К содержанию
РецензированоRU2021

Тенденции развития систем управления онлайн-образованием

Elyor ALKAROV · Bakhodir XURRAMOV · January -/© in Science LLC. (Research Institute for the study of problems and establishment of the prospects of public education)

Общество и инновации · 2 · 387-394 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье, представлена аналитическая LMS, информация о внедрении платформ онлайн-обучения в платформа, развитых странах и в Республике Узбекистан. Рассмотрены, система, также, возможности систем разработки программного электронная, онлайн, обеспечения и возможные этапы развития данных онлайн управление, платформ. программное обеспечение. Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol ko‘rinib bormoqda. Turli ta’lim shakllari qatori, ayniqsa, onlayn ta’lim ham keng qo‘llanilayotganligi ham quvonchli hol. Ko‘pchilikning internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elektron pochtadan foydalanish va boshqa ko‘ngilochar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan kunga oshib bormoqda. Internetdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya’ni Internet turli sohalarga tatbiq qilindi. Internet texnologiyalar: masofadan onlayn o‘qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va boshqalar. Bugungi kunda onlayn ta’lim bozorda o‘z o‘rnini mustahkam egallab turibdi va u an’anaviy ta’limga muqobil sifatida ishonchli tarzda ta’lim olish imkonini beruvchi tizim sifatida shakllandi. Ushbu tizim kompaniyalar, tashkilotlar va ta’lim sohasidagi xodimlarni dastlabki tayyorlash, ularni sertifikatlash va malaka oshirish bo‘yicha muqobil variant sifatida keng joriy etilib borilmoqda. Ushbu onlayn ta’lim jahon ta’lim resurslaridan keng foydalanish va o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish ulushini oshirish orqali ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi va ikkinchisi, ayniqsa, muhimdir, chunki u mustaqillik kabi fazilatlarni bosqichma-bosqich rivojlantirishni ta’minlaydi. Mas’uliyat, tashkilotchilik va o‘z kuchini real baholash va ongli qarorlar qabul qilish qobiliyati – busiz muvaffaqiyatli martabani tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, elektron ta’lim avtomatik tarzda “axborot-kommunikatsiya texnolo- giyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini erta egallashga olib keladi, bu esa kelajakda bilimlardan o‘z kasbiy faoliyatida foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Umuman olganda, onlayn ta’limning vazifasi ma’lum bir tashkilotning ko‘p sonli xodimlarining minimal vaqt ichida kasbiy ko‘nikmalarni uzluksiz rivojlantirishdan iborat. Ushbu onlayn ta’limning joriy etilishi o‘quv jarayonini boshqaruvchi tizim – LMS elektron tizimining yuzaga kelishiga zamin yaratildi. LMS bu – bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan videodars, ma’ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli. Learning (o‘qitish) – LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv materiallarining yagona bazasini yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bo‘yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir. 388 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415 Management (boshqaruv) – ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o‘qituvchi) boshqarib boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi. System (elektron tizim) LMS o‘qituvchining o‘rniga har bir o‘quvchi berilgan topshiriq yoki testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi. Hisobotlar orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini kuzatib borishi ham mumkin. LMS interfeysi zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi bo‘lib, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan turib mustaqil ravishda shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlaydi. LMS tizimlarining asosiy vazifalari: – o‘quv kontentlari bilan ishlash – kurs yaratuvchi o‘qituvchilar tomonidan elektron o‘quv materiallari (matnli, audio, video va b.)ni yaratish va kiritish; elektron materiallarni import/eksport qilish; elektron kutubxona tashkil etish; mualliflik dasturlari yordamida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklash; – o‘quv jarayonini boshqarish – tizim foydalanuvchilari (kurs yaratuvchi o‘qituv-chilar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va boshqalar)ni ro‘yxatdan o‘tkazish; sinflar yaratish va o‘quvchilarni sinflarga biriktirish; o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish; har xil ijtimoiy so‘rovlarni tashkil etish; foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlash-tirish; – baholash – nazorat topshiriqlari (amaliy mashg‘ulot topshiriqlari, savol va testlar)ni kiritish; o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va bilim darajasi monitoringini olib borish; sertifikatlar (diplomlar) berish; – foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro aloqa – o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki guruh bo‘lib, hamkorlikda ishlashini tashkil etish; o‘quvchilarning o‘zaro yoki o‘qituvchilar bilan muloqotini chat, forum, videokonferensiya orqali tashkil etish

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье, представлена аналитическая LMS, информация о внедрении платформ онлайн-обучения в платформа, развитых странах и в Республике Узбекистан.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье, представлена аналитическая LMS, информация о внедрении платформ онлайн-обучения в платформа, развитых странах и в Республике Узбекистан. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, онлайн, elektron, управление, электронная, программное обеспечение, tizim, online, система, platform, software, onlayn, dastur, system, boshqaruv, платформа, electronic, LMS, platforma, management
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники