Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Архитектура Бабура и его династии в Индии
Jamshidbek SOBIROV Muzrobjon ABDULLAEV · June -/© in Science LLC. (Andijan State University) · Zahiriddin Muhammad (Andijan State University) · Taj Mahal (Andijan State University) · La’l QAL’a (Andijan State University) · Mumtaz Mahal (Andijan State University)
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В этой статье рассказывается о сооружениях Великого Захириддин Мухаммад шаханшаха, основателя династии Бабуридов Захириддина Бабур, Мухаммада Бабура, а также Хумоюн Мирзо и Акбаршаха из темуриды, Бабуридов, в какие годы они были построены в Индии, бабуриды, Кабулинский сад, где они расположены и насколько они уникальны и велики. мечеть Самбхал, Шохджахан, Тадж-Махал, Лаул кала, Мумтаз-Махал, Индия. Temuriylar sulolasining buyuk namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan, siyosatchi, adib, shoir va olimdir. U Hindistonda buyuk Boburiylar davlatiga asos soldi, mamlakatning madaniy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Hindistonda Bobur bir qancha imoratlar, bog‘lar va ko‘priklar qurdirgan. Uning bunyodkorligi avlodlari tomonidan davom ettirilgan. Shu bilan Hindiston san’atiga va me’morchiligiga Markaziy Osiyo Temuriylar uslubining kirib kelishi yaqqol sezila boshlandi. Boburiylar davri arxitekturasi mahobati, bezaklarning boyligi, musulmon me’morchiligi va hind saroy arxitekturasi an’analarining uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Qadimdan shu kungacha Hindistonda Bobur mirzodan uchta maqbara saqlanib qolgan. Bular: Panipatdagi “Qobuliy bog‘” va yana ikki masjid: ulardan biri Sambhalda, ikkinchisi Ayodhiyadan qad ko‘targan. Ularning paydo bo‘lishida Boburning o‘zi va aqoriblari rahnamolik qilishgan. Panipatdagi “Qobuliy bog‘” masjidi Hariyana shtatida joylashgan bo‘lib, ushbu masjid qurilishi 1528-yilda tugallangan. Masjidning markaziy qismida qiblaga qaratib qurilgan peshtoq qad ko‘tarib turibdi. Masjid mehrobi toshdan terilgan, inshootning qolgan devorlari g‘ishtdan tiklangan bo‘lib, sirti suvoqlangan. Oq marmarga bitilgan Qur’on oyatlari yozuvi 1527–1528-yillarga mansub. Qurilish chog‘ida hind ustalari ayrim mahalliy me’moriy uslublarini ishlatganiga qaramay, “Qobuliy bog‘” masjidining umumiy me’morchiligi Samarqanddagi “Bibixonim” me’moriy majmuasiga yaqin. “Sambhal” masjidi esa shu nomli vohada Dehlidan 140 km uzoqlikda joylashgan. O‘sha davrga oid hind miniaturalaridan birida Bobur Mirzo ot mingan holda “Sambhal” masjidini eslatuvchi minora qarshisida tasvirlangan. Ram Rathning guvohlik berishicha, inshootdagi uch yozuvdan bittasida quyidagi jumlaga duch kelish mumkin: “Bobur farmoni bilan bu masjid qurilishi uning aqoribi Mir Hindubek tomonidan hijriy 933, milodiy 1526-yilda boshlandi. Bizgacha saqlanib qolgan Bobur Mirzo masjidlaridan uchinchisi 1527–1529-yillarda Fayzobod nohiyasida Ayodhiya qishlog‘ida, Ghagahra daryosi sohilida Boburning a’yonlaridan biri Mir Boqiy toshkandiy tomonidan tiklangan. Markaziy qubbadagi yozuv tarjimasiga tayangan holda Ram Rath ta’kidlaydiki, mamlakat hukmdori Bobur ushbu masjid tiklanishida shaxsan rahbarlik qildi. Bundan tashqari Boburning avlodlari tomonidan ham ko‘plab imoratlar qurilgan. Xususan, bulardan biri Toj Mahaldir. 