаd: Mаktаblаrni rivоjlаntirish Milliy dаsturini jоriy etish оrqаli хаlq tа’limi tizimidа qo‘shimchа 1,2 milliоn o‘quvchi o‘rni yarаtish, 2022–2026-yillаrdа 217 tа “Bаrkаmоl аvlоd” bоlаlаr mаktаbini rivоjlаntirish bo‘yichа dаsturni аmаlgа оshirish, dеb tа’kidlаb o‘tilgаn. Shundаy ekаn, ushbu dаsturning mаqsаdi vа vаzifаlаridаn kеlib chiqib, tа’lim muаssаsаlаri хоdimlаri o‘z fаоliyatlаrini to‘g‘ri tаshkil etishlаri lоzim. O‘zini o‘zi tarbiyalash metodlari: ● shaxsiy majburiyat (kunlik, haftalik yoki oylik bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlarni rejalashtirish); ● o‘z ishi haqida hisobotlarni nazorat qilish (ushbu rejalashtirilgan ishlarning kun, hafta va oy davomida bajarilishini nazorat qilish); ● xatti-harakatlarida o‘zini o‘zi tahlil qilish (rejalashtirilgan ishlarning kun, hafta va oy davomida bajarilishini tahlil qilish, ya’ni nima bajariladi-yu, nimalar bajarilmaydi); ● o‘ziga o‘zi baho berish (rejalashtirilgan ishlarning kun, hafta va oy davomida bajarilishi nazorat va tahlil qilinganidan so‘ng o‘ziga o‘zi baho berishi, ya’ni hamma rejalashtirilgan ishlar bajarildi – a’lo, ayrimlari bajarilmadi – o‘rta yoki qoniqarli, deb baho beriladi va o‘zini o‘zi rag‘batlantiradi) Har bir o‘quvchi-talabaning imkoniyatlarini ko‘ra olish va baholashda kuchi yetadigan istiqbolni belgilashda, iroda va xarakterni tarbiyalashda yordam beradi. O‘quvchi-talaba o‘zini o‘zi tarbiyalash borasida istiqbolini yaratishga intilishi hayotda ma’lum mustaqillikka intilishda namoyon bo‘ladi. O‘zini o‘zi tarbiyalash oilada va o‘quv 120 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 1 (2022) / ISSN 2181-1415 muassasasidagi tarbiyaviy ishlarning ta’siri ostida ro‘y beradi. O‘zini o‘zi tarbiyalashni jamoadagi shaxslarda faolroq amalga oshirish mumkinligi ularda iroda, tirishqoqlik intizomini tarbiyalaydi. O‘zini o‘zi tarbiyalash o‘qituvchi-talabalarning o‘z oldiga muayyan vazifa qo‘ya olishini, uni bajarish jarayonida ichki ishtiyoq bilan bajarishi mumkinligini anglashni, nima qilganligi haqida hisobot berilishini nazorat qilishni va to‘plangan vazifalarni aniq natijalarga qarab baho berishni o‘z ichiga oladi. O‘zini o‘zi tarbiyalash shaxsiy majburiyati o‘z ishi haqida hisobotlarni tahlil qilish, xatti-harakatlarida o‘zini o‘zi nazorat qilish va o‘ziga o‘zi baho berish metodlariga bo‘linadi2. O‘zini o‘zi tarbiyalash – bu o‘z irodasini, his-tuyg‘usini, kayfiyatini boshqarishga, nojo‘ya harakatlardan o‘zini tiyishga yoki to‘g‘ri harakatni har qanday sharoitlarda ham davom ettirishga qaratish demakdir. Tevarak-atrofidagi muhit bilan shaxs o‘rtasida ixtiloflar va o‘zaro kelishmovchiliklar chiqishiga, o‘zaro tushunmovchiliklarga, yakkalanib qolishga, ko‘pincha, sababchi bo‘ladigan jizzakilik, beparvolik kabi salbiy xislatlar axloqiy nuqsonlargina bo‘lmay, balki irodaviy nuqsonlar hamdir. O‘zini-o‘zi tarbiyalash metodlarini qadimgi yunon (grek)lar qo‘llagan, u, aslida, “oddiy kerak, xohlayman va bajaraman” degan ma’noni bildiradi. Aytaylik, serjahl shaxs vazmin bo‘lish kerakligini, odatlanganidek emas, boshqacha yashash, ish yuritish zarurligini tushunish – bu o‘zini o‘zi ishontirishning boshlanish davri hisoblanadi O‘qituvchi-pedagoglar qo‘llayotgan tarbiya metodlari va vositalari ta’sirida o‘quvchi-talabalarning ongida va xulqida o‘z shaxsini o‘zgartirish, kundalik faoliyatida o‘zini o‘zi tarbiyalash shaxsiy majburiyati, o‘z ishi haqida hisobotlarni tahlil qilish, xatti- harakatlarida o‘zini o‘zi nazorat qilish va o‘ziga o‘zi baho berish istagi vujudga keladi. Har bir o‘quvchi-talaba o‘zini o‘zi tarbiyalasa, aql-farosatni ishga solmasa, tarbiyadan ko‘zlangan maqsad va natijaga erishib bo‘lmaydi. Har bir o‘quvchi-talaba o‘zining xulq- atv
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье, представлена информация о методах и ученик, формах самодисциплины.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье, представлена информация о методах и ученик, формах самодисциплины. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- student, o‘qituvchi, самовоодушевление, o‘zini o‘zi qoralash, o‘zini o‘zi ruhlantirish, teacher, o‘ziga o‘zi buyruq berish, воспитание, self-education, forms of upbringing, methods of upbringing, командование самовоспитанием, self-condemnation, self-education command, tarbiya shakllari, self-inspiration, ученик, tarbiya metodlari, o‘zini o‘zi ishontirish, самовоспитание, учитель, уверенность в себе, tаrbiya, self-confidence, upbringing, o‘quvchi, методы воспитания, o‘zini o‘zi tarbiyalash, формы воспитания, самоосуждение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026