К содержанию
РецензированоRU2021

Поэтическая интерпретация образа “Сирота” в повести “Прощай, детство!”

Matluba NORBABOYEVA · January -/© in Science LLC. (Pedagogical Institute of Karshi State University)

Общество и инновации · 2 · 247-252 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье, автор исследует и осмысливает образ, художественную проблему образа «Ребенок-сирота» в образ сироты, повести «Прощай, детство…». Путем анализа, выявляются поэтическая проблемы, связанные с судьбой социальных сирот, заботы о интерпретация, рассказ, детях-сиротах и оказания им материальной и моральной социальное сиротство, помощи. социальная проблема, искусство. Bugungi kunda dunyoda juda muhim evrilishlar kuzatilmoqdaki, o‘zbek adabiyotiga ham bu bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Badiiy adabiyot o‘quvchi-kitobxonning badiiy- mantiqiy tafakkurini oshiradi. Adabiyotda obrazni o‘rganish masalasi alohida ahamiyatga ega. Har bir badiiy obraz betakror badiiy yangilik bo‘lishi kerak. Jahon adabiyot- shunosligida “Yetim bola” obrazini o‘rganish va tahlil qilish yirik ilmiy tadqiqotlarga sabab bo‘lgan. Jahon bolalar adabiyotida “Yetim bola” obraziga ko‘plab murojaat qilingan, bular “Oliver Tvistning boshidan kechirganlari”, “Tom Soyerning sarguzashtlari”, “Garri Potter”, “Gekl Berri Finning sarguzashtlari” va hokazo. Murashovaning so‘nggi “Hayot uchun bitta mo‘jiza” romanida ikki olamni – Sankt- Peterburgda badavlat ota-onalari, imtiyozli maktab o‘quvchilari bilan yashovchi qizlar, yoqimtoy, aqlli o‘g‘il bolalar dunyosi va shahar atrofida kattalarsiz yashaydigan ko‘cha bolalari va sargardon yetimlar dunyosi tasvirlanadi. Darhaqiqat, bu jamiyatning ikkiga – bor va yo‘qlarga bo‘linishini ifodalaydi. Jinoiy guruh rahbari Geynrix Lis g‘amgin, umidsiz, adolatsiz dunyoda nima topish mumkin deb o‘ylaydi, u buni juda yaxshi biladi. Lekin bu dunyoda yashash uning tanlovi emas, u ichiga nazar tashlaydi: “Zulmat” ... otasining mastligi tufayli uni halok qildi: kichiklarni, zaiflarni, kasallarni, muhtojlarni rad etadigan tizim, kasallik va azob-uqubatlar, ijtimoiy shafqatsizlik hukmron jamiyat. Bu bir qarashda hech kimga rahm-shafqat keltirmaydigan yetimlik, hech kim yordam bergisi kelmaydigan yetimlik, chinakam azob beradigan yetimlik” [1]. Jahon adabiyotshunosligida badiiy obraz masalasi muhim ilmiy tadqiqotlarga sabab bo‘lgani kabi o‘zbek adabiyotshunosligida ham badiiy obraz masalasi izchil o‘rganilgan bo‘lib, B.Sarimsoqov “Badiiylik asoslari va mezonlari” ilmiy tadqiqotida badiiy obrazning muhim belgilarini ilmiy asoslab bergan: “Badiiy obraz tabiatida keyingi davrlardagi o‘zgarish, boyish va to‘lishishlar badiiy obraz – obrazlilik – badiiylik ham tarixiy harakat- dagi falsafiy-estetik kategoriya ekanligidan dalolat beradi. Badiiy obraz voqelikning, inson ruhi mohiyatining yetakchi xususiyatini ijodkorning estetik ideali nuqtai nazaridan butun murakkabligi bilan qamrab olgan holda aks ettirishga yo‘nalgan bo‘ladi”. [2. B. 11]. Yetim bolalarning dunyoqarashi va hayot chigalliklari - bu masalaga ko‘pchilik duch kelgan va duch kelayotgan katta ijtimoiy muammolardan biri sifatida qarash lozim. Jahon adabiyotshunosligida bunday dolzarb muammolarning o‘rganilishi juda ko‘p tahlillarga sabab bo‘lgan. Bunday ijtimoiy muammoning yechimiga doir tadqiqot ishlari ham mavjud. O‘z o‘rnida o‘zbek adabiyotida bunday dolzarb muammolar mavjud va o‘rganilishi zarur. 248 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415 O‘zbek bolalar adabiyotida yaxlit “Yetim bola” obrazi quyidagi asarlarda uchraydi: G‘. G‘ulomning “Shum bola” qissasi, T. Malikning “Alvido bolalik…” asari, X. To‘xtaboyev- ning “Besh bolali yigitcha” sarguzasht romani, “Mungli ko‘zlar” romani va hokazo. Yetim bolalar hayoti, taqdiri haqida boshqa asarlarda ham jiddiy, ahamiyatga molik badiiy tasvirlar uchraydi – O‘. Hoshimov, A. Qodiriy ijodlarida bunday tasvirlarni kuzatish mumkin. Badiiy adabiyotda yetim bolalar haqida so‘z yuritganda, hadislarni ham eslash maqsadga muvofiq. Yetim bolalarning haqi, yetimlarning ko‘nglini og‘ritmaslik, ularga ko‘mak berish haqida bir nechta hadis keltirilgan bo‘lib, quyidagi hadisda ham yetimlar haqida shunday deyilgan: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Men jannat eshigini birinchi bo‘lib ochuvchi shaxsman. Faqat bir ayol mendan ildamroq ekanini ko‘raman. Undan: “Sen kimsan?” – deb so‘rayman. U: “Men yetimlarimga qarab o‘tirgan ayolman”, – deydi”. (Abu Ya’lo rivoyati)] Bir yetimning ko‘nglini olish uchun payg‘ambarimiz tuya bo‘lib cho‘kib ustiga mindiradilar. Shu yetim bir lahza otasizligini unutsin, xursand bo‘lsin deb payg‘ambardek zot tiz cho‘kadi. Yuqoridagi hadisda ham payg‘ambarimizning yetimni boqqan ayoldan keyin jannatga kirishi haqidagi fikrlari naqadar ta’sirli ifodalangan. Yetimlarning hayoti, taqdiriga qiziqish, ularni o‘rganish o‘zbek adabiyotida T. Malik ijodida ham kuzatiladi. T. Malik – o‘zbek adabiyotida o‘zining detektiv-sarguzasht asarlari bilan munosib hissa qo‘shgan, o‘z uslubini yarata olgan ijodkor. Adibning “Alvido bolalik…”, “Shaytanat” asarlarida bu mavzuga doir talaygina chizgilar bor. T. Malik asarda sharqona tarbiyani badiiyatga singdirib yuborish ma

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье, автор исследует и осмысливает образ, художественную проблему образа «Ребенок-сирота» в образ сироты, повести «Прощай, детство…».»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье, автор исследует и осмысливает образ, художественную проблему образа «Ребенок-сирота» в образ сироты, повести «Прощай, детство…». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, art, образ сироты, искусство, story, социальное сиротство, image of an orphan, qissa, социальная проблема, рассказ, image, поэтическая интерпретация, badiiylik, poetik talqin, ijtimoiy muammo, “Yetim bola” obrazi, social orphanhood, образ, poetic interpretation, social problem, ijtimoiy yetimlik, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники