Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
О воспитании детей
Gulmira ABSALAMOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Samarkand Branch of Tashkent State Agrarian University)
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: Мишель Эйкем де Монтень – мыслитель и философ способности, XVI века. Работа Мишеля де Монтена, опубликованная умение, с 1580 по 1588 год, – «Эксперименты», основанная воспитание детей, на жизненном опыте пятидесятилетнего мужчины, человечек, мальчик, детство, вернувшегося из долгого путешествия по Европе. привычки, мысли, Ниже вы можете увидеть, насколько актуальна глава 26 законы, воспитатель, «О воспитании детей» первой книга философа, которая учитель, ученик, была переведена с оригинала на узбекский язык. психика, интеллект, знания, воспитание детей, обучение, психика ребенка. Tajribalar Birinchi kitob XXVI bob Gurson grafinyasi Diana de Fua xonimga bagishlanadi. Men o‘g‘linining isqirt yoki bukriligini tan olgan otani hech qachon ko‘rmaganman. Ammo, bu otalik mehridan mastligi tufayli emas, gap aynan uning o‘g‘li haqida borayotgani sabablidir. Men esa boshqalardan yaxshiroq ko‘rib turganim shuki, bu yozuvlar fanlarning bor-yo‘g‘i bir chetidan bolaligida ozgina ta’tib ko‘rgan va ulardan umumiy va xira tasavvurnigina saqlab qolgan kishining mulohazalaridir: har sohadan bir shingil, bundan ortiq emas, xullas, fransuzlarga xos holat. Chunki, umuman olganda, qandaydir Tibbiyot, Huquqshunoslik, Matematikaning to‘rt qismi va qo‘pol qilib aytganda, ularning o‘z maqsadlari borligini bilaman. (c) Balki, fanlarning bizning hayotimizga qiladigan xizmatini ham, umuman olganda, bilarman. Ammo, bu sohada chuqurlashish, tirnog‘imni g‘ajigancha hozirgi zamon doktrinasining qiroli bo‘lmish Arastuni o‘rganish, biror fanga berilish singari hayollar menda hech qachon bo‘lmagan; (c) men boshlang‘ich asoslarini aytib berishim mumkin bo‘lgan birorta maktab darsligi yo‘q. O‘rta sinflardagi har qanaday o‘quvchi o‘zini mendan ko‘ra bilimliroqman, deb aytishga haqli, chunki, men uni o‘tilgan darslaridan imtihon qilib ko‘rishga imkonim yo‘qmi har holda, bu shu darsning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan bo‘lar edi.Mabodo, meni shunga majbur qilishsa, men u darslardan eng umumiy joylaridan olib, bolanining aqliy qobiliyatini imtihon qilib ko‘rgan bo‘lardim, menga uning fani qancha notanish bo‘lsa, mening imtihonim ham uning uchun shuncha notanish bo‘lar edi. Agar Plutarx bilan Senekani hisobga olmasak, boshqa birorta arzirli kitobni bilmayman, men ularning kitoblaridan, Danaidlar kabi, o‘zimga ma’lumotlar olib, ularni yana qaytarib to‘kaman. Ayrim ma’lumotlar shu kitobimga ham kirgan; o‘zimda esa juda kam narsa qolgan, qariyb hech narsa qolmagan desam ham bo‘ladi. Tarix fani menga ko‘proq foyda bergan, shuningdek, she’riyat ham, unga alohida moyilligim bor. Chunki, Kleanf aytganidek, karnayning tor bo‘g‘zida qisilgan ovoz u yerdan kuchli va portlab chiqadi, menimcha, bizning she’riyatning har xil o‘lchamlari bilan cheklangan fikrlarimiz ham tashqariga bo‘rondek intiladi hamda meni kuchliroq larzaga soladi. Mening tabiiy qobiliyatlarimga kelsak, darvoqe, shu yozganlarim ham ularning bir namunasi, ular shu vazifaning yuki ostida naqadar qiynalayotganini sezib turaman. Mening aqlim va fikrim, qoqilib, surinib, yo‘lini paypaslab ilgarilaydi, yo‘limni boshqa davom 391 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 etdirolmaydigan joygacha borganimda esa, o‘zimdan qoniqmayman; men hamisha oldinda noma’lum kengliklarni ko‘raman, lekin, xira, tuman ortidagidek, bu tumanni tarqatib yuborishga esa kuchim yetmaydi. Qachonki, men xayolimga kelgan narsalar haqida o‘zimning tabiiy qobiliyatlarimdan kelib chiqib gapirar ekanman, yaxshi yozuvchilardan birida o‘zim shug‘ullangan fikrlarni ko‘rib qolsam, xuddi yaqinda Plutarxning tasavvur kuchi haqidagi nutqini o‘qiganimda bo‘lganidek, o‘zimni shu insonlarga nisbatan shu qadar kuchsiz, past, sustkash his qilaman va o‘zimga achinib, o‘zimni yomon ko‘rib ketaman. Ayni paytda o‘zimni maqtab ham qo‘yaman, negaki, mening fikrlarim shunday insonlarning fikri bilan mos kelayotgani bilan, chunki, bu narsa mening fikrlarimni to‘g‘riligini ozgina bo‘lsada tasdiqlaydi. (c) Ayni paytda e’tirof etamanki, hamma ham ular bilan mening o‘rtamdagi keskin farqni anglay olmaydi. Qolaversa, mening zaif va arzimas kashfiyotlarimni uyoq-buyog‘ini tuzatmasdan oshkor etib bo‘lmaydi, har holda bu qiyoslashlar shuni menga ko‘rsatib qo‘ydi (yo‘qsa, men ham ayrim surbet yozuvchilar singari, allaqanday maxluqni yaratib qo‘ygan bo‘lar edim). (c) Bunday insonlar bilan teng bo‘lish uchun odamning beli baquvvat bo‘lishi kerak. (a) Asrimizning beor yozuvchilari qadimgi yozuvchilarning ijodidan katta parchalarni o‘z asarlariga qo‘shib yuboradilar, ular bu ishini o‘zlariga obro‘ olish uchun qilsalarda, aslida, buning teskarisiga erishadilar. Chunki, bu adoqsiz nomutanosibliklar ularning qiyofasini shunday rangsiz, xira va xunuk qilib ko‘rsatadiki, ular bundan yutishdan ko‘ra, ko‘proq yutqazadilar. Bular bir biriga zid ikki xil fikrlar edi. Faylasuf Xrisipp o‘z kitoblariga nafaqat parchalar, balki, boshqa mualliflarning butun boshli asarlarini qo‘shib yuborar edi,
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Мишель Эйкем де Монтень – мыслитель и философ способности, XVI века.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Мишель Эйкем де Монтень – мыслитель и философ способности, XVI века. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2021 in Science LLC, intellect, Ability, qonunlar, mashg`ulot, fikrlar, интеллект, laws, educator, воспитание детей, законы, teacher, knowledge, обучение, bolalik payti, Способности, parenting, o`g`il farzand, training, Qobiliyat, человечек, odatlar, мысли, childhood, mahorat, jajji inson, psyche, мальчик, bilimdonlik, thoughts, habits, little man, ruhiyat, o`quvchi, детство, ученик, boy, o'qituvchi, bolalar tarbiyasi, aql, upbringing of children, привычки, tarbiyachi, учитель, bolalarni tarbiyalash, воспитатель, психика ребенка, психика, знания, skill, умение, the soul of the child, student, bolaning ruhi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026