8 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 9 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib vafot etganidan keyin uning o‘g‘li Akbar Bobur singari balog‘atga yetmay turib Hindiston taxtiga o‘tirdi va mamlakatni 50 yil boshqardi. Hind qiziga uylandi. Ajoyib ishlarni olib bordi. Boburning evarasi Shoh Jahon qurdirgan “Tojmahal” maqbarasi yuz yillardan buyon jahon xalqlari e’tiborini “yeti mo‘jizaning biri” sifatida o‘ziga tortib turibdi. Xalqning Shoh Jahonni Xazrati Jahon, Bahodir Shohjahon, Shohjahonobod atamalari bilan yodga olinishining boisi ham ana shundadir. Shohjahon tarix giganti hisoblanadi. Uning ulkanligi urushlari, g‘alabalari bilan emas, balki buyuk san`at obidalari bilan belgilanadiki, bular shu paytgacha kishini hayratga solib kelmoqda. Bu o‘lmas san’at va me’morchilik obidalari jumlasidan Dehlidagi “La’l qal’a, uning ro‘parasidagi masjidi jome, Agradagi Toj Mahal maqbarasidir. La’l qal’aning devorlari qizil toshlardan terilgan. Uning ichida juda ko‘p bo‘limlar bo‘lib, ular podshohga, uning ayollariga, yaqin kishilariga, askarlariga, podshohning xususiy va umumiy majlislariga mo‘ljallangan. Masjid esa qurilish olamining tuhfasi hisoblanadi. Uning nomi Masjidi Lu’lu, ya’ni durdona masjid bo‘lib, eng toza, sof marmarlardan qurilgan. Mazkur qal’a Agrada Akbar qurgan la’l qal’a singari Jamna daryosining bo‘yiga qurilgan. Uning tashqi ko‘rinishi ham Agradagiga o‘xshaydi. Bu qal’a doimo boburiy podsholarining oromgohi bo‘lgan. Inglizlar oxirgi boburiylar podshohi Bahodirshohni u yerdan chiqarib, egallab olishgan. Inglizlar Hindistondan chiqib ketmagunlaricha, bu qal’ada bo‘lishib, o‘zlaridan keyin ko‘p buzg‘unchilik ishlarini qoldirib ketishgan. 1637-yilda Dehlida Shohjahon tarafidan qurilgan bu hashamatli qasrning inglizlardan keyin ba’zi qismlari qolgan. Lekin shunga qaramay dunyoning eng go‘zal binolaridan hisoblanadi. Hind hukumati keyinchalik bu yerda muzey tashki
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В этой статье рассказывается о сооружениях Великого Захириддин Мухаммад шаханшаха, основателя династии Бабуридов Захириддина Бабур, Мухаммада Бабура, а также Хумоюн Мирзо и Акбаршаха из темуриды, Бабур…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В этой статье рассказывается о сооружениях Великого Захириддин Мухаммад шаханшаха, основателя династии Бабуридов Захириддина Бабур, Мухаммада Бабура, а также Хумоюн Мирзо и Акбаршаха из темуриды, Бабур… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru), Mumtaz Mahal, Qobuliy bog`, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sambhal masjidi, temuriylar, Shohjahon, Захириддин Мухаммад Бабур, Qabuli garden, темуриды, Мумтаз-Махал, baburiyar, temuriyar, Тадж-Махал, Шохджахан, Zahiriddin Muhammad Babur, Toj Mahal, Mumtoz Mahal, India, Лаул кала, Taj Mahal, Кабулинский сад, Shahjahan, Индия, boburiylar, Hindiston, La'l QAL'a, La’l qal’a, мечеть Самбхал, бабуриды, Sambhal mosque
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024