Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Память и методы укрепления памяти у подростков
Dilorom AYMATOVA · January -/© in Science LLC. (methods used by high school students.)
Общество и инновации · 2 · 142-145 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: Роль памяти в психологии человека, психология в Память психологическое педагогике, методы развития памяти, психика подростков, развитие методика, взаимосвязь методики и психологии. Виды и родственные виды памяти, методы обучения, анализ и выбор методов, применяемых у эмоциональная память, логическая память, старшеклассников. память действия речь и логика. Xotira – in’ikos etilgan narsa yoki hodisalarni yoki o‘tmish tajribalarini esda qoldirish va zarur bo‘lganlarini tiklashdan iborat bo‘lgan psixik jarayon. Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi bo‘lishi bilan birga, inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta’minlaydi. Shaxsning o‘z tajribasini eslab qolishi, esda saqlashi va keyinchalik yana esga tushirishi bu xotiradir. Eslab qolish, esga olish, esda saqlash va unutish xotiraning unsurlaridir. Faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab xotira harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqli turlarga bo‘linadi. Faoliyatning maqsadlariga ko‘ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlarini tasnif etish mumkin. Materialni saqlab qolish davriga ko‘ra uzoq muddatli va qisqa muddatli xotira turlarini ajrata olamiz. Xotiradagi eng muhim jarayonlardan biri yod olish bo‘lib, bu usul butun materialning mazmunini bilib olish, uning qismlarini guruhlarga ajratish, guruhlar ichidagi munosabatlarni, guruhlararo bog‘lanishlarni aniqlash kabi jarayonlarni o‘z tarkibiga oladigan mnemik harakatning tuzilish xususiyatlariga ko‘proq mos keladi. Odam o‘zi guvohi bo‘lgan, eshitgan hodisotlarini juda oz miqdordagina eslab qoladi. Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi ta’sirlarning aks ettirilishidan o‘zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba oshishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashadi. Tashqi dunyo miya qobig‘ida obrazlar hosil qiladi. Bu obrazlar o‘zaro turli aloqalar bog‘lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo‘ladi. Xotira ta’riflarining esda saqlab qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo‘ladigan faoliyat xususiyatlariga bog‘liqligi xotirani turlicha tasnif qilish uchun asos bo‘ladi. Biz pedagogika-psixologiya yo‘nalishida dars jarayonida o‘quvchilarda xotirani mustahkamlashga qaratilgan metodlar yuzasidan tahlil olib borar ekanmiz, avvalo, xotiraning qanday turlari mavjudligi va ular nimaga asosan turlarga ajratilishini o‘rganishimiz lozim. Harakat xotirasi – turli ish-harakatlar va ularning tizimini esda saqlab qolish. Emotsional xotira – his-tuyg‘uga asoslangan xotira. So‘z-mantiq xotirasi: buning mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil qiladi. Demak, xotiraga aloqador metodlarni ishlab chiqishda ushbu xotira turlariga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Harakat va holat bilan bog‘liq o‘yin va usullar orqali biz dars mavzusini esda qoldirish bo‘yicha metod tuzishimiz mumkin. Masalan, “Aloqador holatni eslab qol”, “Atamaga mos holat” kabi. Bunda rasm va ko‘rgazmali qurollar, slaydlardan foydalanish mumkin. 143 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415 Emotsional xotira nafaqat ijtimoiy hayotda, balki pedagogik jarayonda ahamiyatli, ya’ni emotsiya – his-hayajon bilan bog‘liq holda ma’lum bir mavzuni o‘zlashtirish va esda saqlab qolishga oid metod yaratish mumkin. Bu ko‘proq ijtimoiy fanlar, xususan, adabiyot, badiiy asar tahlili, psixologiya, falsafa kabi fanlarga daxldordir. Bugungi kun metodologiyasi va pedagogikasi uchun muhim bo‘lgan masalalardan biri sifatida o‘quvchilarda xotira va quntning pasayishini ko‘rsatish mumkin. Zero, zamon nuqtayi nazaridan axborotlarning ko‘pligi va jadalligi, shuningdek, tabiiy- biologik rivojlanish ham ta’sir etishi mumkin. Bugungi davr o‘spirinlari va o‘smirlarida kuzatila- yotgan xotira bilan bog‘liq muammolar yechimi bilan turli sohalar shug‘ullanmoqda. Tibbiyot, falsafa, pedagogika, psixologiya sohalarida mavjud shunday yo‘nalishlar borki, aynan xotira va uning xususiyatlari, xotirani rivojlantirishning yo‘llari hamda usullari borasida ish olib boradi. Ayniqsa, o‘qish va o‘qitish jarayonida xotiraning mustahkamligi va diqqatning jamlanganligi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori sinf o‘quvchilarida xotira bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi psixologik rivojlanish va o‘zgarishlar bilan ham xarakterlanadi. Darslarni o‘zlashtirish, avvalo, ma’lumotlarni eslab qolish, muhokama qilish va mavzu yuzasidan mustaqil fikrlay olish bilan aloqadordir. Dars jarayonida aytilgan ma’lumotlarni, berilgan tushunchalarni o‘quvchi qanchalik eslab qolishi va o‘zlashtirishi olib borilgan dars metodologiyasida namoyon bo‘ldi. Ya’niki xotirani rivojlantirish bilan bog‘liq interfaol usullar va metodlardan foydalanib o‘tilgan darslar o‘quvchida yorqin taassurot qoldiradi. Yoki psixologik va davriy jihatdan aynan yuqori sinf o‘quvchilari, ya’nikim o‘smir yoshdagi o‘rganuvchilar uc
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Роль памяти в психологии человека, психология в Память психологическое педагогике, методы развития памяти, психика подростков, развитие методика, взаимосвязь методики и психологии.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Роль памяти в психологии человека, психология в Память психологическое педагогике, методы развития памяти, психика подростков, развитие методика, взаимосвязь методики и психологии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, эмоциональная память, psixologik rivojlanish, xotira, память действия речь и логика, психологическое развитие, xotira turlari, виды памяти, psychological development, action memory, emotional memory, память, logical memory, types of memory, methodology, so’z va mantiq, emotsional xotira, memory, логическая память, metodologiya, speech and logic, harakat xotirasi, logik xotira, методика
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026