К содержанию
РецензированоRU2024

РОЗА ОТУНБОЕВА – ПЕРВАЯ ЖЕНЩИНА-ПРЕЗИДЕНТ В ИСТОРИИ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

Nabiyev Muhammadali

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article provides information about the political activity, presidential period and life of Roza Atunbayeva, the first female president elected in Central Asia. In addition, this article provides information on the events of 2010 in Osh. Key wоrds: Central Asia, President, Senate, Education, Ministry, Constitution, Provisional Government. РОЗА ОТУНБОЕВА – ПЕРВАЯ ЖЕНЩИНА-ПРЕЗИДЕНТ В ИСТОРИИ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ Аннотация. В данной статье представлена информация о политической деятельности, президентском периоде и жизни Розы Атунбаевой, первой женщины- президента, избранной в Центральной Азии. Кроме того, в данной статье представлена информация о событиях 2010 года в Оше. Ключевые слова: Средняя Азия, Президент, Сенат, Просвещение, Министерство, Конституция, Временное правительство. Kirish. Roza Otunboeva Qirgʻiziston Respublikasining sobiq prezidenti. 2010 yil 7 aprel voqealari natijasida u Qirg‘iziston Muvaqqat hukumati rahbari bo‘ldi. 2010-yil 19-mayda Qirgʻiziston Prezidenti 2011-yil 31-dekabrgacha oʻtish davrini eʼlon qildi. 2010-yil 27-iyulda Konstitutsiyaning yangi matnini qabul qilish boʻyicha referendumda uni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti etib tasdiqladi. Qirgʻizistonning birinchi ayol prezidenti va MDH davlatlarida prezidentlik lavozimini egallagan birinchi ayol. U bu lavozimda Almazbek Atamboyev 2011-yil 1-dekabrda lavozimga kirishgunga qadar faoliyat yuritgan. [2:41] Roza Otunboeva 1950-yil 23-avgustda (Talas viloyati, Boqay-Ota tumani, Boo-Terek qishlog‘ida) tug‘ilgan. Uning otasi Isaak Otunboev uzoq yillar Oliy sud aʼzosi boʻlgan. 10 yildan so‘ng Isoq O‘tunboyev ish uchun O‘shga ko‘chirildi. O‘sh shahridagi maktabni oltin medal bilan tamomlagan. 1972 yilda Moskva davlat universitetining falsafa fakultetini tamomlab, Moskva davlat universitetining aspiranturasiga o‘qishga kirdi. Germaniyada malaka oshirgan. Adabiyоtlar tahlili va metоdоlоgiya. 2010 yilning iyun oyi Qirg‘izistonning janubi. Mahalliy qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro chiqdi. “O‘sh voqealari” nomi bilan tarixga kirgan ushbu nizo oqibatida 500 ga yaqin inson halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar soni mingdan, qo‘shni O‘zbekistonga qochib o‘tganlar soni esa yuz mingdan oshdi. Bundan tashqari 6 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 3,5 mingdan ortiq ko‘chmas mulk vayron qilindi. Shundan atiga 275 tasi davlatga tegishli, qolgan katta qismi esa mahalliy aholining boshpanasi edi. Ushbu statistika voqeaning ko‘lamidan dalolat: yongan uylar, qonga belangan qo‘llar, yaqinlaridan ayrilgan insonlar. Ushbu fojiaga yaqinda 14 yil to‘ladi. Biroq o‘sha dahshatlardan jovdiragan ko‘zlar haligacha ko‘p savollariga javob topa olmagani aniq. Oradan yillar o‘tganiga qaramay, Qirg‘izistonning bugungi hukumati 2010 yil voqealarining sabab va omillariga aniqlik kiritishga qaror qildi: mamlakatning amaldagi Prezidenti Sadir Japarov ko‘rsatmasi bilan o‘sha davrda Qirg‘izistonni boshqargan Muvaqqat hukumatga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qayta tergov boshlandi. Ishni esa Qamchibek Toshiyev raisligidagi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi olib bormoqda. 2010 yilda yuz bergan inqiroz O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov uchun qaysidir ma’noda yangilik emasdi. U bunday favqulodda vaziyatlarga oldin ham guvoh bo‘lgan. Xususan, SSSR parchalanishi arafasida sovetlarning bosqinchilarga xos bo‘lgan “bo‘lib tashla va hukumronlik qil” siyosati o‘z mevasini berayotgan edi. SSSR tarkibida tuzilgan mustaqil respublikalar chegarasi o‘tgan asrning 20-30-yillarida shunday “mahorat” bilan chizilgan ediki, mabodo ular mustaqil bo‘lishga intilsa, albatta, o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlar bilan mojaroga borishi va hatto, urushga kirishi kerak bo‘lgan. Tarixan bunday taktika bosqinchi davlatga mustaqil bo‘lishga intilgan mamlakatlarni o‘z tarkibida ushlab qolishda qo‘l kelgan.[2:50-51] O‘tgan asrning 90-yillarida Gruziya, Checheniston, Tog‘li Qorabog‘ hamda Qirg‘iziston millatlararo konfliktni boshdan kechirgan. Ushbu davrda O‘zbekiston SSRga rahbarlik qilgan Islom Karimov yuqoridagi holatlarning guvohi bo‘lgan. 2010 yilga kelib, mustaqil O‘zbekistonning Prezidenti Islom Karimovning o‘zi bunday siyosiy imtihondan o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Qirg‘izistonning janubida qirg‘inga uchragan o‘zbek millatining 100 minglab vakili O‘zbekiston tomonga qochib o‘tgan. O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi Hukumati ular uchun Andijon viloyatida vaqtinchalik maxsus lagerlar tashkil qilgan, yashash uchun kerakli bo‘lgan barcha birlamchi manbalar bilan ta’minlagan. Natijalar. Roza Otunboeva Markaziy Osiyodagi birinchi ayol prezident. 2010-yil iyulidan 2011-yil dekabrigacha Otunboeva Qirg‘iziston Respublikasini boshqargan. O‘z lavozimini tark etganidan so‘ng, u mamlakat taraqqiyotiga ko‘p qirrali hissa qo‘shayotgan “Roza Otunboeva tashabbusi” jamoat fondini tuzdi. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Limon.KG sayti Roza Isoqovna Otunboyev

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the political activity, presidential period and life of Roza Atunbayeva, the first female president elected in Central Asia.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the political activity, presidential period and life of Roza Atunbayeva, the first female president elected in Central Asia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Средняя Азия, Президент, Сенат, Просвещение, Министерство, Prezident, Education, President, Конституция, Ministry, Konstitutsiya, Markaziy Osiyo, Provisional Government., Central Asia, vazirlik, Senate, Constitution, Временное правительство., Muvaqqat hukumat., senat, ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники