Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Активизация познавательной деятельности учащихся с помощью нестандартных тестов с использованием iSpring Quiz Maker по обучению “Передачам”
Nozima GULOMOVA · October -/© in Science LLC. (Tashkent State Pedagogical University named after Nizami)
Общество и инновации · 89–93 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается одна из самых чертёж, трудоёмких тем по предмету «Черчение» «Передачи» с инновaция, использованием интерактивных методов. В статье метод, разработаны несколько видов тестов в программе «iSpring черчение, AutoCAD, QuizMaker» для проверки знаний учащихся. QuizMaker, форма, технология, тест, графическая грамотность. Innovatsion texnologik jarayonlar har qanday sohaga o‘z ta’sirini o‘tkazgani kabi ta’lim sohasida kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘qitishning sifatini oshirib, talabalarning fikrlash qobiliyatini kengaytirish, talabalarga mustaqil o‘zlashtirish faoliyatini kuchaytirish hozirgi zamonning dolzarb masalasiga aylanib bo‘ldi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Bugungi kunda darslarni zamonaviy pеdagogik va axborot kommunikatsion tеxno- logiyalar asosida o‘tkazishga katta e’tibor berilayotgan bir vaqtda, hozirgi kun o‘qituvchisi pedagogik texnologiyalar bilan birga axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalana olishi lozim. Ya’ni, pedagogik faoliyatda amaliy dasturiy vositalardan foydalanish, MS Office dasturlarida elektron o‘quv-metodik materiallarni yaratish usullari (Microsoft Word, Archi CaD, Autodesk 3dsMax, AutoCAD, iSpring QuizMaker, Excel, Power Point)ni har bir o‘qituvchi bilishi zarur bo‘lib qoldi. Ushbu dasturiy vositalardan chizma geometriya, chizmachilik fanlarini o‘qitishda ta’lim sifatining o‘shishiga yordam beradi. Chizmachilik fanining eng katta bo‘limlaridan biri “Mashinasozlik chizmachiligi” bo‘lib, u texnika va ishlab chiqarish sohasiga bag‘ishlangan bo‘lib uning rivojlanishi va taraqqiy etishi aynan shu fanning grafik ta’minotiga bog‘liq. Ma’lumki, mashinasozlik chizmachiligida mashina detallarining ishchi chizmalarini taxt qilish qoidalari, talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda turli buyum va moslamalarning takomillashtirilgan variantlarini loyihalash, konstruktorlik ishlari ham o‘rganiladi. Shu sababli talabalar fazodan tekis chizmaga yoki, aksincha, tekis chizmadan fazoga ko‘chishda, loyihalash ishlarini amalga oshirishda biroz qiynaladi. Ma’lumki, uzatmalardan texnikada keng foydalaniladi. Ularning turlari, foydalanish maqsadlari hamda har birining ishchi chizmalarini bajarish qoidalarini bilish talab etiladi. Bunda g‘ildiraklarning parametrik formulalarini bilish va uni amalda tatbiq qila olish lozim bo‘ladi. Shu maqsadda mashinasozlik chizmachiligining asosiy mavzularidan biri bo‘lgan uzatmalar mavzusi misolida ko‘rishimiz mumkin. Talabalar uzatmalar mavzusini o‘zlashtirishida, ularni loyihalashdagi qobiliyatlarini grafik savodxonligini ta’minlash, ta’limda sifat va samaradorlikka erishih uchun fanni o‘qitish jarayonida interfaol metodlar, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan unumli foydalanishi zarur. 9 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415 Tishli ilashmalarda aylanma harakat tishli g‘ildiraklar vositasida uzatiladi. Bu ilashma uzatish g‘ildirak tishlarining o‘zaro ilashishidan hosil bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklar aylanma harakatni yеtakchi valdan yеtaklanuvchi valga uzatishda ishlatiladi. Shuning uchun tishli g‘ildiraklardan biri yеtakchi, ikkinchisi yеtaklanuvchi hisoblanadi. Ikkalasi- ning tishlarini o‘lchamlari bir-biriga mos kelishi shart. Yetakchi va yеtaklanuvchi vallar bir xil aylanish soni, ya’ni bir xil tezlik bilan harakatlansa, u holda bu vallarga tishlarining soni teng bo‘lgan bir xil tishli g‘ildiraklar o‘rnatiladi. Agar yеtaklanuvchi val yеtakchi valga nisbatan sekinroq aylanishi kerak bo‘lsa, u vaqtda yеtaklanuvchi valga tishlarning soni ko‘proq bo‘lgan tishli g‘ildiraklar o‘rnatiladi yoki aksincha. Bu еrda tishlarining soni kam bo‘lgan g‘ildirak shesternya, tishlarining soni ko‘proq bo‘lgani tishli g‘ildirak deyiladi. Yetakchi va yеtaklanuvchi vallarning geometrik o‘qlari o‘zaro paralel bo‘lsa, u vaqtda aylanma harakat silindrik tishli g‘ildiraklar yordamida uzatiladi. Agar yеtakchi va yеtaklanuvchi vallarning geometrik o‘qlari o‘zaro kesishishsa (to‘g‘ri yoki o‘tmas burchak ostida), u holda harakat konussimon tishli g‘ildiraklar orqali uzatiladi. Mabodo vallarning geometrik o‘qlari o‘zaro ayqash (kesishmaydigan, chalmashuvchi) bo‘lsa, aylanma harakat vint (chervyak) va chervyak g‘ildiragi orqali uzatiladi. Bordi-yu shesternyaning aylanma harakatini ilgarilanma harakatga o‘zgartirish lozim bo‘lsa, u vaqtda mexanizmga reyka o‘rnatiladi. 1-chizma. Tishli g‘ildirak va shesternyalar tishlarning soni har xil bo‘lishiga qaramay, ularning modullari bir xil bo‘ladi. 10 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415 Tishli g‘idirakning tasnifi quyidagicha: – tishlarning profiliga binoan evolventasimon tishli, qavariq va botiq tishli (Novikov ilashmasi) va sikloidali tis
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается одна из самых чертёж, трудоёмких тем по предмету «Черчение» «Передачи» с инновaция, использованием интерактивных методов.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается одна из самых чертёж, трудоёмких тем по предмету «Черчение» «Передачи» с инновaция, использованием интерактивных методов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru), test, graphic literacy, innovation, shakl, технология, QuizMaker, method, черчение, графическая грамотность, grafik savodxonlik, technology, chizmachilik, чертёж, инновaция, engineering drawing, AutoCAD, form, chizma, uslub, innovatsiya, texnologiya, форма, drawing, метод, тест
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026