Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Проблемы использования информационно-коммуникационных технологий для повышения эффективности дошкольного образования
Umida YOZIYEVA (to increase the effectiveness of preschool education) · Fazilat ABDIYEVA (to increase the effectiveness of preschool education)
Общество и инновации · 2 · 111-114 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассмотрена и проанализирована компьютер, актуальность, а также возможные проблемы компьютеризация, при использования современных информационно- информация, коммуникационных технологий в дошкольном образовании. связь, технологии, электронные средства массовой информации, дошкольное образование, образование, система. Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Kompyuter- lashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi [1] Farmoni, axborotlashtirishning milliy tizimini yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rnini kuchaytirish, jahon axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”[3]gi Qarorining qabul qilinishi ushbu sohaga bo‘lgan yuqori e’tibordan dalolat beradi. Bu islohotlarning davomi sifatida yosh avlodga zamonaviy pedagogik va axborot- kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy qilish, o‘quv jarayonida jahon sivilizatsiyasi yutuqlari va axborot resurslaridan keng foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”[2]da davlat tomoni- dan yoshlar bilan ishlash siyosatini takomillashtirish, intellektual rivojlangan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, xususan, boshlang‘ich ta’lim sifati va uni baholash mezonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, kompyuter texnologiyalarini chuqur o‘rganish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ta’lim sifatini yaxshilash, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holatda tashkil etishga hozirgi kunda astoydil e’tibor qaratilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga elektron vositalarni tatbiq etish, kompyuter imkoniyat-laridan foydalanish ishlari respublikamizning maktabgacha ta’lim muassasalarida sezilarli darajada omma- lashib bormoqda. Chunki mashg‘ulot jarayonida zamonaviy texnologiyalarning tatbiq etilishi bolalarning faol bilim olishini ta’minlaydi, ularning individual va intellektual salohiyatini rivojlantirishga imkon yaratadi. Buning uchun maktabgacha ta’lim tarbiya- chilari kompyuter bilan ishlashni uddalay olishi va o‘quv predmetlarini kompyuter yordamida bolaga yetkazib berish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi. ASOSIY QISM Maktabgacha ta’lim jarayonida ko‘rgazmali vositalarga asosiy e’tibor qaratiladi. Chunki o‘quv materiallarining tabiiy, jonli va ,eng muhimi, qiziqarli namoyish etilishi bolaning bilim olishini yengillashtiradi, o‘rganilgan bilimni uzoq muddat xotirada saqlab qolish va amaliyotda foydalanishga imkon yaratadi. 112 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2021) / ISSN 2181-1415 Elektron vositalardan unumli foydalanish mashg‘ulot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ya’ni mashg‘ulotlardagi barcha mavzularni to‘liqroq yoritish uchun bir qancha qoidalar, rasmlar, allomalarimiz siymolari, slaydlarga ega bo‘lish talab etiladi. Lekin maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining bu borada imkoniyatlari cheklangan. Bundan tashqari, har bir mashg‘ulot uchun o‘quv materiallari tayyorlash va ulardan foydalanish ko‘p mehnat va vaqtni talab etadi. Mashg‘ulotlarning zamonaviy axborot vositalari yordamida tashkil etilishi bolalarning qiziqishini oshiradi. Bunday intilish o‘qib- o‘rganayotgan bolalarni yetuk, intellektual salohiyatli bo‘lib yetishishini ta’minlaydi. Respublikamizning ko‘pgina maktabgacha ta’lim muassasalarida tajribali tarbiya- chilar tomonidan texnik vositalarni tatbiq etishi orqali mashg‘ulotning samaradorligini oshirishga erishayotganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Lekin zamonaviy axborot texnologiya- larining shiddat bilan rivojlanishi, texnik vositalarga talab va ehtiyojning ortib borishi bilan mazkur texnologik vositalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish sifat jihatidan ancha orqada qolmoqda. “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda”, – deb ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz [4]. Darhaqiqat, so‘nggi yillarda fan-texnikaning yanada rivojlanishi ta’sirida ta’lim tizimiga kompyuterlashgan texnologik vositalarni tatbiq etish, o‘quv fanlarini bevosita axborot-kommunikatsion texnologiyalari bilan bog‘lashga intilish tobora kuchayib bormoqda. Axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha olib borilayot- gan ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili ta’lim jarayonida bunday dasturiy vositalardan foyda- lanish masalasiga , asosan, jahon miqyosida yangi pedagogik texnologiyalarga o‘tish bilan bog
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассмотрена и проанализирована компьютер, актуальность, а также возможные проблемы компьютеризация, при использования современных информационно- информация, коммуникационных технологий…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассмотрена и проанализирована компьютер, актуальность, а также возможные проблемы компьютеризация, при использования современных информационно- информация, коммуникационных технологий… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- computer, kompyuter, computerization, education, information, дошкольное образование, elektron vosita, компьютер, tizim, образование, система, technology, communication, электронные средства массовой информации, информация, system, технологии, компьютеризация, kommunikatsiya, ta’lim, axborot, electronic media, texnologiya, maktabgacha, preschool education, связь, kompyuterlashtirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024