К содержанию
РецензированоRU2021

Проблема литературного языка в первой половине написанных источников XIX века

Sarvinoz SHARIPOVA Laylo RAUPOVA

Общество и инновации · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье анализируется проблема литературного языка литературный язык, Центральной Азии в первой половине XIX века. В частности, наречие, с лексической точки зрения изучаются произведения местный диалект, Муниса, Махмура, Гулхани, Мукими, Фурката. Роль разных лексический пласт, Махмур, наречий и диалектов в формировании литературного языка Гулхани, проиллюстрирована примерами. Мунис, Мукими, Фуркат, разговорный язык. O‘zaro feodal urushlar, Buxoro va Xiva xonliklarining Eron davlati bilan urushga mamlakatda iqtisodiy va madaniy tushkunlikni yanada keskinlashtirar edi. Shuning uchun ham bu davrda ijod etgan shoir va yozuvchilarning asarlarida mehnatkash ommaning jabr ko‘rishlari o‘zining aksini topgan edi. Bu davr shunisi bilan xarakterliki, unda badiiy stilda hajviya stili keng qo‘llanishda bo‘ldi. Bu davrning adabiy tili mahalliy shevalarga tayangan holda rivojlandi. XVII–XIX asrlardagi o‘zbek adabiy tilini o‘rganishda o‘sha davrda yaratilgan tarix asarlari, tazkiralar, shoirlarning ijodlari asosiy manba bo‘ladi. XIX-asrlar adabiy tilini o‘rganishda mazkur davrlarda yashab ijod etgan shoirlar ijodi ham yetarli manba bo‘ladi. Bu davr adabiy tilini rivojlantirishda Maxmur, Gulxaniy, Bahodirxon Munis, Ogahiy, Feruz, Muqimiy, Furqatlar munosib hissa qo‘shdilar. Bu ijodkorlar asarlari tilida Navoiy an’anasi bilan birga, g‘arbiy adabiy til shakllari ham uchraydi. Bu Fuzuliy she’riyati tilining ta’siri natijasida paydo bo‘lgan. XIX-asrlar adabiy tilining taraqqiyotida, uning jonli so‘zlashuv tili hisobiga boyib borishida Vafoiy (hayoti va faoliyati haqida to‘la ma’lumot yo‘q), Muhammadrizo Ogahiy, Pahlavonquli Ravnaq, Mujrim-Obid, Shermuhammad kabi shoir va yozuvchilarning roli kattadir. Shundan biz Munis, Gulxaniy, Maxmur, Muqimiy va Furqat asarlarining til xususiyatlari bilan tanishamiz. Munisning lirik she’rlari devon sifatida to‘plangan bo‘lib u “Munis-ul-ushshoq” deb ataladi. Shuningdek, u “Firdavs-ul-iqbol” tarixiy asarining hamda pedagogika va tilshunoslikka oid “Savodi ta’lim” risolasining muallifidir. Munis Mirxondning “Ravzat-us- safo” asarini o‘zbek tiliga tarjima ham qilgan. Munis adabiyotida va adabiy til normalarini saqlashda Navoiy traditsiyalariga amal qiladi. Shuning uchun ham u Navoiyni o‘ziga pir, ustod deb biladi: Sөz ichrә Navāiyki, jahāngirdurur Munisg‘a maāniy yolыda pir durur. Har bir progressiv yozuvchi va shoirlarda bo‘lganidek, Munis o‘z ijodiyotida Navoiy traditsiyalarini davom ettirar ekan, adabiy tilni xalq so‘zlashuv nutqi hisobiga boyitib bordi. Munis Xorazmiy asarlarida xalq so‘zlashuv tilida mavjud bo‘lgan leksik boyliklardan ustalik bilan foydalandi. Uning tilida umoch, atala, tang, lang, pavgon, taqir-tukur, shaqur- shuqur, qabag‘, tapuq, qopu, evur, evrulay evurdi, yugorusa, yurumoq, batar kabi so‘zlar 891 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 qo‘llangan. Shoir she’riyatida ko‘tarinki ruhni saqlash maqsadida ma’ni kishvarin (ma’no viloyati), (ahli donish, guli-gulshan, otashi ishqing, ganji husn, guli latif, mehrobi tarh, (osh uchun qurilgan bino), motomi oshufta (oshiq motami) kabi izofali birikmalardan ham foydalandi. Munis asarlaridagi grammatik formalar asosan o‘sha davr normalariga muvofiq keladi. Ayrim affiks variantlaridagana farqlar seziladi. Masalan, qaratqich kelishigi -nun tarzida uchraydi: Muniңdek өzүңi xazin qыlma kөp Kүңүl mātamidin g‘amыn qыlma kөp. Umuman, kelishik affikslarining barcha singarmonistik variantlari uchraydi. Munis she’rlarida bog‘lovchilardan lek, va lekin, var kabi bog‘lovchilari qo‘llangan. Lek sendin kөrүb base ixlās Seni bu xizmat ichrә qыlduq xās. Valekin charxi dunparvar qыlыb lahza yүz bedad Vujudimnы etibdүr xāk yanglыg‘ mujibi nakbat. Var yaxshы tug‘ulmasa qalamlar Shak yoqki yaman tushular raqamlar. Munis asarlarida o‘g‘uz tili elementlari ham ko‘plab qo‘llangan: 1) buyuk Navoiy traditsiyasiga ergashish tufayli; 2) Shermuhammad Munisning o‘zi o‘g‘uz shevasi vakili bo‘lishi tufayli; 3) Ulug‘ Ozarbayjon shoiri Fuzuliyning ijodidan ilhomlanish tufayli uning asarlariga kirib kelgandir. Uning she’rlarida sifatdoshning -mish affiksi bilan ifodalangan turi qayd qilinadi: Hamesha bashыm urarmen yolыng sarы sanamā Magarki ishq aro bolmish men elga qiblanamā. Shuni aytish kerakki, -mish affiksining olgan so‘z uning asarlarida o‘tgan zamon fe’li ma’nosida ham qo‘llangan: Roza bisyor meni taң etmish (etdi) Badanim sust, ayag‘ыm laң etmish. Bo‘l so‘zining o‘g‘uz tillariga xos o‘l varianti ham qo‘llangan: Har sөzki kөңүldin oldы mavjud Xat bolmasa, bolg‘ay erdi nābud. Yoki: Shayxlar kandidin oldыm tangdil Lutf ilә bol dilkusho, ey mug‘bacha. Navoiy va Bobur asarlarida uchraganidek, hozirgi-kelasi zamon fe’lining bo‘lishsizi - mon affiksi bilan ifodalangan: Bā vujudi mahrumiyat tapmыsham mahrumlik Har nechә qыlsam jaamul bilman anың illәtin. Munis asarlaridagi arabcha-forscha so‘zlarning qo‘llanishida Navoiy va Bobur traditsiyasiga amal qilganini ko‘ramiz. Mun

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье анализируется проблема литературного языка литературный язык, Центральной Азии в первой половине XIX века.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье анализируется проблема литературного языка литературный язык, Центральной Азии в первой половине XIX века. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, lahja, Мунис, лексический пласт, leksik qatlam, mahalliy sheva, Muqimiy, Furkat, Gulkhani, Muqimi, so‘zlashuv tili, colloquial language, dialect, local dialect, Gulxaniy, Максмур, диалект, literary language, Гулхани, Мукими, Maxmur, разговорный язык, lexical layer, Munis, местный диалект, Фуркат, adabiy til, Furqat, литературный язык
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники