Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Духовно-нравственное учение Абдуллы Авлони
Turgunoy EGAMBERDIEVA · Munira MANSUROVA · Abdullah Avloni. (Ferghana State University)
Общество и инновации · 2 · 73-78 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В этой статье рассматривается учение Абдулла Авлони, – поэт-просветитель, «отца» узбекской педагогики. Он один из первых в драматург, Узбекистане, удостоенный звания профессора. Видный журналист, деятель движения джадидизма. В статье изложены ученый, государственный и духовно-просветительские идеи, а также духовно- общественный деятель. нравственное учение Абдуллы Авлони. 1 Professor of Ferghana State University, Doctor of Pedagogical Sciences. Ferghana, Uzbekistan. 2 II stage master’s degree of Ferghana State University. Ferghana, Uzbekistan. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 XIX-asr oxiri va XX-asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy o‘qish va o‘qitish usuliga yangilik kiritib, yangi maktablar tashkil etgan. U o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish kabi muhim ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni bajarib, o‘zbek millati tarixida o‘chmas iz qoldirgan. O‘zbek pedagogikasining “otasi” va yurtimizda birinchilardan bo‘lib professor unvoniga sazovor bo‘lgan. Abdulla Avloniy merosini o‘rganish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Bu haqida Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 8-oktabr kuni “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyish imzolandi. Farmoyishda keltirilgan quyidagi so‘zlari o‘rinlidir: “Dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda mustabid tuzum tomonidan shafqatsiz qatag‘on qilingan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalarining, oddiy kasb egasi bo‘lgan minglab yurtdoshlarimizning nomlari va xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodimizni Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda”[1]. Shuningdek, mamlakatimizda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimining joriy etilayotganligi nihoyatda quvonarli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli Qarori [2] bu boradagi amaliy harakatlarning huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbuskorligida qator hamkor tashkilotlar ishtirokida shakllantirilgan mazkur “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” zamonaviy tarbiya tizimining dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan amaliy loyiha bo‘lib, uning maqsad va vazifalari bilan bog‘liq talablari ijrosida tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari: oila, ta’lim tizimi, mahalla, huquq-tartibot organlari vakillari birdek mas’uldirlar. Insoniyat ilk yaralgan davrlardan buyon uning ma’naviy-axloqiy kamoloti eng asosiy masala, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ijtimoiy zarurat sanaladi. Shu bois har qanday davrning buyuk siymolari, ma’rifat peshvolari, avvalo, ruhiy-ma’naviy tarbiya borasida qayg‘urganlar, komillikni targ‘ib etganlar. Ta’lim va tarbiyani uyg‘unlikda olib borish yuzasidan dolzarb tavsiyalarni ilgari surganlar. Bu, ayniqsa, XX-asr boshlarida keng taraqqiy etgan jadid ma’rifatparvarlari faoliyatida yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, XX-asr boshlarida Turkistonda keng yoyilgan jadidchilik harakati namoyandalari o‘z faoliyatlarida jamiyat ijtimoiy-ma’rifiy hayotiga turli mazmundagi yangi islohotlar, yangi qarashlarni targ‘ib qiladilar. Ular jamiyat inqirozining asosiy sababini savodsizlik, ilmsizlik, ma’rifatsizlikda ko‘rib, asosan, xalqni ilm-ma’rifatli qilish, diniy va dunyoviy bilimlarni teng o‘rganish, ta’lim-tarbiya tizimini yangilash va rivojlantirish yuzasidan jadal islohotlarni amalga oshiradilar. Jadidchilik harakatining maqsad va g‘oyalarini chuqur hamda ta’sirchan targ‘ib etishda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon singari adabiy siymolarning faoliyati nihoyatda yuqori bo‘lib, ular jadid adabiyotining yorqin siymolari, ma’rifatparvar shaxslar sifatida tarix sahifalaridan muqim o‘rin egallashgan. 74 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari bugungi kunda o‘zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi. “Yaxshi xulqlar” deb, u 31 fazilat, “Yomon xulqlar”da 20 illatga ta’rif beradi. O‘z mulohazalarini dalillash uchun Qur’on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa’diy, Mirzo Bedil singari mashhur mu
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В этой статье рассматривается учение Абдулла Авлони, – поэт-просветитель, «отца» узбекской педагогики.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В этой статье рассматривается учение Абдулла Авлони, – поэт-просветитель, «отца» узбекской педагогики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp73-78, shoir-pedagog, ученый, olim, state and public figure, poet-educator, scholar, jurnalist, dramaturg, драматург, поэт-просветитель, journalist, государственный и общественный деятель, davlat va jamoat arbobi, журналист, playwright
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025