Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ландшафтный дизайн и создание совместимости при проектировании ландшафтного проекта
Muhayyo SULTANOVA
Общество и инновации · 2 · 49-54 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье, подробно описывается тенденция предмет, сближения архитектуры и природы. А именно, открытие элемент, интерьера и визуальная связь интерьера с внешней средой ансамбль, – окружающими ландшафтами, лоджиями в здании, тренд, визуальный, террасами, балконами и, что наиболее важно, архитектурой логический, и ландшафтом публики. Строительные инструменты в классический, дизайне – цветы, декоративные травы, вода, камни и многое асимметричный, другое. Также в статье, рассказывается о ландшафтном бордюр, дизайне, о том, как здания должны составлять ансамбль, и о партер. правилах их гармонии. “Binolarning o‘ziga qaraganda ko‘proq ularning jozibasini ochib beradigan joy bu bino atrofidagi ochiq joylarning joylashuvi va landshaft dizaynidir, bu esa shaharga va shahardagi jamoat binolariga o‘ziga xos sifatni beradi”, – deb ta’kidlaydi taniqli landshaft me’mori J. Simonds. Ushbu vositalar me’moriy binoning subyekt-fazoviy muhitning alohida elementlari bilan emas, balki madaniy landshaftning muhim qismlari bilan ish olib borganda, me’moriy va landshaft ansambllarini tashkil etganda juda muhimdir. Me’moriy ansambl dizaynida arxitektura binosi uslubi bilan bog‘langan holda ham landshaft uyg‘unligini yaratish mumkin. Agar bino qadimiy yodgorliklar sirasiga kiradigan va uslub jihatdan klassika, barokko yoki grek-rim etnik uslublar bilan loyihalangan bo‘lsa, bino uchun uning dizaynidan kelib chiqqan holda landshaft loyihasining fransuz regular klassik yoki mavritan uslublariga murojaat qilishimiz mumkin. Nima sababdan aynan regular yoki mavritan uslubi? Bino arxitekturaviy uslubiga qaraydigan bo‘lsak, klassika, barokko uslublari o‘zining aniq planirovkasi va dekorativ jihatdan ulug‘vorlik, tantanavorlik va ba’zida jiddiy ko‘rinishli tusga ega. Aynan landshaftning regular uslubi xuddi shu bino uslubi qoidalariga rioya qilgan holda, aniq, tartibli, simmetrik tarzdagi umumiy tarx, tarxda assimetrik tarzdagi o‘simliklar joylashuvi, topiary va jonli bordyurlar, klumba, parterlardan keng tarzda foydalanganligi va bir qarashdagi ulug‘vorlik hissini uyg‘ota oladi. Rasm-1. Versal saroyi va uning regular uslubdagi landshafti. 50 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415 Rasm-2. Versal saroyi va uning regular uslubdagi landshafti. Bundan tashqari, regular uslubdan katta hajmdagi va kichik maydonlar uchun ham birdek foydalanish mumkin. Aynan Fransiyaning Versal saroyi landshaft loyihasida ham buning misolini ko‘rishimiz mumkin. Rasm-3. Niderlandiyada joylashgan barokko uslubidagi Xet-lo saroyi va uning regular uslubdagi landshafti. Bino tashqi va ichki fasadida joylashgan ushbu landshaft uslubi o‘zining aniq tartibli yo‘llari va fransuz uslubiga mos ravishdagi geometrik naqshlari bilan birgalikda bino uslubiga uyg‘unlashib keta olgan. Niderlandiyadagi Xet-lo saroyining umumiy tarxiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning landshaftida ham katta maydonda landshaft loyihasini qo‘llashda regular uslubning keng imkoniyatlaridan foydalanilganini, yo‘llar va hattoki, yashil o‘simliklar, shuningdek, dekorativ geometrik naqshlardan foydalanganda ham aniq tartibli va simmetrik tarzdagi landshaft loyihasini ko‘rishimiz mumkin. Yevropa davlatlaridan farqli ravishda, Sharq mamlakati arxitekturaviy loyihalashi, uslubi va landshaft uslublari ham bir-biridan farq qiladi. 51 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415 Yevropa davlatlarida landshaftda, asosan, regular va muntazam uslublardan keng foydalaniladi va bu o‘z-o‘zidan landshaftning ko‘rinish jihatidan sun’iy tarzda loyihalanganini, ya’ni ma’lum qoida va qarorlarga bo‘ysundirilganini ko‘rsatadi. Ammo shunday bir istisno holat borki, Yevropa hududiga kiruvchi Angliya davlatida landshftning regular uslubidan farqli ravishda, peyzaj uslubi keng tarqalgan va aynan peyzaj uslubi juda katta muvaffaqiyat bilan shu yerda rivojlangan. Balki shuning uchun ham ko‘plab tarixiy manba va landshaft dizayniga oid kitoblarda peyzaj uslubini Angliya uslubi degan ta’rif bilan uchratishimiz sababi ham shudir. Angliya peyzaj uslubining sharq davlatlaridan farqi bor, albatta. Bu yerda Yevropaning regular uslubini tark etmagan holda, uning ma’lum bir detal va qo‘shimchalarini peyzaj uslubidagi bog‘lariga singdiradilar. Bu orqali angliyaliklar o‘z bog‘larida ranglarning jilokor va hashamdor mutanosibligini aks ettirgan holda, bog‘ning ulug‘vor va tantanavorligini yana ham kuchatirishga harakat qiladilar. Bunday bog‘larga tashrif buyuruvchilar tabiatning tabiiy ko‘rinishidan bahramand bo‘lish asnosida unda ma’lum bir sun’iy tarzdagi detallar va qo‘shimcha dekorlarni sezmay ham qoladilar. Angliya peyzaj uslubining yutug‘i va jozibadorligi ham mana shu qoidalarni kishi ko‘zidan berkita olishidadir balki. Sharq davlatlari landshaft arxitekturasi rivojlanishi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, landshaft tabiat in’omi deb qaralgan va ilohiy tarzda munosabat
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье, подробно описывается тенденция предмет, сближения архитектуры и природы.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье, подробно описывается тенденция предмет, сближения архитектуры и природы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- subject, should form an ensemble, and the rules of their harmony, элемент, visual, curb, партер, assimetrik, element, subyekt, ensemble, classical, бордюр, klassika, bordyur, parter, tendensiya, lojik, асимметричный, parterre, тренд, trend, vizual, logical, asymmetrical, ansambl, визуальный, ансамбль, предмет, классический, логический
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026