Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Содержание и проблемы обучения предмета «электрические сети и системы» в электронной образовательной среде
Mashalbek YULCHIEV
Общество и инновации · 2 · 64-70 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: Максимальная эффективность процесса подготовки Учебная среда, возможностей электронного обучения. вполне достижима. учитель, А именно, за счет непосредственно за счет согласованной ученик, разработки методик преподавания основных технологий образовательные программы, учебного процесса. предметы обучения, банкомат, современное образование. Ta’lim muhiti qandaydir ilgaridan belgilab berilgan, qanaqadir bir ma’noli narsa emas. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning uchrashuvi qayerda boshlansa, o‘sha yerdan ta’lim muhiti boshlanadi, qaysiki, ular birgalikdagi faoliyatning manbai sifatida alohida institutlarda, ta’lim dasturlari, ta’lim subyektlari orasida ta’lim jarayoni tashkil etilib, muhit loyihalanadi va quriladi. Bunday muhit ta’limni tashkil etish jarayonida subyekt (o‘qituvchi va talaba)larning birgalikdagi faoliyatining fazosi sifatida izohlanadi. V.I. Slobodchikov g‘oyasiga ko‘ra, qayerda ta’lim muhiti mavjud bo‘lsa, shu yerda uning mazmun-mohiyati, aloqalari va vositalari mavjud bo‘ladi [103]. Muhit o‘zining chegarasi va tarkibiga ega. V.I.Slabodchikov fikriga ko‘ra, “Muhit asosini nimalar tashkil etadi?”, “Uning qanday aloqalari mavjud?”, “Muhitning vositasi nima va nimalari bilan ajralib turadi?” kabi savollarga javob berishi kerak [1]. “Axborotlashgan ta’lim muhiti (ATM)-bu pedagogik tizim va uning ta’minoti birligi bo‘lib, moliyaviy, iqtisodiy, moddiy-texnik, me’yoriy va marketing boshqaruvining quyi tizimidir”, – deb ko‘rsatib o‘tiladi . Keyingi yillarda pedagogik adabiyotlarga “Axborotlashgan ta’lim fazosi”, “Axborot- lashgan ta’lim muhiti” kabi tushunchalar kirib kelmoqda. Bu atamalar informatika va pedagogikada turli jihatdan talqin qilinmoqda va ta’riflanmoqda. Biz ulardan bir nechtasini keltirib o‘tamiz: O.A. Ilchenko o‘z tadqiqotida: “Axborotlashgan ta’lim muhiti – ta’lim jarayoni subyekti inson bilan bog‘liq axborot, texnik va o‘quv metodik ta’minotlarning birgalikdagi tizimli tashkil etilishi”,- deb ta’riflaydi [2]. O.I. Sokolova fikriga ko‘ra: “Oliy ta’limning axborot muhiti –bu dasturiy, texnik, tashkiliy-metodik vositalar majmui yordamida ta’limiy, ilmiy aloqalarni, axborotlardan tezkor foydalanishni ta’minlaydigan, axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishni amalga oshiradigan faoliyatning bir sohasi”. J.N. Zayseva g‘oyalarida: “Axborotlashgan ta’lim muhiti (ATM)-ta’lim oluvchilarning haqiqiy bunyodkorligi, iste’dodini ochish uchun oldindan tayyorlangan axborot muhiti”, – ekanligi ko‘rsatilgan. Elektron ta’lim muhitiga, mutaxassislikka tayyorlash jarayonini axborot texno- logiyalariga asoslangan muhitni tashkil qilishning maksimal samarasiga mazkur jarayonning psixologik, texnik, texnologiya, axborot, huquqiy, metodik va boshqa tarkibiy qismlarini muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirish hisobigagina erishish mumkin. Aynan axborot texnologiyalari zamonaviy ta’lim rivojiga ko‘p jihatdan bevosita ta’sir ko‘rsata oladi. 65 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2021) / ISSN 2181-1415 O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“O‘zstandart”) agentligining 2017-yil 10-noyabrdagi № 05–896-sonli Qarorida “Elektron ta’lim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa ta’lim resurslariga yagona talablarga asosan elektron ta’lim muhitida foydalaniladigan, elektron o‘quv adabiyotlarga, elektron ta’lim resurslariga qo‘yiladigan talablar yoritib berilgan. Unga ko‘ra, elektron o‘quv adabiyotlarini yaratishda modullik, to‘liqlik, ko‘rgazmalilik, tarmoqlanish, boshqa- ruvchanlik, ko‘nikuvchanlik, kompyuterli qo‘llab-quvvatlash, yig‘iluvchanlik tamoyillari, shuningdek, didaktik, texnik, texnologik talablar yoritilib, tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilishi ko‘zda tutiladi [3]. Elektron ta’lim muhitini axborotlashgan ta’lim muhitining sinonimi sifatida foydalanuvchilarning ta’limiy manbalariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan, mutaxassislikka tayyorlash jarayonining shaxsiy kompyuterlar, telekommunikatsiya, metodik va tashkiliy muhiti sifatida ta’riflash mumkin [4]. Olib borilgan tadqiqotlardan elektron ta’lim muhiti quyidagilarni o‘z ichiga olishi aniqlandi (1-rasm) 1-rasm. Elektron ta’lim muhiti tarkibi. Shaxsiy kompyuterlar, ularning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari 1. Insonlar kompyuterlardan internet tarmog‘ida ishlashda, ta’lim olish jarayonida, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, korxona ishlarini avtomatlashtirishda, multimedia ilovalarini yaratishda va hokazolarda foydalanadilar. Shaxsiy kompyuter – bu foydalanuvchilarga qulay dasturiy ta’minot bilan jihoz- langan, shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan kichik o‘lchamli kompyuterdir. Shaxsiy kompyuter to‘plami tizimli blok, monitor, klaviatura va sichqoncha qurilmalaridan iborat bo‘ladi. Tizimli blok kompyuterning ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha komponentlarni o‘z ichiga oladi. Kompyuterda axborotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ish
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Максимальная эффективность процесса подготовки Учебная среда, возможностей электронного обучения.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Максимальная эффективность процесса подготовки Учебная среда, возможностей электронного обучения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Learning environment, ta’lim oluvchi, ta’lim subyektlari, предметы обучения, teacher, zamonaviy ta’lim, банкомат, ta’lim muhiti, ta’lim beruvchi, ученик, ATM, учитель, modern education, ta’lim dasturlari, современное образование, Учебная среда, educational programs, образовательные программы, student
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025