К содержанию
РецензированоRU2021

Развитие творческих качеств учащихся

Bakhtiyor SIDDIKOV · Erkin ABDULLAEV · November -/© in Science LLC. (Ferghana State University)

Общество и инновации · 2 · 353-360 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье раскрывается сущность творчества, термин творчество, творчество, социальные факторы, влияющие на развитие интеллект, творческих качеств, личностная активность, способы и умственные способности, формы формирования критического, творческого индивидуальные способности. мышления у учащихся, гибкость мышления, критерии творчества. 1 Dean of the Faculty of Pedagogy and Psychology, Ferghana State University. Ferghana, Uzbekistan. 2 II-master’s degree, Ferghana state University. Ferghana, Uzbekistan. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 Zamonaviy dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish oliy ta’lim muassasasi pedagogining muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi. Kreativlik ta’lim jarayonini tashkillashtirishni o‘zida mujassamlashtirib, kreativ ta’lim jarayonini qurish, ta’lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish, turli uslublar, bilim va ko‘nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Kreativlikning mohiyati - intellekt insonning aqliy salohiyati bo‘lsa, kreativlik ana shu aqliy salohiyatni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati hisoblanadi. Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. J. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi: – fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olish; – o‘ziga xoslik (originallik); – qiziquvchanlik; – farazlar yaratish qobiliyati; – xayol qila olish (fantaziya). [4. 230]. Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o‘qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni keng tatbiq etish imkoniyatlari yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish” kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o‘qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi [1]. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. “Kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. A.X. Maslou kreativlikni 2 turga bo‘ladi: iste’dodning kreativligi va shaxsning o‘z- o‘zini aktuallashtirish kreativligi. Shaxsning o‘z-o‘zini aktuallashtirish kreativligi shaxs bilan uzviy bog‘langanligi sababli biz unga kundalik hayotda va kasbiy faoliyatning ko‘p sohalarida duch kelishimiz mumkin. A.X. Maslou kreativlikda o‘z-o‘zini aktuallashtirishning ikki darajasini keltirib o‘tgan: birinchisi – “ixtiyorsiz kreativlik, bunda shaxs birdan aqliga kelish, ruhlanish, qiyin kechinmalarga ega bo‘ladi”, “ikkinchisi – ixtiyoriy, og‘ir mehnat bilan bog‘liq, uzluksiz ta’lim, kamolotga intiluvchanlik” . A.X. Maslou kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida ko‘radi, ya’ni barcha insonlardagi tug’ma qobiliyat, lekin hayoti davomida ma’lum ijtimoiy to‘siqlar natijasida yo‘qolib ketadi, deb hisoblaydi. T.A. Barisheva va Yu.A. Jigalovalar 354 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 pedagogikada kreativlikni tizimli (ko‘p bosqichli, ko‘p o‘lchamli) psixik (ruhiy) ta’lim sifatida talqin etib, unga faqatgina intellektual potensialni emas, balki motivatsiya, emotsiya, estetik rivojlanish darajasi mavjudligi, kommunikativ parametrlari, kompetentligi va hokazolarni ham kiritadi [3. 129]. Shuningdek, kreativlikning mezonlari Dj.P. Gilforda, E.P. Torrans tomonidan belgilangan: – ravonlik: ma’lum bir vaqt oralig‘ida ko‘plab fikrlarni ishlab chiqarish qobiliyati; – o‘ziga xosligi: aniq, taniqli, umume’tirof etilgan, oddiy yoki qat’iy belgilanganidan farq qiluvchi g‘ayrioddiy, nostandart g‘oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati; – sezuvchanlik: g‘ayrioddiy detallarga sezgirlik, qarama-qarshilik va turli xil noaniqliklar, tezda bir fikrdan ikkinchisiga o’tishga tayyorlik; – mo’tadillik: g‘ayritabiiy kontekstda ishlashga tayyor bo‘lish, ramziy, birlash- tiruvchi fikrlashga moyillik, o

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье раскрывается сущность творчества, термин творчество, творчество, социальные факторы, влияющие на развитие интеллект, творческих качеств, личностная активность, способы и умственные способности…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье раскрывается сущность творчества, термин творчество, творчество, социальные факторы, влияющие на развитие интеллект, творческих качеств, личностная активность, способы и умственные способности… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, individual qobiliyat, aqliy salohiyat, kreativlik, индивидуальные способности, умственные способности, creativity, individual abilities, интеллект, mental abilities, intellekt, творчество, intelligence
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники