Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Борьба против бедности и нищеты: Его значение и пути его предотвращения
Khoshim KHIDIROV · Mahmatkobil OBILKOSIMOV · December -/© in Science LLC. (Jizzakh Polytechnic Institute) · Millennium Declaration (Jizzakh Polytechnic Institute) · Addis Ababa Action Plan (Jizzakh Polytechnic Institute)
Общество и инновации · 2 · 97-104 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается борьба с бедностью, пути и ООН, средства ее предотвращения. Анализируется практические население, способы и методы по искоренению бедности в мире, в бедные, частности в Республике Узбекистан, автором предложены обнищавшие, Европа, некоторые меры для предотвращения такой экономически СНГ, негативной ситуации. Декларация тысячелетия, Аддис-Абебский план действий, общественность, Узбекистан, пандемия, различные секторы и т.д. Har bir insonga kunlik zarur bo‘ladigan eng kam miqdordagi ta’minotning yetish- masligi zamonaviy dunyo davlatlari taraqqiyoti uchun boshqa xavflardan kam bo‘lmagan – kambag‘allik xavfini keltirib chiqarmoqda. Zero, buning zamirida shaxs, jamiyat va davlatning bugungi va ertangi kuni, barqaror taraqqiyotning asoslari mujassam. Shu bilan birga, kambag‘allikni bartaraf etish, buning uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish amalda mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichga o‘tishini ta’minlaydi. Ayni vaqtda, kambag‘allikka qarshi kurashish uzoq va murakkab jarayon bo‘lib,u institutsional va tizimli yondashuvni taqozo etadi. Bu omil bolaning o‘zgalardan ajralib qolishidagi eng katta sabablardandir. Ko‘zini ochib, ota-onasini og‘ir ahvolda va oilasini tanglik, siqilgan holda ko‘raverish uning odamoviligini, ko‘pchilikdan begona-lashuvini kuchaytiradi. U yaqinlari yoki qo‘shni bolalar, maktabdagi do‘stlari oldida o‘zining yetishmovchiligidan, doimiy g‘amgin holatidan ich-ichdan eziladi. O‘zini yashirgani joy topolmay yuradi yoki ,aksincha, “omadi” chopganlarga nisbatan g‘arazini ochiq namoyish qilish payida bo‘ladi. Agar oiladagi vaziyat shunday davom etaversa, bu holdagi bolaning ruhan yetuk bo‘lib ulg‘ayishini kutish, albatta, qiyin. Shubhasiz, u jamiyatga nafrat va g‘azab ko‘zi bilan qaraydi. Shu tariqa shakllangan fe’l-atvor oqibatida ezgu orzu-niyatlaridan umid uzib, yaxshi o‘y-xayollarini yomon g‘arazlarga almashtiradi. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzida 700 mln. dan ortiq odam qashshoqlikda kun kechiradi. Kambag‘allikning yuqori darajasi, asosan, turli nizolar mavjud bo‘lgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Kambag‘allik va qashshoqlikka qarshi kurashish BMT kun tartibidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. Bu borada tashkilot tomonidan bir qator muhim ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 1992-yilda BMT Bosh assambleyasining 47G‘196 rezolyutsiyasi asosida 17-oktyabr – Xalqaro qashshoqlikka barham berish kuni sifatida belgilangan. 98 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2021) / ISSN 2181-1415 Tegishli rezolyutsiyalar asosida 1997–2006-y., 2008–2017-y. va 2018–2027-y. BMTning qashshoqlikka qarshi kurashish o‘n yilliklari sifatida belgilandi. Kambag‘allik va qashshoqlikka qarshi kurashish tashkilotning Mingyillik deklarat- siyasi (2000-y.), Addis-Abeba Harakatlar dasturi (2015-y.) va 2030-yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish (2015-y.) kabi hujjatlarda o‘z aksini topgan. Shu bilan birga, Mingyillik rivojlanish maqsadlarining 1-bandida o‘ta qashshoqlikka qarshi kurash vazifasi belgilangan. Ushbu hujjatlarda, jumladan, har bir davlat milliy va global miqyosda kambag‘allikka qarshi kurashish sohasida zarur shart-sharoitlarni yaratish, gender tengligini ta’minlash, ijtimoiy himoya choralarini ko‘rish va boshqa qator masalalar bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan. Shu o‘rinda, kambag‘allikni aniqlash darajasi, uning o‘lchovlari xususida to‘xtalish joiz. Bu borada xalqaro tashkilotlar tomonidan tegishli yondashuv va mezonlar ishlab chiqilgan. Xususan, Jahon banki tomonidan kambag‘allikni aniqlashda mezon sifatida kunlik daromadi 1,9 AQSh dollarini tashkil qiladigan aholi toifalari kiritiladi. Bu kambag‘allik chizig‘i sifatida belgilangan. Kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa tashkiloti (EAPN) insonlarni kambag‘allikka olib keluvchi bir nechta muhim omillarni ko‘rsatadi. Jumladan, ishsizlik, ta’limning past darajasi, nogironlik, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati va h.z. Mutaxassislar fikricha, ushbu barcha holatlar kambag‘allikka qarshi kurashishda e’tiborga olinishi lozim. Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk- ning fikricha, Markaziy Osiyoda qashshoqlikning qisqarishi sohasida muayyan o‘sish kuzatilmoqda. Shu bilan birgalikda, xalqaro mutaxassis, ushbu jarayonda barqaror va inklyuziv o‘sishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar mintaqa davlatlarining ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi. Jahon iqtisodiyotiga o‘tish davrida bo‘lgan mamlakatlarda qashshoqlik darajasini qiyoslash uchun kambag‘allik chegarasi AQShda bir kishi uchun kuniga 2,15 AQSh dollarini tashkil etadi. Ya’ni chegarasi, oilaviy daromad oyiga har bir oila a’zosi uchun kamida 65 AQSh dollarini tashkil etadi. Qashshoqlik darajasi – aholi (uy xo‘jaliklari) umumiy kambag‘allik chegarasidan past bo‘lgan xarajatlar (daromad) darajasi, umumiy aholi (uy xo‘jaliklari)ga nisbatidir. Jamoatchilik fikrini o‘rganish so‘rovnomala
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается борьба с бедностью, пути и ООН, средства ее предотвращения.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается борьба с бедностью, пути и ООН, средства ее предотвращения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, Europe, kambag‘al, impoverished, Addis Ababa Action Plan, turli tarmoqlar, бедные, Millennium Declaration, BMT, Addis-Abeba Harakatlar dasturi, различные секторы, Uzbekistan, ООН, poor, O‘zbekiston, CIS, aholi, UN, СНГ, jamoatchilik, обнищавшие, Аддис-Абебский план действий, Yevropa, Mingyillik deklaratsiyasi, Декларация тысячелетия, pandemiya, общественность, population, Pandemic, public, various sectors, MDH, qashshoq, население, Узбекистан, пандемия, Европа
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025