Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Формирование мужества и патриотизма у учащейся молодежи посредством эпоса и народных былин
Alisher NARMANOV (Formation of courage and patriotism in schoolchildren by means) · New Uzbekistan. (Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region)
Общество и инновации · 2 · 6-10 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируется значение народного эпоса, фольклор, который являются неотеъмлимой частью устного народного образ Алпомыша, творчества и фольклора. в воспитании молодежи. И его метафорический образ, пропоганда среди молодежи, а также ее соответствие массовая культура, государственной политике. Калмак, закат, новый Узбекистан. O‘zbek xalq dostonlarida mardlik, vatanparvarlik mavzuiga, ayniqsa yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, umuman yoshlar tarbiyasiga shu darajada e’tibor berilganki, u epik darajasiga ko‘tarilgan va har bir an’anaviy dostondan mustahkam o‘rin egallagan. Shuning uchun ham xalq og‘zaki ijodidagi doston folьklorshunos olimlarning diqqatini alohida o‘ziga jalb etgan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarkibida eng ko‘p o‘rganilgan, katta munozaralarga sabab bo‘lgan, qolaversa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi merosini butun dunyoga ma’lum va mashhur qilgan janrdir. Bugungi globallashgan axborot asrida yoshlarni mard jasur va vatanparvar etib tarbiyalash har qachongidanda muhim masladir. Ayniqsa “Alpomish”, Go‘ro‘g‘li turkumidagi “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Malika Ayyor”, “Ravshan” kabi o‘nlab asarlar, “Kuntug‘mish”, “Rustamxon”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonlardagi qaxramonlarning misli ko‘rilmagan mardligi va jasurligini o‘rganish va o‘rgatish davr talabi bo‘lib qolaveradi. Qahramonlik dostonlaridan bo‘lgan “Alpomish”, dostoni chinakam xalq poeziya- sining, xalq og‘zaki poetik ijodining yorqin va mukammal namunasidir. Vatanparvarlik, xalqparvarlik, sof insoniy fazilatlar, pokiza muhabbat tuyg‘ulari birdek ehtiros bilan kuylanadigan bu doston xalqimizning qahraramonlik qo‘shig‘dir. “Alpomish” dunyo este- tik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik an’analarda og‘zaki ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni, o‘zi yaratilgan davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli an’anaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi ruhining ob’ektii holatini davrlararo ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh kengayib, goh torayib, ko‘plab variantlarda va xilma xil ko‘rinishlarda ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik voqealarining afsonalar qobig‘iga o‘ralgan o‘ziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida baholanadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ham bugun madaniyat va san’atning barcha tur va yo‘nalishlarini keng rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani nafaqat mamlakatimiz fuqarolari balki, xorijliklarning ham e’tirofiga sazovor bo‘layotganligini ko‘rishimiz mumkin. Birgina misol 2019-yilning 10–15-aprel kunlari Surhondaryo viloyatining Termiz shahrida o‘tkazilgan “Xalqaro Bahshichilik san’ati festivalining” tanta- nali ochilish marosimida so‘zlagan Prezidentimiz nutqiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak unda ham folьklor va xalq dostonchilik an’analariga, uning kecha va bugungi ahvoliga alohida 7 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 to‘xtalib o‘tildi. “Jahon madaniy merosining bu o‘lmas asarlari bizga insoniyatning nasl- nasabi, tarixiy ildizlari, oliyjanob ideallari bir ekanini, binobarin, turli millat va elat vakillarining kelajak sari intilishlari ham mushtarak ekanini anglatadi. Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madani- yatning bulog‘i bo‘lgan folьklor san’atiga e’tibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas. Holbuki, folklor san’ati, ta’bir joiz bo‘lsa, bu – insoniyatning bolalik qo‘shig‘idir. Mana shunday noyob va buyuk san’at bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga aylanib, ko‘p joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lib turgani – bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Ushbu go‘zal va betakror san’atning yo‘qolib ketishi san’at ahlini ko‘proq tashvishga soladi. Shu sababli tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir,” – deya takidlaydi Prezidentimiz. Dostonni tadqiq qilish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, xalq og‘zaki ijodidagi epik asarlarga xos xususiyatlardan biri – farzandning yetishmovchiligi oxir pirovardida xursandchilik bilan yakunlanishiga guvoh bo‘lamiz. Asarni yaratishdan nazarda tutilgan bosh maqsad farzand dunyoga kelganidan keyin boshlanadi. “Alpomish”da ham Boybo‘ri o‘g‘il va qiz ko‘rdi, Boysari qizli bo‘ldi. Ana shu yangilikdan so‘ng qahramonlik eposi o‘z zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy vazifani bajarishga kirishadi. Taniqli olimlar V.M.
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируется значение народного эпоса, фольклор, который являются неотеъмлимой частью устного народного образ Алпомыша, творчества и фольклора.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируется значение народного эпоса, фольклор, который являются неотеъмлимой частью устного народного образ Алпомыша, творчества и фольклора. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- folklore, образ Алпомыша, kalmok, закат, folklor, массовая культура, zakot, metaforik obraz, image of Alpomish, Yangi O'zbekiston, фольклор, qalmoq, метафорический образ, New Uzbekistan, Новый Узбекистан, Alpomish obrazi, Калмак, ommaviy madaniyat, mass culture, metaphorical image
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025