К содержанию
РецензированоRU2021

Теоретические основы оценки навыков понимания прочитанного при обучении на родном языке

Shohruh ABDIRAIMOV

Общество и инновации · 10 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: Обучение на родном языке развивает у учащихся оценка, разговорные навыки. Определение и оценка уровня понимание прочитанного, развития этих навыков – сложный процесс. В этой статье предметная область, обсуждается, какой из речевых навыков следует учитывать конструкция, индикатор, при оценке уровня понимания прочитанного и какие тест. показатели следует использовать для оценки понимания прочитанного. Maʼlumki, matnni o‘qib tushunish, o‘zlashtirish jarayoni va bosqichlari haqida tilshunoslikda ham, pedagogik o‘lchovlarga oid tadqiqotlarda ham matnni o‘zlashtirishning muayyan boshqichlari aniqlangan va ilmiy tomondan isbotlanib dalillar keltirilgan. Tadqiqotlardagi ilmiy farazlar bir-birini to‘ldiradi. O‘zbek tilishunosligida psixolingvist olima I. Azimova O‘qib tushunish malakasiga to‘xtalib, matnni o‘qib o‘zlashtirishni quyidagicha izohlaydi: “Matnni oʻqib tushunish murakkab psixolingvistik jarayon boʻlib, grafemalarni tanish, soʻzni oʻqish, soʻzning lugʻaviy maʼnosini, kontekstual maʼnosini anglash, sintaktik strukturani toʻgʻri hal etish (yaʼni, soʻzlarning oʻzaro munosabati, qaysi soʻz gapdagi asosiy tushunchani, qaysilari unga tobe tushunchalarni ifodalayotganini anglash), shuningdek, matn mazmuniy bloklarining oʻzaro bogʻlanishini tushunish kabi darajalardan iborat boʻladi”[1. B. 222]. Olimaning mazkur nazariy qarashlari asosida matnni o‘zlashtirish harfni tanish → so‘zni o‘qish → so‘zning ma’nolarini anglash → gap bilan bog‘liq grammatik hodisalarni qabul qilish → matnning umumiy va qismlarini anglash kabi jarayonlardan iborat deyishimiz mumkin. Jahon tilshunosligida Kolin M. Braun, P.Xagurt, M.Kutaslar matnni tushunishni quyidagi darajalarini farqlaydilar: a) signalni boshqa signallardan farqli o‘laroq nutqiy signal sifatida anglash; b) signalning tarkibiy qismlarga segmentatsiyasi; v) segmentatsiya qilish jarayonining mahsuliga asoslangan holda mental leksikonga chiqish; g) leksikondan mos so‘zni tanlash; d) oxirgi so‘zni hisobga olgan holda gap uchun mos grammatik strukturani tuzish; e) gap tarkibidagi so‘zlar o‘rtasida semantik aloqani o‘rnatish[2.881]. Darhaqiqat, mazkur nazariy qarash ham matnni o‘zlashtirish bir-birini davom ettiruvchi murakkab jarayonligini dalillaydi. Mazkur qarashlarni birlashtirgan holatda shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, matnni tushunish, uni idrok qilish, o‘zlashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi. (1-rasm) Ammo hammada ham bu bosqichlar tartibli amalga oshmaydi. 120 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 1-rasm. Matnni o‘qib tushunish bosqichlari Modul sifatida keltirilgan mazkur matnni o‘qib tushunish bosqichlari baholash mezonlarini belgilashda alohida hisobga olinishi lozim. Baholash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning hisobotlarida, pedagogik o‘lchovlarni takomillashtirish yuzasidan tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarning ilmiy materiallarida o‘qib tushunish malakasini baholash mezonlarini hamda domen, sub- domen, konstruktlarni belgilash yuzasida bir qancha tavsiyalar berilgan. Xususan, bizda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash” metodik qo‘llanmasida matnni tushunish darajasini baholashda quyidagi o‘rinlarga diqqat qaratilishi keltirib o‘tiladi[3.92]: – matndan tegishli ma’lumotni qidirish va tanlash; – matnni tushunish; – matnning juz’iy ma’nosini ifodalashni o‘rganish; – integratsiya qilib matn yaratishni ifodalash; – matnni sifat va ishonchliligini baholash; – matnda ifodalangan shakl va mazmun haqida mulohaza yuritish; – tafovutlarni aniqlash va ular bilan ishlash. Mazkur talablardan bilinib turibdiki, ona tilidagi matnni o‘qib tushunish darajasini aniqlash matnni ta’sirchan va ifodali o‘qish jarayonini tekshirish emas, balki o‘qilgan matnni idrok qilish, fahmlash va real hayotda qo‘llay olish bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalarni baholash jarayonidir. 121 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 Jahon til o‘qitish metodikasida matnni o‘qib tushunish malakasini baholash o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab ta’lim jarayonida keng qo‘llanila boshlagan. Buning omili sifatida o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasi, o‘qish savodxonligi yuqori bo‘lgan yurtlarda iqtisodiy-ijtimoiy o‘sish yuqorilashgani qayd etilgani keltiriladi. Hozirgi kunda o‘qib tushunish ko‘nikmasini, umuman savodxonlikni, amaliy ko‘nikmalarni baholash, tahlil qilish va o‘quvchilarning savodxonlik darajasi bo‘yicha xalqaro reytinglarni tuzish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur dalillar ham ona tili o‘qitish metodikasining oldida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakasini rivojlantirish metodikasi va baholash mezonlarini yaratish dolzarb masalalardan bir bo‘lib turganligini ko‘rsatadi. J.Ch. Alderson “O‘qib tushunish malakasini baholash” qo‘llanmasida tilni egallaganl

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Обучение на родном языке развивает у учащихся оценка, разговорные навыки.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Обучение на родном языке развивает у учащихся оценка, разговорные навыки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, test, предметная область, оценка, mavzu doirasi, kostruktsiya, construction, понимание прочитанного, reading comprehension, индикатор, indikator, аssessment, baholash, oʻqib tushunish, тест, domain, indicator, конструкция
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники