Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Психологическое исследование темперамента слабовидящих людей
Mohigul TOHIROVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Samarkand State University)
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье описывается теоретическое и темперамент, практическое изучение типов темперамента и энтраверсия, психологических аспектов людей с нарушениями зрения. экстраверсия, Теоретическая часть статьи раскрывает содержание эмоциональная устойчивость и понятия темперамента. В практической части статьи мы нестабильность, адаптировали метод Айзенка по изучению темперамента сангвиник, личности для людей с нарушениями зрения. В этой холерик, статье мы рассмотрели результаты нашего небольшого меланхолик, флегматик. исследования. Ko‘rishda nuqsoni bor go‘dak dunyoga kelishi bilan uni ruhiy to‘siqlar qarshi oladi. Jumladan, dastlab u onasining tovushini eshitadi ammo uni ko‘ra olmaydi, u otasi va boshqa yaqinlari bilan ham huddi shu holatni boshdan o‘tkazadi. To‘g‘ri go‘dak uchun bu fojiya emas, hatto u bu holatni yuzaki ham anglamas ehtimol, ammo uning ruhiy rivojlanishiga fan tili bilan aytganda psixologik taraqqiyotiga birinchi oqsalish qadami qo‘yiladi. U o‘zi sevgan o‘yinchoqni ushlaganida va uning rangini ko‘rmaganida, ana o‘sha o‘yinchog‘ini topaolmay qolganida o‘zining tengdoshi yoki aka-opasi topib berganida, ilk qadamlarini tashlagan go‘dak yurayotgan yo‘lini ko‘rmaganida va kutilmagan to‘siqqa uchrab qoqilganida, albatta u o‘z hayotida bu faqat boshlanishi ekanligini hali anglamagan, shu holatni anglaganida, tengdoshlari o‘ynayotgan quvlashmachoq va shu kabi boshqa bir qator harakatli o‘yinlarni o‘ynay olmaganida, o‘zi birga katta bo‘lgan tengdoshlari birgalikda maktabga borishayotganida u hatto ota-onasidan uzoqda maxsus maktab internatida o‘qishni boshlaganida bu jajji vujudning mitti yuragidan nimalar o‘tar ekan, ana shu mitti yurak qanday ruhiy zarba olar ekan. Endi shu holatni psixologik nuqtai- nazardan tahlil qilib ko‘raylikchi. Ko‘rishda nuqsoni bor shaxslar psixologiyasini o‘rganishda ularning temperament xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega deb hisobladik. Ko‘rishda nuqsoni bor shaxslar tempramentini o‘rganishda dastlab temperament o‘zi nima? U qanday vujudga keladi? Tempramentning qanday turlari mavjud? shu kabi savollarga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha “temperamentum” degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning ma’nosi “aralashma” degan tushunchani anglatadi. “Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda. Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokratning fikriga ko‘ra, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha “chole”), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas “qora”, chole “o‘t”), balg‘am (yunoncha “phlegma”) kabilardan iboratdir. Uning mulohazasiga ko‘ra: 280 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415 1. O‘tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a’zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir. 2. Qonning xususiyati – issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir. 3. Qora o‘tning xususiyati – namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir. 4. Balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir. Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir insonda shu to‘rt xil suyuqlik mavjud bo‘lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o‘t, sangvinikda qon, flegmatikda balg‘am, melanxolikda qora o‘t ustun bo‘lishi ta’kidlanadi. Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda”. Temperament va temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o‘z hissasini qo‘shgan olimlardan biri rus fiziologi I.P. Pavlov (1849–1936) hisoblanadi. I.P. Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. “I.P. Pavlov ta’limoti bo‘yicha, shartli reflekslar paydo bo‘lishining individual xususiyatlari ro‘yobga chiqishining sabablari nerv sistemasini xususiyatlari mohiyatidandir. Unga ko‘ra quyidagi 3 ta xususiyatni ajratib ko‘rsatadi: 1) qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi; 2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuc
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье описывается теоретическое и темперамент, практическое изучение типов темперамента и энтраверсия, психологических аспектов людей с нарушениями зрения.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье описывается теоретическое и темперамент, практическое изучение типов темперамента и энтраверсия, психологических аспектов людей с нарушениями зрения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2021 in Science LLC, entroversiya, темперамент, экстраверсия, сангвиник, флегматик, temperament, melonxolik, hissiy emotsional barqarorlik va beqarorlik, sanguine, entroversion, эмоциональная устойчивость и нестабильность, sangvinik, extroversion, choleric, xolerik, melancholic, энтраверсия, холерик, flegmatik, phlegmatic, emotional stability and instability, меланхолик, ekstroversiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026