К содержанию
РецензированоRU2024

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРАКТИКИ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕС-ПРОЕКТОВ

Sobirov Akram Mahmudovich

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article provides comments on improving the practice of financing business projects. Reasons are given for the importance of business projects for small business enterprises. Financial implementation of projects in small business enterprises is an important element. Keywords: business, project, project financing, financing practice, business training. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРАКТИКИ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕС- ПРОЕКТОВ Аннотация. В статье представлены комментарии по совершенствованию практики финансирования бизнес-проектов. Обоснована важность бизнес-проектов для предприятий малого бизнеса. Важным элементом является финансовая реализация проектов на предприятиях малого бизнеса. Ключевые слова: бизнес, проект, проектное финансирование, практика финансирования, бизнес-тренинг. Bugun biznes loyihalari, tadbirkorlik, turli xil biznes korxonalari O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining ajralmas bir kuchiga aylandi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilayotgan jamiyatimizda kichik biznesga, kichik biznes tashkilotlariga e’tibor juda katta. Iqtisodiy tarmoqlarning tamal negizida ularning ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiya qilish, ularni texnik va texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, respublikada kichik biznes korxonalarining investitsion bazasini yo‘lga qo‘yish va uni yanada takomillashtirish uchun ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 15 30-Sentabr, 2024-Yil Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.” Darhaqiqat, bozor tamoyillariga asoslangan, kuchli iqtisodiyot ustun bo‘lgan bu jamiyatda kichik biznes korxonlarining o‘rni beqiyosidir. Ular jamiyatning ajralmas bir qismidir. Kichik biznes subyektlarida ish faoliyatini tartibga solish, ularni qo‘llab-quvvatlash, investetsiyaga jalb qilish uchun turli xil qonun-hujjatlar qabul qilinmoqda. Ularda jamiyat talablariga to‘la mos keladigan normalar asosida qurilgan biznes subyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar, tavsiyalar, ko‘nikmalar berib boriladi. Bular: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirish Respublika koordinatsion kengashining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 17-fevralda №57-sonli Qarori qabul qilindi. 2. 1999-yilda qabul qilingan “Kichik biznes subyektlarida investitsiya bozorining shakllanishi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi. 3. 1994-yilning 5-mayida O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari va chet el investorlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi Qonun. 4. 1996-yil noyabrida “Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha omillar va imtiyozlar to‘g‘risida”gi Farmoni. Bozor iqtisodiyotining alohida ajralmas bir qismiga aylangan bu kichik biznes korxonalari bu tadbirkorlik faoliyatining ajralmas bir qismi sifatida iqtisodiy atamalar, terminlar qatoridan o‘rin olgan. Bu kichik biznes korxonasi tushunchasi bozor muhitining shakllanishi, uning ilk negizlarini yaratishda, korxona faoliyati muhitini rivojlantirishda alohida ahamiyatga egadir. Biz, avvalo, kichik biznes korxonalari qanday korxonalar tushunchasiga to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Chunki biz bu atamaning mohiyatini bilmasdan turib kichik biznes korxonalarida qanday faoliyat yuritish, faoliyatda qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yishini bilib bo‘lmaydi. Kichik biznes korxonalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sirasiga kirib, unda faoliyat yuritayotgan hodimlar soni qonun-hujjatlari asosida belgilanib qo‘yiladi. Bu degani, ishlab chiqaruvchi hodimlar miqdori chegaradan oshib ketmasligi kerak. Kichik biznes subyektlari turli xil tashkilot va korxona, turli xil insonlar tomonidan amalga oshiriladi. Bular har qanday vakolatga ega fuqaro, ularning oila a’zolari, ularga taaluqli bo‘lgan 16 30-Sentabr, 2024-Yil fuqarolardir. Davlat, ijara, hissadorlik jamiyatlari, turli qo‘shma korxonalar, turli xil idora- tashkilotlar asosida amalga oshiriladi. Qonun-hujjatlariga asosan, shuni aytishimiz mumkinki, monopoliyaga qarshi idoralarning qaroriga ko‘ra kichik korxonalar turli tadbirkorlik subyektlari orqali majburan tashkil qilish mumkin. Bilasizki, kichik subyekt korxonalarining asosiy maqsadi, avvalo, xalq uchun zarur bo‘lgan barcha ishlab chiqarish mahsulotlarini ishlab chiqarishdir. Kichik biznes korxonalari har qanday shakllar asosida turli xil xalq xo‘jaligi asosida tashkil qilinaveradi.

Доказательный фрагмент

«This article provides comments on improving the practice of financing business projects.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides comments on improving the practice of financing business projects. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
business, project, project financing, financing practice, business training, бизнес, biznes, проект, бизнес-тренинг., moliyalashtirish amaliyoti, практика финансирования, проектное финансирование, business training., biznes treninglari., loyiha, loyihalarni moliyalashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники