Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Методы развития образного мышления в процессе творческой деятельности
Vazira KELDIYAROVA
Общество и инновации · 50–54 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматриваются теоретические исследования и творческая деятельность, анализ классификации способов формирования творческих образное мышление, способностей и образного мышления через организацию эвристические методы. творческой деятельности с детьми дошкольного возраста. 1 Lecturer, department of Preschool Education, Karshi State University, Karshi, Uzbekistan. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415 Bolalar tafakkurini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish borasida doimo izlanishlar olib borilgan. Turli nazariyalar va turli metodikalar ishlab chiqilgan. Ushbu nazariyalarni bolalarning yosh davrlari xususiyatlari va tafakkur bosqichlariga xoslangan holda taqdim etish borasidagi tadqiqotlar esa kam uchraydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar obrazli tafakkurini shakllantirishda sahnalashtirsh faoliyatidan foydalanish va bu jarayonda bir qator metodlardan foydalanishning avfzallik jihatlari haqidagi ma’lumot- larga to‘xtalamiz [2-4]. Bolalar obrazli tafakkurini o‘stirshda ijodiy masala va topshiriqlar beriladi, va bu topshiriqlarni bajarishda turli usullardan foydlanish tushuntiriladi. Bunday ijodiy muammolarni hal qilish usullarini tabiiy va suniyga bo‘lish mumkin. Tabiiy usullarga tajriba-sinov va xulosalash kabilardan iborat. Ulardan foydalanish orqali bolalar yangi g‘oyalar va ularning amaliy sinovlari bilan tanishadilar. Ushbu texnologiya an’anaviy ravishda “ijodiy izlanish” deb nomlanadi. Vazifa qanchalik qiyin bo‘lsa, uni hal qilish uchun ko‘proq sinovlar talab qilinadi, bunda suniy usullarga murojaat qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Ijodiy muammolarni hal qilish- ning sun’iy usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi. ijodiy texnologiyalar; (evristik metodlar, analitik ijodiy usullar); g‘oyalarni shakllantirish usullari; ijodiy algoritmlar. Evristik metodlar – bu muammoni hal qilishga yordam beradigan ijodiy harakatlar va holatlarni tashkil etishga qaratilgan usullar majmuidir. Analitik ijodiy usullar – bu vazifani tuzish, uni tahlil qilish va ehtimoliy yechim topishga qaratilgan usullardir. Qisqa vaqt ichida ijodiy muammolarni hal qilish uchun ko‘plab variantlar va g‘oyalarni olish imkonini beradigan g‘oyalarni ishlab chiqarish usullari – bu qatiiy tuzilgan texnologiyalar (harakatlar tartibi, ko‘rsatmalar, evristik usullar va texnikalar, ijodiy muloqotni tashkil etish talablari kabilar) hisoblanadi [6-9]. Ijodiy algoritmlar – bu aniq tuzilgan texnologiyalar bo‘lib maxsus o‘quv tizimi, ma’lum bir tafakkurni shakllantirish, harakatlar tartibi, retseptlar, usullar va evristik texnikalar, muammolarni hal qilish standartlari, ijodiy muloqotni tashkil etish talablari kabilar kiradi. Bu usul muammoning aniqlanish sohasini qidiruv maydonini aniq belgilashga imkon beradi. Ijodiy faoliyatda muammoning echimini topishga qaratilgan usullar. Evristika – ijodiy jarayon qonunlari haqidagi fan, asosan, ongni ozod qilish va psixologik inersiyani yengish uchun ishlatiladi, bu ijodiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega [8]. Evristik uslublar. Inversiya texnikasi – bu muammoga boshqa, notanish tomondan qarash. G‘oyani qidirayotganda, ko‘pincha mantiq va aql-idrok bilan belgilanadigan an’anaviy qarashlardan farqli o‘laroq, muammoning yechimini qidirish yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgartirish orqali topish mumkin. Ko‘pincha, mantiqiy fikrlash usullari va protseduralari samarasiz bo‘lib chiqadigan vaziyatlarda, yechimning qarama-qarshi alternativasi maqbuldir. Analogiyani qabul qilish masalalarni yechishda mantiqni qo‘llash kerak, 4 xil analogiya ishlatiladi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlik ko‘rib chiqilayotgan muammo boshqa tarixiy, ijtimoiy, etnik, kasbiy sharoitda hal qilingan shunga o‘xshash muammo bilan solishtiriladi; 476 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415 shaxsiy o‘xshashlik yoki empatiya: muammoni hal qilayotgan odam o‘zini ijodiy vazifaning ob’ekti bilan tanishtirishga harakat qiladi; ramziy o‘xshashlik - maxsus atama (ijodiy vazifaning mazmuni) mohiyatini umumlashtirish, badiiy obraz orqali yetkazishga urinish. metafora, taqqoslash, ya’ni bir ob’ektning xususiyatlarini boshqasining xususiyatlari bilan aniqlashga harakat qilish; hayoliy o‘xshashlik: ijodiy muammoning echimi, o‘zicha, fantastik obyektlar yordamida, kim xohlasa, shunday ko‘rinadi. Bissotsiatsiya texnikasi: o‘xshash yoki shunga o‘xshash masalani hal qilish uchun ma’lum bo‘lgan ikkita mantiqiy dasturning kombinatsiyasi qo‘llaniladi, bu uning echimiga olib kelishi kerak. Bissotsiatsiya texnikasidan muvaffaqiyatli foydalanishga misol sifatida I. Gutenbergning matbaa ixtirosi keltirilgan: u uzumni presslash va tangalarni zarb qilish texnologiyasidan bisotsiatsiya qurdi. Natijada birlashgan yechim: harflar to‘plami va bu to‘plamni qog‘ozga bosish texnalogiyasi paydo bo‘ladi. Analitik ijodiy usullarning kelib chiqish tarixi turli davrlarda turli shaxslar tomo
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматриваются теоретические исследования и творческая деятельность, анализ классификации способов формирования творческих образное мышление, способностей и образного мышления через организац…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматриваются теоретические исследования и творческая деятельность, анализ классификации способов формирования творческих образное мышление, способностей и образного мышления через организац… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- creative activity, образное мышление, figurative thinking, obrazli tafakkur, evristik usullar, творческая деятельность, ijodiy faoliyat, эвристические методы, heuristic methods
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024