Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Духовно -просветительские реформы в сфере народного образования (на примере Наманганской области)
Lutfillo MAMASAIDOV
Общество и инновации · 3 · 19-25 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются вопросы повышения школа, познавательного потенциала учащихся средних среднее образование, общеобразовательных школ Наманганской области с духовность, первых лет независимости до 2005 года в системе реформа, детский спорт, народного образования, содержательной организации образование и воспитание, досуга и воспитания учащихся в духе патриотизма, этика-эстетика. освещены проводимые государством реформы в духовно- просветительской и спортивной сферах, изменения в материально-технической базе школ, работа по развитию детского спорта. 1. Dolzarbligi: O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya sohasini rivojlantirish, yoshlarimizni ajdodlari- mizga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolarimiz ongida shakllan- tirish, milliy o‘zlikni va urf-odatlarimiz hamda an’analarimizni yuksaltirish va ularni yanada takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, yurtimizda ingliz, nemis, fransuz, rus, arab, xitoy, koreys tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Isoqxon Ibrat maktabi, “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab- internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi hamda respubli- kamizda Xalq ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va malakali mutaxassislarni tayyor- lashga mo‘ljallangan yangi ko‘rinishdagi matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilgʻor taʼlim metodologiyalari asosida chuqur oʻqitiladigan Prezident maktablarining tashkil etilishi ham yurtimizning ta’lim sohasidagi rivojlanishiga yaqqol misoldir. 2. Metodlar va o‘rganilganlik darajasi: Maqolada ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid bo‘lgan tarixiylik, xolislik, davriy izchillik, qiyosiy, tanqidiy, mantiqiy va xronologik tahlil usullaridan foydalanilgan. Namangan viloyati xalq ta’limi sohasiga oid ilmiy adabiyotlar deyarli chop etilmagan. Lekin o‘z tadqiqotlarida Namangan viloyati xalq ta’limi sohasiga oid tadqiqotlar olib borgan olimlar jumlasiga Y. Qosimov Yu. Bozorov, Z. Haydarov, A. Isoqboev, V. Rajapov, B. Kamolov, R. Dadaboev, D. Nasriddinova, M. Abdullaeva va O‘. Asqarova, U. Mansurov va I. Alimov kabilarning asarlarini kiritish mumkin. Amalga oshirilgan ko‘plab tadqiqotlar natijasida shu fikrga guvoh bo‘lish mumkinki, tarixchi olimlar tomonidan Namangan viloyati xalq ta’limi tizimiga oid ma’lumotlar atroflicha yoritilmagan va muayyan davrga oid bo‘lgan. Biz mazkur maqolani tayyorlash jarayonida Namangan viloyati xalq ta’limi tizimiga oid ko‘plab arxiv hujjatlari va mustaqillik davri manbalarini tadqiq etdik va maktablarda ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni davriylikka asoslangan holda yoritishga erishdik. 20 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415 3. Tadqiqot natijalari: Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakl- lantirish zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga katta e’tibor qaratildi. Bu borada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ma’naviy dunyosini boyitish va o‘quvchilarni komil inson ruhida tarbiyalash maqsadida ko‘plab amaliy tadbirlar tashkil etilgan. Umuman olganda, o‘quvchilarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini yaxshilashning muhim omillaridan biri ularning ma’naviy va ma’rifiy jarayonlarini rivojlantirishdir. Shu asnoda o‘quv jarayonlari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘quvchilarga jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz hodisalarga qarshi milliy an’analar va qadriyatlarni o‘zida namoyon etuvchi turli davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminar va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilgan. Bunday tadbirlardan biri 1993-yilda o‘tkazilgan “Viloyatning eng yaxshi maktabi” ko‘rik-tanlovi hisoblanib, tanlov 1992-yilning 1-oktabridan 1993-yilning 1-yanvarigacha hudud bosqichi va shu yilning yanvar oyidan 25-mart kunigacha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgan. Tanlovda maktablarning moddiy-texnik bazasi, o‘quv va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanganligi, o‘quv xonalarining zamonaviy talablarga javob berishi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni egallashga oid sharoitlarning yaratilganligi, milliy hunarmadchilik elementlarida ta’lim va tarbiyani qo‘llash, maktab va Respublika hayotiga oid yangiliklar, o‘quvchilarning viloyat va Respublika fan olimpiadalaridagi ko‘rsatkichlariga e’tibor beriladi. Tanlovning 1993-yildagi bosqichida Kosonsoy tumani 28-maktabi birinchi, Uchqo‘rg‘on tumani 3-maktabi ikkinchi, Chust tumani 19-maktabi uchinchi o‘rinni egallagan. Tanlov barcha maktablarning moddiy-texnik holatini atroflicha o‘rganishda ulardagi kamchili
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются вопросы повышения школа, познавательного потенциала учащихся средних среднее образование, общеобразовательных школ Наманганской области с духовность, первых лет независи…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются вопросы повышения школа, познавательного потенциала учащихся средних среднее образование, общеобразовательных школ Наманганской области с духовность, первых лет независи… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- school, 2181-1415/© 2022 in Science LLC, bolalar sporti, islohot, ma’naviy-ma’rifiy, etiquette, education and upbringing, spirituality, детский спорт, этика-эстетика, ta’lim va tarbiya, maktab, Children's sports, odobnoma, o’rta ta’lim, реформа, школа, образование и воспитание, reform, среднее образование, secondary education, духовность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025