Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Особенности речи у детей с речевыми проблемами
Shoxista MAMAJONOVA · Noxida DJUXANOVA
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В статье описаны эффективные способы работы с речь, лицевыми и мимическими праксисами у детей с субтест, нарушениями речевого развития в дошкольном возрасте с лицевой использованием психологических субтестов. праксис, дошкольники. Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida amalga oshiri-layotgan tub islohоtlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblangan ta’limni 1 Lecturer, Ferghana State University. Ferghana, Uzbekistan. 2 Lecturer, Ferghana State University. Ferghana, Uzbekistan. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 6 (2021) / ISSN 2181-1415 yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan barkamol inson etib tarbiyalashdek muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirish Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7- avgustda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risida Qonun (O‘RQ–637, 23.09.2020) ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, sifatli kadrlar tayyorlash, ta’limning jahon standartlariga tenglashtirishda oldinga qo‘yilgan yana bir qadamdir [1]. Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish shaxsni o‘qitish va tarbiyalashga oid eng yaxshi an’analarni saqlab qolgan va boyitgan holda majmuaviy xarakter kasb etib, ta’lim tizimining barcha sohalarini to‘la qamrab oladi va jamiyatda qaror topgan malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 55-moddasida,davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ta’lim oluvchilarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi. Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida bo‘ladi. 56-modda. timoiy reabilitat-siyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish va tarbiyalash uchun ixtisos-lashtirilgan ta’lim muassasalarni tashkil etilishini e’tirof qilinishi ham muhim ahamiyatga molikdir. Tadqiqotimiz davomi sifatida nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqiy qobiliyatlarini yaxshilash maqsadida ular bilan artikulyatsion apparat harakatchanligini markaziy nerv tizimi bilan bog‘liq jihatlarini (oral va yuz praksislari ) tekshirish mashqlarini o‘tkazishga qaror qildik. Bu tekshiruvni o‘tkazishda 28 ta subtestdan iborat “Cheburashka” metodikasidagi oral va yuz praksislarni aniqlash subtestidan foydalandik. Ushbu metodikada 8 ta artikulyatsion apparatning nechog‘lik harakatchanligini aniqlashga qaratilgan mashqdan tashkil topgan. Bu shaqlarni maktabgacha yosh davridagi bolalarda guruhiy va yakka tartibda o‘tkazish mumkin. Mashqlar 4 xafta davomida 4 bosqichda amalga oshirildi. Quyidagi jadvalda maktabgacha ta’lim muassasasidagi 10 nafar nutqida nuqsoni aniqlangan bolalar bilan olib borilgan mashqlarning natijalari ko‘rsatilgan. Jadvalda ko‘rinib turganidek metodikaning natijalari 1-bosqichda bir oz past natijani qayd etgan bo‘lsa ikkinchi va uchunchi bosqichda asta sekin natijalar ko‘tarilib, ijobiy natijalar nisbatan ortishi kuzatildi. Ushbu mashqlarni birinchi bosqichda bajarishda bolalar psixolog va tarbiyachining ko‘magida ularning tushuntirishi va undashlari bilan bajardilar. Ularning orasida birinchi bosqichda mashqalarni bajarishdan bosh tortuv-chilari ham uchradi. Bunday paytda tarbiyachining ko‘magidan foydalanildi [2]. Ikkinchi bosqichda bolalar birmuncha faollashdi. Mashqlarni bajarishda ham bu o‘zining ijobiy natijasini berdi. Ikkinchi va uchunchi bosqichda mashqni bajarishdan bosh tortuvchi bolalar uchramadi. Shunday bo‘lsa ham bolajonlar psixologning ko‘rsatmalari asosida mashqlarni bajarishdi. To‘rtinchi bosqichda esa bolajonlar mashqlarni bajarishga bajonidil kirishdilar. Psixolog esa asosan mashqlarni bajarishni nazorat qilib turdi. Metodikamizning birinchi “Qoshlarni yuqoriga ko‘tarib ,og‘izni katta ochib hayratlanish” mashqi birinchi bosqichda 6 nafar bola 1 ball, 3 nafar bola 2 ball, 1 nafar bola 3 ballni qo‘lga kiritgan 206 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 6 (2021) / ISSN 2181-1415 bo‘lsa, to‘rtinchi bosqichda esa 2 nafar bola 1 ball, 3 nafar bola 3 ball, 3 nafar bola 3 ball, 2 nafar bola esa 4 ballni qo‘lga kiritishdi. 20 % ijobiy natijaga erishildi. NUTQIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье описаны эффективные способы работы с речь, лицевыми и мимическими праксисами у детей с субтест, нарушениями речевого развития в дошкольном возрасте с лицевой использованием психологических суб…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье описаны эффективные способы работы с речь, лицевыми и мимическими праксисами у детей с субтест, нарушениями речевого развития в дошкольном возрасте с лицевой использованием психологических суб… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech, речь, subtest, facial praxis, maktabgacha yoshdagi bolalar, yuz praksisi, preschoolers, лицевой праксис, Nutq, дошкольники, субтест
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026