Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Использование современных педагогических технологий в хореографическом образовании
Shahlo SAFAEVNA · December -/© in Science LLC. (Urgench branch of state academy of choreography of Uzbekistan)
Общество и инновации · 2 · 222-226 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной в статье, рассматривается, применение урок, передових педагогических технологий в просессе наука, хореографического образований. Также подробно описани технология, положителние эффекти от исползования интерактивних образование, хореография, технологий в просессе обучения предмета «Узбекский педагогика, танец». метод, результат. Bugungi kundagi eng dolzarb masala va vazifa ta’lim standartlarini о‘quv jarayoniga tatbiq etishdir. Xoreografiya sohasida ta’lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “о‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” zarurligi ham alohida kо‘rsatib о‘tilgan. Pedagogik texnologiya hozirda barcha pedagogik kasblar hamda ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog‘liq kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy badiiy pedagogik texnologiyalardan barcha xoreografiya ta’lim sohasi pedagoglari xabardor bо‘lishlari zarur. Zamonaviy badiiy xoreografik ta’limni tashkil etishga qо‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy va amaliy bilimlarni о‘quvchi va talabalarga yetkazib berish, ularda raqs bо‘yicha kо‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, о‘quvchilarning sahnadagi faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egal- langan bilim, kо‘nikma va malakalar darajasini baholash о‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Hozirgi kunda badiiy xoreografik ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini о‘quv jarayonida qо‘llashga bо‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. “О‘zbek raqs” fani doirasida ham bir qator amaliy ishlar kuzatilmoqda. Dars mobaynida о‘zlashtirilayotgan biror-bir milliy raqsni videolavhalar orqali tomosha qilish va mazkur xatti – harakatlarning talabalar tomonidan о‘zlashtirilishi kabi interfaol uslublarni doimiy qо‘llash zarur. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda о‘quvchi, talaba faqat tayyor bilimlarni egallashga jalb etilgan bо‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini о‘zlari qidirib topishga, mustaqil о‘rganishga, tahlil qilishga, hatto, yakuniy xulosani ham о‘zi chiqarishga о‘rgatmoqda. “О‘zbek raqs” fani о‘qituvchisi esa bu jarayonda talabaning ijodkor sifatida rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratib beruvchi va, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchi, yо‘naltiruvchi shaxs sifatida auditoriyaga kirib kelmoqda, xolos. Shuning uchun xoreografiya ta’limida zamonaviy badiiy xoreografik ta’lim va о‘qitish metodlari, interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning о‘rni kuchayib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlab о‘tish kerakki, har qanday texnologiya badiiy xoreografik ta’limning yangi mazmunini shakllantiruvchi tamoyillarga asoslanadi va о‘quvchi shaxsini tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yо‘nalishlarda ijodiy kо‘nikmalarni hosil qilishga 223 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 2 № 6 (2021) / ISSN 2181-1415 qaratiladi. Badiiy xoreografik ta’lim jarayonining faol subyektlari о‘qituvchi va о‘quvchi yoki talaba bо‘lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (masalan, о‘zbek milliy raqslari) bо‘yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy, ijodiy va amaliy bilimlarni chuqur о‘zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi. О‘qituvchining faol, samarali faoliyat kо‘rsatishiga yо‘naltirilgan badiiy xoreografik ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, badiiy, ijodiy ta’limning pedagogik texnologiyasi о‘quvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va о‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda muayyan ijodiy asarni о‘zlashtirishga sharoit yaratadi. Masalan, biror milliy raqsni о‘zlashtirish davomida barcha tо‘plangan axborotlarni о‘quvchiga taqdim etadi. Sahnalashtirish jarayoniga nisbatan ijodiy yondashuv muayyan sohalarda islohot- larni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta’minlash, erishilgan yutuqlarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bо‘ladi. Badiiy asarni sahnalashtirish, masalan, biror raqsning yaratilishida zamonaviy, ilg‘or, yuksak texnologiyalarning tatbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan, ilm-fan hamda raqsshunoslikning sо‘nggi yutuqlariga tayanish, moliyaviy ta’minot va yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxassislarning mavjudligi bu boradagi yutuqlarni kafolatlaydi. “О‘zbek raqs” fanini olib borishda qо‘llaniladigan pedagogik texnologiya о‘quvchi- larning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyor- garligiga moslangan bо‘lishi lozim. Fanni olib borishda о‘quvchilarning bilim o
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной в статье, рассматривается, применение урок, передових педагогических технологий в просессе наука, хореографического образований.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной в статье, рассматривается, применение урок, передових педагогических технологий в просессе наука, хореографического образований. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, choreography, education, xoreografiya, урок, технология, хореография, natija, science, dars, method, образование, педагогика, technology, pedagogika, fan, pedagogy, ta’lim, результат, lesson, texnologiya, metod, result, метод, наука
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025