К содержанию
РецензированоRU2021

Содержание и современные подходы к развитию аксиологического отношения к духовно-образовательной деятельности будущих преподавателей

Gulnoza RAKHMATULLAEVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Andijan State university)

Общество и инновации · 345–265 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье обсуждается необходимость развития духовно-просветительская аксиологического подхода к духовно-просветительской деятельность, деятельности у будущих учителей, содержание и различные ценностная установка, подходы к трансляции ценностей через социальные и ученик, будущий учитель, гуманитарные науки в международной практике, а также государственный духовность у будущих учителей. развития образовательный аксиологического подхода к рифовой деятельности. стандарт, общественные науки, подход. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar va umumkasbiy fanlar mazmuniga ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning mazmuni, shakl va usullari singdirilgan. Ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali talabalarning intellektual madaniyati rivojlantiriladi, jamiyat haqida ilmiy-innovatsion fikrlash qobiliyatlari shakllantiriladi. Oliy ta’lim muas- sasalari Davlat ta’lim standartlariga asosan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishdan ko‘zlangan amaliy maqsad – talabalar olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishga o‘rgatish, ya’ni talabalarda kasbiy kompetensiyalar rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorgarlik ishlarini bir fan yoki fanlar majmuasiga bog‘liq ravishda amalga oshirib bo‘lmaydi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning ko‘p qirraliligi uning mazmuniga bir qator talablarni qo‘yadi. Bunday talablarning dastlabkisi bo‘lajak o‘qituvchining shaxsiy sifatlari hisoblanadi. Talabalarda kasbiy faoliyatga xos shaxsiy sifatlarning rivojlanishi – pedagogik ta’limning ilk kunlaridanoq boshlanadigan jarayon. Talabalar dastlab mutaxassislik fanlari orqali davlat va jamiyatning bo‘lajak o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablarini o‘rganib boradilar. Pedagoglik kasbi bo‘lajak o‘qituvchilarga shunday talab va vazifalarni qo‘yadiki, birinchi navbatda faoliyat ob’ekti bo‘lgan, oliy qadriyat hisoblangan o‘quvchi shaxsiga bo‘lgan munosabatda o‘z aksini topishi lozim. Buning uchun esa talabalarda chinakam insonparvarlik, inson tabiati haqida asosli bilimlar, ularning hayotga, ijtimoiy muhitga va borliqqa nisbatan pozitsiyalariga baho bera olish darajasida tajriba orttirishi fanlar, fanlararo va oliy ta’lim muassasidan tashqari egallanayotgan bilimlar, kuzatishlar, tajriba va xulosalar negizida shakllanadi. Ta’lim beruvchining shaxsiyati, kelib chiqishi, irqi, dini, mansubligiga qaramasdan Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya berishi, o‘quvchi shaxsini insoniyatning kelajagi sifatida hurmat qilishi ijtimoiy talab sifatida qaraladi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat o‘sib kelyotgan yoshlar hayotining tuzilishi, ko‘rinishi va kelgusi bosqichlarini rejalashtirishga ta’sir ko‘rsatadi, hayotiy strategiyalar belgilashda yordam beradi, “O‘zi anglab yetib, hayotini tashkil etishga”ga yordam beradi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchidan mas’uliyatlilikni talab etadi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat natijasi sifatida o‘quvchilarda komil inson sifatlarining shakllanib borishi hisoblansa, bo‘lajak o‘qituvchi faoliyatining ta’sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruxiy holati, kayfiyatiga 192 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415 bog‘liqdir. Muomala odobi o‘z tabiati, mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo‘ladi. Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma’naviy, umuminsoniy va milliy-axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda qatnashuvchilar o‘rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorgarlik – davlat va jamiyat talablariga mos keluvchi ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida izohlanadi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorgarlik aniq maqsadlar va rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi. Talabalarda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorgarlikning shakllanishi dastlab faoliyatga doir tasavvur, tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid professional bilim, malaka va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topishi hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etishning samaradorligi uchta omilga bog‘liq: talabaning faoliyat yuzasidan bilim va ko‘nikmalari, faoliyatning turli jarayonlarini tashkil qila olishi va faoliyat natijalarini baholay olishi. Talabalarda faoliyat yuzasidan bilimlar shakllanganligining amaliy natijasi sifatida ularda umuminsoniy, milliy darajadagi ma’naviy-madaniy hayotga oid me’yorlar, qoidalar va qadriyatlarning fikr-mulohaza, munosabatlarining doirasi kengayishida aks etadi. Talabalarning jamiyatdagi me’yorlar tizimiga rioya qilishi ularda qadriyatlarga nisba

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье обсуждается необходимость развития духовно-просветительская аксиологического подхода к духовно-просветительской деятельность, деятельности у будущих учителей, содержание и различные ценностная…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье обсуждается необходимость развития духовно-просветительская аксиологического подхода к духовно-просветительской деятельность, деятельности у будущих учителей, содержание и различные ценностная… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2021 in Science LLC, aksiologik munosabat, talaba, social sciences, духовно-просветительская деятельность, approach, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, государственный образовательный стандарт, axiological attitude, bo‘lajak o‘qituvchi, future teacher, yondashuv, подход, ученик, ijtimoiy-gumanitar fanlar, davlat ta’lim standarti, ценностная установка, общественные науки, spiritual-educational activity, будущий учитель, student, state educational standard
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники