Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Система изображений в работах Джамили Эргашевой
Rushana ZARIPOVA Shofiyev OBID
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: Данная статья посвящена методическому мастерству образ, автора в изображении образов в произведениях Джамили образность, Эргашевой, в том числе образа женщин, их внутренних сюжет, переживаний, событий во внутреннем и внешнем мире творческий прием, внутренние переживания, мужчины через образы женщин. персонаж, В статье подробно анализируются образные навыки Джамили методические навыки, Эргашевой в повествовании и повествовании, ее стиль авторская речь, изображения персонажей и дополнительные художественные искусство, средства. Существует также независимое осмысление творческого драма, конфликт, метода художника, методологического подхода и степени, в разрешение. которой он или она передает читателю внутренний мысленный образ образов. O‘zbek adabiyotida hikoyaning mumtoz namunalarini, o‘lmas durdonalarini yaratgan, realistik hikoyachiligimizning asoschilaridan deya haqli ravishda tan olingan buyuk adib Abdulla Qahhordan keyin bu borada yangilik qilishga erishgan ijodkor Shukur Xolmirzaev edi. Adibning voqealar tafsilotiga emas, psixologik tahlil, milliy xarakterlarga asoslangan hikoyalari adabiyotni asl vazifasiga – inson va uning taqdiri, ko‘nglini tadqiq etishga yo‘naltirish yo‘lidagi izlanishlar edi. Keyinroq bu janrda barakali mehnat qilib, uning yangi imkoniyatlarini ochishga uringan Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zam, singari nosirlar ijodi ana shunday izlanishlardan oziqlandi. Bu adiblar adabiyot, avvalo, insonshunoslik ekanini isbotlashga harakat qildi. Zero, hikoyachilik ustasi SH. Xolmirzaev ta'kidlaganidek, “Muammolarning muammosi – odam. Badiiy asarda odamni chinakamiga aks ettirish orqali uning qilmish-qidirmishlaridan muammolar kelib chiqaveradi. Bu muammolarni hal qilish esa yozuvchining ishi emas. Uni hayot hal etadi. O‘sha hal etilish jarayoni esa yana adabiyotda o‘z aksini topishi mumkin”. A.P. Chexovning “Yozuvchining vazifasi – muammolarni yechish emas, qo‘yishdir”, – degan mashhur gapi aynan shu ma'noni ifodalaydi. Iste'dodli ijodkor Jamila Ergasheva hikoyalarida ham jamiyatdagi yirik ijtimoiy- siyosiy masalalar, yetakchi, faol qahramonlar hayoti qalamga olinmaydi. Ular uchun kundalik turmushdagi oddiy hodisa, biror odamning odatiy hayoti ham mavzu, o‘sha insonning o‘zi qahramon bo‘lishi mumkin. Muallifning asosiy maqsadi – qahramonning yetakchilik faoliyati, namuna bo‘ladigan jihatlarini ko‘rsatishdan ko‘ra uning qalbiga chuqurroq kirish, ko‘ngil kechinmalarini teranroq ifoda etish. Taniqli rus hikoyanavisi Yuriy Kazakov bunday deb yozadi: “Adabiyotning vazifasi – inson qalb kechinmalarini ifodalashdir. Bizning rus adabiyotimizda Lev Tolstoy hanuz bosh siymo ekanining sababi ham shunda. Dvoryanlik, pomeshchiklar, krepostnoy huquq – bularning barchasi uzoq o‘tmish, ammo ular haqidagi asarlar hamon maroq bilan o‘qiladi. Chunki Tolstoy inson qalbini aks ettiradi. Bunday asarlar hech qachon eskirmaydi”. Odatda havaskor yozuvchi ijodni hikoya qoralashdan boshlaydi. Chunki hikoya janri bo‘lajak yozuvchiga mashq qilish, malaka oshirish, ijodkor sifatida shakllanish, muayyan bir yo‘nalishga tushib olib, o‘ziga xos uslubga ega bo‘lish uchun har jihatdan qulay. Nasrdagi izlanish va tajribalar samarasi o‘laroq bugungi kunda hikoyaning hajmi, mavzu doirasi, badiiy-estetik tasvir vositalari kengaydi. Romanga xos vazmin va keng 821 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 ko‘lamli tasvirning hikoyaga ko‘chishi, ichki psixologik tahlilning kuchayishi, hozirgi murakkab fan va texnologiyalar zamonida inson dunyoqarashi, tuyg‘u va kechinmalari chigallashib borayotgani bunga sabab bo‘ldi. Mashhur rus yozuvchisi Maksim Gorkiy ta’kidlaganidek: “Hikoya so‘zni tejashga, materialni mantiqiy joylashtira bilishga, syujet ravshanligiga, tema aniqligiga o‘rgatadi”. Hikoya janri adiba jamila Ergasheva ijodida ham alohida o‘rin egallaydi. “Munavvar dunyo”, “Bola”, “O‘lim”, “Yolg‘izlik”, “Sog‘inch”, “Qaytish azobi”, “Gunoh”, “Kuzatuv”, “Hayratning o‘limi”, “Jodu”, “Bir kiyimlik mato”, “Uzilgan rishta”, “Otasining qizi”, “Oyjamol” va boshqa shu kabi hikoyalar Jamila Ergasheva ijodinig o‘ziga xos qirralaridir. Mazkur hikoyalar orqali adiba o‘z so‘zini aytishga intilgani, o‘zbek adabiyotiga o‘ziga xos mavzu, muammo va qahramonlari orqali o‘zgacha bir uslub bilan kirib kelganini ko‘rish mumkin. Jamila Ergashevaning “Ayol jodusi” degan to‘plami nashr qilinganida ustoz adib Shukur Xolmirzayev so‘zboshi sifatida adiba shaxsini, uning ijodini e'tirof etgan edi. Adib to‘plamga yozgan taqrizida quyidagilarni ta'kidlaydi: “... Bu singil besh-olti qissa va hikoyalar to‘plamini chiqargan.: shunisi ajoyibki, asarlarining aksari o‘sha chetki viloyatning qo‘lbola nashriyotlarida chop etilgan. To‘g‘ri, ul asarlarning ko‘pi dastlab respublikaning hurmatli jurnallarida bosildi, gazetalarida chop etildi. Ammo ular kitob holida chiqsin deb markazga yugurmadi u qizimiz. Negaki... ... uning uchun ASAR YOZISH – amal edi. Ana uni chindan ham “avvalo, o‘zi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Данная статья посвящена методическому мастерству образ, автора в изображении образов в произведениях Джамили образность, Эргашевой, в том числе образа женщин, их внутренних сюжет, переживаний, событий…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Данная статья посвящена методическому мастерству образ, автора в изображении образов в произведениях Джамили образность, Эргашевой, в том числе образа женщин, их внутренних сюжет, переживаний, событий… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- image, approach, and the extent to which he or she portrays the inner mental, art, конфликт, искусство, syujet, plot, образность, methodological skills, uslubiy mahorat, ijodiy metod, персонаж, xarakter, dramatizm, ichki kechinmalar, yechim, imagery, muallif nutqi, разрешение, inner experiences, obrazlilik, badiiylik, методические навыки, author's speech, conflict, авторская речь, konflikt, creative method, творческий прием, drama, solution, образ, character, драма, внутренние переживания, obraz, сюжет
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024