Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Теоретические основы идеографического словаря на разных системных языках
Sevinch SODIQOVA · May -/© in Science LLC. (Languages National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek)
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматриваются не только идеографические идеологические словари, тезаурусы, но и тематические, аналогичные (ассоциативные) аналоговые словари, словари, а также обобщаются и непосредственно применяются тематические словари, на практике идеологические (идеологические), иллюстративные словари. иллюстративные (изобразительные) и идеографические словари. “Til fikr, his-tuyg‘u, istak kabilarni ifodalashda xizmat qiluvchi fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi, kishilar orasida asosiy va eng muhim aloqa, aralashuv va fikrlashuv quroli” sifatida olam va uning ontologiyasini o‘zida to‘la aks ettiradi. Ma’lumki, “Til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolari ongida mavjud bo‘lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat kiladigan birliklar hamda ularning o‘zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig‘indisidir”. Zero, akademik L.V. Sherba ta’kidlaganidek: “Milliy tillarning lug‘atlari haqiqiy xazina, milliy tushunchalar, millat hayoti va aqlining o‘ziga xos qomusidir”. 1. Bundan o‘zbek tili lug‘atlari ham mustasno emas. O‘zbek lug‘atchiligi tarixini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, undagi o‘zgarishlarning ijtimoiy hayotdagi tub burilishlarga bog‘lik holda kechganligini kuzatishimiz mumkin. Zeroki, milliy lug‘atchiligimizning asoschisi, ilk va o‘z davrida betakror turkiy lug‘at namunasini yaratgan tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariy asarida shunday deb yozadi: “Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirgizlarning qishloq va shaharlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘ladim, turli xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim” [1]. Manbalarda lug‘atlarning ilk marotaba qanday paydo bo‘lganligi haqidagi turli xil qiziqarli tarixiy hikoyalar keltirilar ekan, qadimgi grek va rimliklar matnlarda o‘zlari tushunishmagan so‘z va birikmalarning ma’nolarini izohlashga urinishgan. Lekin tildagi jamiki so‘zlarni bir joyga to‘plash mumkinligi, lug‘at tuzish ishlari ularning hayoliga kelmagan edi. O‘zbek tilida so‘zlar darajalanishi lug‘ati, o‘zbek tilida butun-qism munosabatli (oartonimik) so‘zlar lug‘ati, universal o‘quv lug‘ati, uyadosh so‘zlar lug‘ati, ideografik lug‘at kabi o‘quv lug‘atlarining bir qancha yangicha turlari ta’lim bo‘g‘ini uchun tayyorlab berilishi zarur bo‘lib turibdi. Shunisi diqqatga sazovorki, hamma zamonlarda ham xalqning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar eng avvalo lug‘atlarda o‘z aksini topib boradi. Ilk ideografik lug‘atlarning nazariy g‘oyalari nemis olimi Yogan Trirning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topdi. U semantik maydon tushunchasini tilshunoslikka olib kirib, uning nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqdi. Keyinchalik “maydon nazariyasi” Porsig va uning izdoshlari tomonidan rivojlantirildi va takomillashtirildi. Tilshunoslikda “semantik maydon” tushunchasini aynan Porsig nomi bilan bog‘lashadi. 646 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 Leksikani ideografik nuqtai nazardan o‘rganishning asosiy maqsadi – bu so‘zning turli ma’nolarini bus-butun, yaxlitligicha o‘rganish va ularni o‘z o‘rnida qo‘llashni o‘rgatishdir. Masalan, talabalar uchun ota, ona, o‘g‘il, qiz, aka-uka, opa-singil yoki shamol, yomg‘ir, bulut, quyosh, oy, yulduz kabi so‘zlarni alohida o‘rganib (xorijiy tillarni o‘rganish nazarda tutiladi), mag‘zini chaqishdan ko‘ra ushbu so‘zlarni ma’lum bir tematik guruhga jamlab, qiyoslab o‘rganish ancha qulay va osonroq kechadi. Chunki turli tematik guruhlarga jamlangan so‘zlarni (mas., ota-ona yoki qor-yomg‘ir) tartibsiz o‘rganish o‘quvchini chalg‘itishi mumkin va o‘zlashtirish jarayonini murakkablashtirishi ehtimoldan xoli emas [2]. Tematik tahlil qilish faqatgina ot so‘z turkumiga xos bulgan jarayon. Boshqa so‘z turkumlarining tahlili semantik jihatdan o‘rganishga asoslanadi. So‘zlar tahlilining bu shkala usuli bir-biridan farqlansa – da, ularning o‘xshash jihatlari ham bor. Ba’zida ular uyg‘unlashib ketishi ham mumkin. Masalan, rang va maza-ta’mni bildiruvchi sifatlar (oq- qora; achchiq-nordon; shirin-sho‘r), psixologik xususiyatlar (yovuz, rahmdil, badjahl, xushmuomala). Bu so‘zlar bir tomondan antonimik juftliklar hosil qilsa (leksik – semantik guruh), ikkinchi tomondan ma’lum bir tematik guruhlarni tashkil etadi. Shunday bo‘lsa-da, S.I. Ojegov gapiga e'tibor beramiz: “Lug‘at – so‘zlarning o‘zi yoki boshqa tilga tarjimasi berilgan alifbo tartibidagi to‘plam”. Haqiqatan ham, bu o‘zi bizning lug‘at haqidagi tasavvurimizga to‘la mos keladi. Xo‘sh, so‘zlar lug‘atda qaysi tamoyil asosida joylashmog‘i lozim? Til – tizim. U ongimizda ham shu tartibda o‘z aksini topgan. Shu yerda mashhur olim N.V. Krushevskiyning so‘zlarini yodga olamiz: “Hech qachon tilning asosiy xususiyatini unutmaslik lozim. So‘z – narsaning belgisi. So‘z va narsa h
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматриваются не только идеографические идеологические словари, тезаурусы, но и тематические, аналогичные (ассоциативные) аналоговые словари, словари, а также обобщаются и непосредственно пр…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматриваются не только идеографические идеологические словари, тезаурусы, но и тематические, аналогичные (ассоциативные) аналоговые словари, словари, а также обобщаются и непосредственно пр… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru), тематические словари, analogik lug`atlar, analog dictionaries, иллюстративные словари, ideological dictionaries, идеологические словари, illyustrativ lug`atlar, аналоговые словари, illustrative dictionaries, tematik lug`atlar, thematic dictionaries, ideologik lug`atlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026