Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Использование поэтического образа «бессвязность» в узбекском художественном тексте
Gulmira ZULAYPOYEVA
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается бессвязная (асиндетон) синтаксическая поэтическая фигура синтаксической стилистики. стилистика, поэтическая фигура, индивидуальный стиль, бессвязность (асиндетон), многосвязность (полисендитон). O‘zbek tilshunosligida sintaksisning stilistik imkoniyatlari boshqa lingvistik kategoriyalarga qaraganda bir qadar kengdir. Bu fikrni biz voqea hodisa tezlikda tinglovchiga yetib borishida va turli-tuman ma’no nozikliklarini qo‘llashda uslubiy farqlanishni keltirib chiqarishida ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, har bir lingvistik vosita badiiy nutqda nominativ vazifa bajarish bilan birgalikda uslubiy vosita ham bo‘la olishi mumkin. Poetik figuralar jonli til tabiatidan kelib chiqadigan nutqiy hodisalar bo‘lib, badiiy nutqda muayyan uslubiy maqsadni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Chunki badiiy asarda til birliklari muallif tomonidan kommunikativ ta’sir maqsadida tanlab olinadi va shu jarayonda adibning individual faoliyati namoyon bo‘ladi. Ijod ahli azal-azaldan badiiy asar yozishda ma’lum bir “bezovchi vositalar”dan o‘z ixtiyori bilan foydalanishi mumkin yoki aksincha, bunday vositalar asar yozish davomida dunyoga kelishi ham kuzatiladi. Birinchi holatda asarda badiiylik kuchli bo‘lishiga erishiladi. Ikkinchi holatda esa, bizga avvallari noma’lum bo‘lgan yangi-yangi badiiy ifoda vositalar dunyoga keladi. Shu jumladan, poetik figuralar ham. Ularni lingvistik jihatdan o‘rganish orqali, badiiy asarlardan olingan misollarni tahlil qilish jarayonida ijodkorga ijobiy, “qalami o‘tkir” deb baho berish, asarining umrboqiyligini ta’minlovchi badiiy tasvir vositalari, ya’ni troplar va poetik figuralarni aniqlash mumkin bo‘ladi. Poetik figuralar badiiy matnning shakllanishida va yaratilgan badiiy asarning “uzoq umr ko‘rishida” muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy tilshunoslikda tilni lingvokulturologik jihatdan tadqiq etishga asosiy diqqat qaratilayotgan bir davrda, ushbu figuralarni kengroq o‘rganish muhim jarayon hisoblanadi. “Stilistik figuralar nutqni ta’sirli va jozibali qilish bilan birga, fikrni tinglovchiga tez va oson yetkazish imkoniyatini tug‘diradi. Ular yordamida hosil qilingan nutq shakllari jarangdorlikka moyil bo‘ladi, shuninguchun ham ularni musiqiy-logik urg‘uli nutq deb atash ham mumkin”.Ana shunday poetik figuralardan biri asindetondir. Asindeton (yun. asyndeton – bog‘lanmagan) – bog‘lovchisiz bog‘lanish. Badiiy uslubda emotsionallikni yuzaga keltiruvchi vositalardan biridir. Bog‘lovchilarning yordamisiz hosil qilingan nutqning bu shaklida uyushgan bo‘laklar alohida qat’iyat, keskinlik va jangovarlik bilan talaffuz qilinadi. So‘zlovchi ba’zan nutqqa shoshilinch tus beradi. Unda bog‘lovchilarni ataylab tushurib qoldiradi. Gap bo‘laklari orasidagi aloqa intonatsiya yordamida ifodalanadi. Bog‘lovchisizlik nutqqa tezkor ruh bag‘ishlaydi. Sanash ohangida berilgan gaplarda bog‘lovchilarning tushirib qoldirilishi vaziyatning shiddatli almashinuvini yoki umumiy holat ichidagi alohida holatlardan olingan taassurotlarning kuchliligini ifodalash uchun xizmat qiladi. 235 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 Asindeton (bog‘lovchisizlik) poetik figurasi uning aksi polisenditon (ko‘pbog‘lov- chilik) ham antiteza yoki ritorik so‘roq singari ko‘pchilik ijodkorlar asarlarida uchrayvermaydi. Har bir ijodkorning o‘z uslubi mavjud. Ko‘pincha ushbu poetik-sintaktik figuradan foydalanuvchi ijodkorlar fikrlari quyilib kelayotgan vaqtda yoki qahramonlar ruhiyatida ro‘y berayotgan keskinlikni ifodalamoqchi bo‘lganlarida yoxud asari orqali nima demoqchi bo‘lgani, asarning mag‘zini kitobxonga anglatmoqchi bo‘lganida foydalanadilar. Aytganlarimni qisqacha xulosalasam, men shunday jamiyat tarafdorimanki, u nima deb atalishidan qat’iy nazar, unda yashayotgan har bir kishi o‘zini, avvalo, Inson o‘laroq his qilsa, manfaatlari har jihatdan himoya etilsa, tug‘ilish musibat emas, saodat bo‘lsa, hayot tirikchilik qilishdangina iborat bo‘lmay, bir ne’matga aylansa, nihoyat, ikkinchi tomondan, o‘sha ruhiy muvozanat – ko‘ngil xotirjamligi bo‘lsa!.. (U. Hamdam. “Muvozanat”. 151-bet) U. Hamdamning “Muvozanat” romanidan olingan ushbu parchada roman g‘oyasi yoritilgan deb bemalol ayta olamiz. Yozuvchi o‘zi aytmoqchi bo‘lgan, anchadan beri tinchlik bermayotgan, quyundek bostirib kelayotgan fikr-mulohazalarini, maqsadlarini bog‘lovchisizlik figurasidan foydalanib bayon etadi. Bunday holatda ham fikriy ifoda katta kuchga ega bo‘lishi, ham emotsionallik yuzaga chiqishi kuzatiladi. Ushbu parchada bir necha ergash gaplar uyushib kelganini ko‘rishimiz mumkin: “Aytganlarimni qisqacha xulosalasam”, “ unda yashayotgan har bir kishi o‘zini, avvalo, Inson o‘laroq his qilsa”, “manfaatlari har jihatdan himoya etilsa”, “tug‘ilish musibat emas, saodat bo‘lsa”, “hayot tirikchilik qilishdangina iborat bo‘lmay, bir ne’matga aylansa”, “o‘sha ruhiy muvozanat – ko‘ngil xotirjamligi bo‘lsa!..”, ya’ni “men shunday jamiyat tarafdorimanki” deganda yozuvchi go‘yalari
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается бессвязная (асиндетон) синтаксическая поэтическая фигура синтаксической стилистики.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается бессвязная (асиндетон) синтаксическая поэтическая фигура синтаксической стилистики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- syntax stylistics, incoherence (asindeton), bog’lovchisizlik (asindeton), poetic figure, бессвязность, индивидуальный стиль, individual uslub, ko’pbog’lovchilik (polisenditon), поэтическая фигура, синтаксическая стилистика, individual style, многосвязность (полисендитон), poetik figura, polyhedrality (polysyndeton), sintaksis stilistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014