К содержанию
РецензированоRU2021

Использование компьютерных технологий при проектирование объекта дизайна

Nazokat AKHUNOVA

Общество и инновации · 2 · 463-470 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В этой статье обсуждаются различные аспекты 3D моделирование, использования программного обеспечения Autodesk при трехмерная графика, проектировании различных объектов дизайна. САПР, Анализируются возможности автоматизированных систем AutoCad, 3d Max, проектирования и программного обеспечения для визуализация. трехмерного моделирования и визуализации. Bugungi kunda kompyuterda modellashtirish va 3D-vizualizatsiya jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Biz uni deyarli har kuni uchratamiz: uch o‘lchamli grafikalar yordamida loyiha ishlari, eksteryer va interyer dizayni, reklamalar, kompyuter o‘yinlari, filmlar va multfilmlar... Ushbu ro‘yxat juda uzoq vaqt davom etishi mumkin. Hozirda arxitektura va qurilish, dizayn sohasini zamonaviy kompyuter model- lashtirish dasturlarida yaratilgan uch o‘lchovli sahnalar, interaktiv renderlar va animatsiyalar, realistik vizualizatsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Innovatsion texno- logiyalarga asoslangan kompyuter grafikasi dasturlari va texnik vositalarining yangi avlodi an’anaviy loyihalash, modellashtirish va taqdimotlar usullaridan kompyuter yordamida avtomatlashtirilgan loyihalash (ALT), 3d modellashtirish va skulpting, vizualizatsiya (render), informatsion modellashtirish (BIM) tizimlaridan foydalanishga keng imkoni- yatlar ochib berdi [1]. Dizayn obyektini kompyuterda loyihalash obyektning geometrik modelini, vizual grafik tasvir – ikki yoki uch o‘lchamli tasvir shaklida modellashtirishga asoslangan. Kompyuter grafikasi va kompyuter yordamida loyihalash (ALT) tizimlari har qanday zamonaviy dizayner kasbiy faoliyati uchun eng muhim va zarur tarkibiy komponent hisoblanadi. Yurtimizda ko‘plab oliy va o‘rta ta’lim muassasalari, shuningdek turli xil o‘quv markazlari loyiha ishlarini kompyuterda modellashtirish va vizualizatsiya dasturlari bo‘yicha o‘qitishni taklif qilmoqda. Kompyuter texnologiyalariga bunday qiziqishning sababi nimada? Ehtimol, ma’lumotni taqdim etishning aniqligi va tushunarliligida, uning fotorealizmida, shuningdek dizaynning istalgan bosqichida osongina tahrirlash imkoniyat- larining mavjudligidadir. Kompyuter yordamida avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari yordamida interyer va eksteryer ko‘rinishlari, jihozlar, kichik me’moriy shakllar, sanoat buyumlari, ya’ni atrofimizni o‘rab turgan barcha elementlarni va muhitni to‘liq hajmli uch o‘lchovli modellarda loyihalashtirish mumkin, va ular barcha kerakli ish hujjatlarini va chizmalarini olishga imkon beradi. Kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanmaydigan qurilish kompa- niyasi, arxitektura yoki dizayn kompaniyasini topish juda qiyin bo‘lib, interyer va eksteryer vizualizatsiyasi kompyuter grafikasi bozorining muhim segmentini egallab kelmoqda. Qurilish boshlanishidan oldin ham bo‘lajak uyni barcha detallari bilan ko‘rish- fotorealistik vizualizatsiya amalda soha standartiga aylandi. Kompyuter texnologiyalari yordamida loyihalash jarayoni ijodiy qidiruvni osonlashtirishi va sezilarli darajada g‘oyani amalda qanday ko‘rinishini modellashtirish orqali, uni tasavvur qilishga imkon beradi. Kompyuter texnologiyalaridan erkin foydalana 464 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 olish, dizaynerning tasavvurini yangi g‘oyalarni faol ravishda ishlab chiqarishga, shuningdek, murakkab jarayonlar va vaziyatlarni modellashtirishga imkon beradi [2-5]. Misol uchun, so‘nggi yillarda juda mashhur bo‘lgan yorug‘lik dizayni faqat uch o‘lchamli kompyuter simulyatsiyasi dasturlari yordamida ishonchli tarzda ifodalanishi mumkin. Quyida eng zamonaviy sohada talab yuqori bo‘lgan va dizaynerlar tomonidan tavsiya etilgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishamiz. Autodesk 3DS Max – Autodesk tomonidan ishlab chiqilgan 3D modellashtirish va animatsiyalarni yaratish va tahrirlash uchun professional dasturiy ta’minot tizimi. Dasturda dizaynerlar va arxitektorlar uchun eng zamonaviy uskunalar mavjud. Hozirgi vaqtda dastur o‘zining keng funksionalligi va vositalarning imkoniyatlari tufayli dizayn sohasida eng ommaboplaridan biri hisoblanadi.Shuning uchun dizayn bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan aksariyat ta’lim muassasalarida 3DS Max dasturi o‘quv dasturiga kiritilgan. “3D modellashtirish” – uch o‘lchamli obyekt modelini yaratish jarayonidir. “D” prefiksi inglizcha, “dimensional”- o‘lcham ma’nosini anglatadi. Uch o‘lchamli model- lashtirishning vazifasi kerakli obyektning vizual hajmli ko‘rinishini yaratishdan iborat. “Uch o‘lchamli grafika” – uch o‘lchovli fazoda hajmli obyektlarni modellashtirish orqali tasvir yoki video yaratish usullariga bag‘ishlangan kompyuter grafikasi bo‘limi. Uch o‘lchamli grafikalar yordamida muayyan obyektning aniq nusxasini yaratish va hali mavjud bo‘lmagan obyektning yangi, hatto real bo‘lmagan yechimlarini ishlab chiqish mumkin. Ilmiy va ishlab chiqarish sohalarida, masalan, dizayn ishlarini avtomatlashtirish, arxitektura vizualizatsiyasi tizimlarida ekran yoki bosma mahsulot ko‘rinishida tasvirla

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В этой статье обсуждаются различные аспекты 3D моделирование, использования программного обеспечения Autodesk при трехмерная графика, проектировании различных объектов дизайна.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В этой статье обсуждаются различные аспекты 3D моделирование, использования программного обеспечения Autodesk при трехмерная графика, проектировании различных объектов дизайна. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
3D modeling, three-dimensional graphics, AutoCad, CAD, visualization, визуализация, трехмерная графика, vizualizatsiya, 3D modellashtirish, uch o’lchamli grafika, САПР, 3d Max, 3D моделирование
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники