Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Особенности электронного обучения и его сравнительный анализ
Ilhom UMIROV · Yorkin HAMRAKULOV
Общество и инновации · 2 · 555-560 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассмотрены особенности электронного традиционное обучение, обучения в системе высшего образования, а также электронное обучение, преимущества технологии смешанного обучения в образовательные ресурсы, сочетании с дистанционным обучением. Приведена программная платформа, компетентность, технология смешанного обучения, которая является педагогическая важным передовым инструментом для повышения технология, профессионального уровня обучающихся. образовательные программы, обучение, образование, грамотность. Oliy ta’lim jarayoniga Blended Learning kabi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish an’anaviy o‘qitish tizimining muqobili sifatida xizmat qilishi zarur. Texnologik yondashuv orqali o‘quv mashg‘ulotida yuqori darajadagi natijaga erishish mumkin. Bugungi kunda o‘qitish tizimi ta’limga bo‘lgan an’anaviy qarashlarni zamon talabidan kelib chiqqan holda, yangi nazar bilan ko‘rib chiqishni va yangicha yondashuv ko‘nikmalarini egallash masalalarini talab etmoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida, innovatsiyalarni faol tatbiq qilish, ilm-fan va ishlab chiqarishni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishni taqozo etmoqda. Ta’lim – bu kelajagimiz demakdir. Ta’lim tizimiga yondashuvni qaytadan ko‘rib chiqib, an’anaviy o‘qitish modeliga yangi o‘qitish standartlarini kiritish zarur. Hozirgi kunda Blended Learning ta’lim texnologiyasini ikki parametr bo‘yicha tasniflash mumkin. Birinchisi darsni tashkil etilish modeli bo‘yicha, ikkinchisi esa an’anaviy va onlayn elementlarning o‘zaro nisbati bo‘yichadir. An’anaviy ta’limdagi mavjud to‘siqlarni bartaraf qilish hamda o‘qitish jarayonini maksimal darajada samarali rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni barpo etish maqsadida ta’lim jarayonining bosh bo‘g‘inlarini aniqlab, ularning kuchli va zaif tomonlarini belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qabul qilishdan avval an’anaviy va boshqa ta’lim texnologiyalarning jiddiy qiyosiy tahlilini ko‘rib chiqish lozimdir. Respublika OTMlari tizimida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish maqsadida O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-sonli qarori tashkil etilgan bo‘lib, bunda Bosh ilmiy metodik markaz, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari aynan xorijiy tajribalardan foydalangan holda faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi” ustuvor yo‘nalishlariga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan yangilash, xalkaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK–2909-son Qarori qabul qilingan. Unda ustuvor vazifalar sifatida quyidagilar belgilangan: – xar bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish; 556 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 – o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish; – o‘quv-pedagogik faoliyatga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish; – magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirishni xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda tashkil qilish vazifalari. Kasbiy kompetentlikni takomillashtirishda ilg‘or xorijiy tajribalar va zamonaviy yondoshuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining o‘qitish shakllari va uslublarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi Nizom”ga tegishli qo‘shimchalar kiritildi va Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Bugungi kunda malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslari tinglovchilariga (agar kursdan birinchi marta o‘ta olmagan bo‘lsalar) elektron ta’lim muhitida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali kasbiy kompetentsiyalarini takomillashtirishlari uchun keng sharoit yaratildi. Masofadan o‘qitish kurslarining dasturiy platformasi, o‘quv- metodik resurslarini yaratishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanildi. Masofaviy ta’lim bilan birgalikda Blended Learning ta’lim texnologiyasi kasbiy kompetentsiyalarini takomillashtirish uchun muhim ilg‘or xorijiy tajriba vositasi vazifasini o‘t
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассмотрены особенности электронного традиционное обучение, обучения в системе высшего образования, а также электронное обучение, преимущества технологии смешанного обучения в образоват…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассмотрены особенности электронного традиционное обучение, обучения в системе высшего образования, а также электронное обучение, преимущества технологии смешанного обучения в образоват… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp555-560, talim, education, ananaviy talim, o‘quv resurslari, competence, literacy, обучение, training, savodxonlik, электронное обучение, traditional learning, образование, educational resources, традиционное обучение, образовательные ресурсы, компетентность, программная платформа, elektron talim, software platform, dasturiy platforma, kompetensiya, tarbiya, pedagogik texnologiya, грамотность, e-learning, educational programs, pedagogical technology, образовательные программы, педагогическая технология, o‘quv dasturlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026