Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LAND OWNERSHIP RELATIONS BASED ON THE NATIONAL ECONOMY OF KARAKALPAK
Boltayev Oxun Obid o’g’li · Durdiqulov Asqarjon Azizovich
International Journal Of Literature And Languages · 03 · 2017
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi va sanoat sektorlarining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni hamda diversifikatsiya jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligining milliy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, ish bilan ta'minlashdagi hissasi va klaster tizimi kabi innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Kalit so’zlar: O‘zbekiston iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat sektori, diversifikatsiya, klaster tizimi, sug‘oriladigan yerlar, energetika avtomobil sanoati kimyo sanoati, farmatsevtika. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishida qishloq xo‘jaligi va sanoat sektorlari muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari va mehnat resurslarining ko‘pligi ushbu sohalarni yanada rivojlantirish imkonini beradi. Shu bilan birga, diversifikatsiya – iqtisodiyotning bir necha sohalarini rivojlantirish orqali barqarorlikka erishish – bugungi kunda asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri. Qishloq xo‘jaligi O‘zbekistonda asosiy iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. U YaIMning qariyb 27 foizini egallaydi, mamlakatdagi jami aholining 30 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlaydi, qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo‘shadi. Bugungi kunga qadar qishloq xo‘jaligida 20 million gektardan ortiq yer, jumladan, 3,2 million gektar sug‘oriladigan ekin maydonlarida aholi ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda. 2017 yilda klaster tizimining paydo bo‘lishi tufayli qishloq xo‘jaligi yanada rivojlana boshladi. Bu tizim endigina yo‘lga qo‘yilmoqda, zanjirning ayrim bo‘g‘inlarida muammolar mavjud, ammo uni yanada takomillashtirish O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholi zichligi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda – 1 kv.km.ga 51,4 kishi to‘g‘ri keladi. Har gektar sug‘oriladigan yerga respublika aholisining 8 nafari to‘g‘ri keladi. Aholining o‘sish sur’ati sug‘oriladigan yerlar maydonining o‘sish sur’atlaridan ancha 305 FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VOLUME-2, ISSUE-1 yuqori. Shuning uchun so‘nggi 30 yil ichida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yerlar maydoni, ya’ni aholining o‘sishi hisobiga 0,23 gektardan 0,16 gektargacha, qariyb 25 foizga kamaydi. Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, keyingi 30 yil ichida sug‘oriladigan maydonlar yana 20-25 foizga qisqaradi. O‘zbekistonda yer xususiy mulkka aylanmoqda. Yer maydoniga bunday mulk huquqining kiritilishi mulkdorni, unumdorlikni oshirishga qaratilgan uzoq muddatli investitsiyalarni kiritishga undaydi. Yer egasi yerdan uzoq muddatli samarali foydalanishni rejalashtirishi mumkin. Sanoatda Diversifikatsiya Sanoat diversifikatsiyasi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va tashqi bozorlarga qaramlikni kamaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda sanoatning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda: 1. Energetika: Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga e‘tibor qaratilmoqda, jumladan quyosh va shamol energiyasi loyihalari yo‘lga qo‘yilmoqda. 2. Avtomobil sanoati: Mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksportni ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda. 3. Kimyo sanoati: Neft va gaz mahsulotlarini chuqur qayta ishlash orqali yuqori qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. 4. Farmatsevtika: Mahalliy xomashyo asosida dori vositalarini ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda. Diversifikatsiyaning Ijtimoiy-Iqtisodiy Ahamiyati Qishloq xo‘jaligi va sanoatning diversifikatsiyasi quyidagi ijobiy natijalarni ta’minlamoqda: 1. Ish o‘rinlari yaratish: Yangi tarmoqlarning rivojlanishi orqali mehnat bilan bandlik oshmoqda. 2. Eksport salohiyatini oshirish: Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish tashqi bozorlarda O‘zbekistonning mavqeini mustahkamlamoqda. 3. Hududiy rivojlanish: Diversifikatsiya jarayonlari qishloq hududlarida sanoat infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ekologik barqarorlik: Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ta’minlanmoqda. Kelajak uchun istiqbollar Diversifikatsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi choralar amalga oshirilishi zarur: 1. Innovatsiyalarni kengaytirish: Ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy qilish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish. 306 FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VOLUME-2, ISSUE-1 2. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash: Qishloq xo‘jaligi va sanoatning turli tarmoqlarida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun subsidiyalar va imtiyozlar berish. 3. Ta‘lim tizimini takomillashtirish: Malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan dasturlarni kengaytirish. 4. Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish: Chet el investitsiyalarini jalb qilish va tajriba almashish orqali rivojlanish sur‘atini tezlashtirish. O‘zbekiston o‘
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi va sanoat sektorlarining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni hamda diversifikatsiya jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi va sanoat sektorlarining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni hamda diversifikatsiya jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Karakalpaks, Uzbeks, ethnogenesis
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026