К содержанию
РецензированоRU2021

Выражение стилистического значения анафоры в поэтическом жанре на английском и узбекском языках

Mushtariy KURBОNOVA · October -/© in Science LLC. (National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek)

Общество и инновации · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассказывается о важности и особенностях анафора, искусства анафоры на английском и узбекском языках. эпифора, Анафора – это точное повторение слов или фраз в письменная речь, стихотворении или стихе, слова или фразы в начале устная речь, политическая речь, предложения, в начале другой строки. ударение, повторение, реклама. Hozirgi davrda adabiyotning har bir janri o‘zining durdona asarlari va namunalari bilan boyib bormoqda. Bu asarlarning yaratilishida har bir san’at turi yordam beradi. Har bir san’at turi o‘z vazifasiga ega. Ular bo‘yoqdorlikni oshirishga yordam beradi. Anafora san’atidan foydalanish yozuv ixtiro qilinishidan ancha avval og‘zaki nutqda mavjud bo‘lgan. Qabila va guruhlarni boshqarishda o‘z fikri va g‘oyasini samarali yetkazish uchun nutqlarida foydalanishgan. Yozuv ixtiro qilingandan keyin bu san’at notiqlik vositasi bo‘lib saqlanib qoldi va xatto takomillashtirildi. Tarixiy kitoblardan Gilgamesh dostonida anaforadan foydalanilgan. Hatto bugungi kunda Mario Benedettining she’rlarida ham uchratish mumkin. “menga ber kechki ovqat, menga ber ko‘rsatkichlar… menga ayting agar dengizdan o‘tish kerak bo‘lsa … menga ayting agar cho‘ldan o‘tish zarur bo‘lsa”. (Gilgamish” dostoni) Turli tillardagi barcha yozuvchi va shoirlar bu san’atdan o‘z asarlarida foydalanadi. Shuningdek, o‘zbek va ingliz tillarida ham bu san’atni uchratish mumkin. Dastavval o‘zbek adabiyotida anaforaning ahamiyati va ishlatilishi bilan tanishib chiqamiz. “Anafora” atamasi yunonchadan so‘zma-so‘z tarjima qilinganda, “Tarjima qilish”, “Ko‘tarilish” degan ma’noni beradi. Anafora (takror) – she’r yoki banddagi misra, gaplarning boshidagi soʻz yoki soʻz birikmasining boshqa misralar boshida aynan takrorlanib kelishi. Misol: Endi odam quldek sotilmas, Endi odam o‘tga otilmas, Endi unga qafas bo‘lmas jon, Endi dunyo bo‘lmaydi zindon. (Hamid Olimjon “Zaynab va Omon”) Anafora, har qanday uslubiy takrorlash singari, she’rni yanada ohangdor va ta’sirchan qiladi, matnning o‘ziga xos ilhomlantiruvchisi bo‘lib xizmat qiladi va shoirning o‘ziga xos ovozi bo‘lib, uning ruhiy va hissiy holatini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu san’at turi eng muhim tuyulgan fikrlarning semantik ta’kidlanishi uchun, sintaktik tuzilishi bilan farq qiladigan yaxlit butun tuzilmalarni birlashtirish uchun zarurdir. Bu nafaqat she’riyatda, balki nasrda ham – murakkab jumlalar, iboralar, paragraflar qismlarini takrorlashda uchraydi. Masalan: 9 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415 “Barcha xilma-xillik, go‘zallik va go‘zallikning barchasi soya va nurdan iborat”. (L. Tolstoy) “… qon yig‘ladi hattoki, ko‘lida g‘ozi. qon yig‘ladi el, elat, urug‘ va aymoq, qon yig‘ladi dala-tuz, sahro, qir va bog‘. qon yig‘ladi beshikda tilsiz norasta, qon yig‘ladi chol-kampir, dillari xasta. qon yig‘ladi bog‘da gul, qirda chechaklar, qon yig‘ladi nomus deb, qiz, kelinchaklar. qon yig‘ladi qo‘zi-qo‘y taqir o‘tloqda, qon yig‘ladi: – suv! suv! – deb dehqon qirg‘oqda”. (Shuhrat “Mardlik afsonasi”) Anaforani epifora bilan adashtirmaslik kerak. Ularning ishlatilishi o‘xshash bo‘lsa- da, takrorlanadigan so‘z yoki iboralarning o‘rnida farq qiladi. Agar oxirida bo‘lsa, epifora, boshida bo‘lsa, anafora deyiladi: “Men qalampirman, u qalampir, u qalampir, biz qalampirmiz, siz Pepper bo‘lishni xohlamaysizmi? Doktor Pepper”. (“Doctor Pepper” ichimliklar uchun reklama) Ritorikada anafora bir nechta so‘zlardan iborat bo‘lishi mumkin, unga mos ravishda tanlab olingan birlik butun she’r yoki nutq davomida takrorlanishi talab qilinadi, ammo tanlab olingan birinchi shakl atrofida diskursiv mantiq saqlanib qolinadi. Reklama sohasidagi kiyim-kechak, ichimliklar, o‘yinchoqlar, poyabzallar, xizmatlar va ko‘pchilikka taqdim etilishi mumkin bo‘lgan barcha taniqli brend egalari o‘z mahsulotlarini sotish uchun anafora imkoniyatlari yuqori ekanligini juda yaxshi bilishadi. Masalan, Coca-cola holatida ham xuddi shu nom bilan paronomaziya va anafora ishlatil- ganini kuzatishimiz mumkin. Ushbu ichimlik nomida ikkita so‘z bir-biriga bog‘liq bo‘lmasa ham, bu ichimlikni ko‘pgina qo‘shiq yoki reklamalar orqali ommaviy tarqalishidan tashqari, uni o‘rganishni yengillashtiradigan “o” va “a” unli tovushlarining ichki takror- lanishlari mavjud. Anafora nafaqat, mahsulot nomiga alohida urg‘u berishda, shuningdek, uni sotishda foydalaniladigan qo‘shiq va iboralarda ham taqdim etiladi. Masalan, “Corona Extra” pivosi; uning reklamasida anafora mavjud bo‘lgan paronomaziya: “Qo‘shimcha toj, uni ko‘rish – uni sevish”. Bundan shuni bilsak bo‘ladiki, reklama beruvchilar ko‘p sotilishi uchun o‘z mahsulotlarining reklamasida oddiy va takroriy so‘z bilan yaxshi natijaga erishiladi. Endi ingliz tilida bu san’atning ishlatilishi haqida to‘xtalsak, anafora - bu ketma -ket jumlalarda, iboralarda yoki gaplarning boshida so‘z yoki iborani takrorlash xususiyatiga ega bo‘lgan ritorik vosita. Anafora yozuvchilarga ma’noni yetkazish, ta

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассказывается о важности и особенностях анафора, искусства анафоры на английском и узбекском языках.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассказывается о важности и особенностях анафора, искусства анафоры на английском и узбекском языках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru), written speech, epiphora, письменная речь, устная речь, ударение, advertisement, повторение, emphasis, oral speech, epifora, yozma nutq, og`zaki nutq, political speech, политическая речь, ta`kid, anaphora, эпифора, реклама, reklama, анафора, takror, siyosiy nutq, anafora, repetition
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники