Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Формы и методы взаимодействия института и общества в совершенствовании физического воспитания подрастающего поколения
Farrukh VALIYEV (Forms and methods of cooperation between the institute and the)
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: Основное направление – воспитание подрастающего благотворительность, поколения в спорте, здоровом образе жизни, стремлении к пандемия коронавируса духовному и физическому совершенствованию, любви к COVID-19, санитария, Родине, гордости за свою страну. Создание местных отбор, первобытный период, спортивных сооружений для обеспечения развития допинг-контроль. детского массового спорта в Узбекистане. Создание клубов по новым видам спорта, их оснащение соответствующим оборудованием и квалифицированными тренерами по спорту – основа для растущего из года в год числа детей и подростков, занимающихся физической культурой и спортом. Jismoniy tarbiya, badan tarbiya sog‘liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg‘un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi ko‘rsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashg‘ulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bilan qo‘shib olib boriladi. Ibtidoiy davrdan boshlab Jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli o‘yinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga o‘xshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud bo‘lgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama- yakka kurash mahoratiga o‘rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uyg‘onish davrida Jismoniy tarbiyaga e’tibor yanada kuchaydi. Gumanistlar Jismoniy tarbiyani o‘quv dasturiga kiritishga uringanlar. Jismoniy tarbiyaga o‘rta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida karala boshlandi. J.J. Russo “Emil, yoki Tarbiya to‘g‘risida” deb atalgan pedagogik risolasida Jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini ta’kidlagan. 18-asrda asosan Russo g‘oyalari ta’sirida Germaniyada paydo bo‘lgan “insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari” – filantropinlar Jismoniy tarbiyaning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam o‘rin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda Jismoniy tarbiyaning milliy tizimlari tarkib topdi. O‘zbekistonda Jismoniy tarbiyaga juda qadimdan salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Mahmud Koshgariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida 100 dan ziyod xalq o‘yinlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. “Alpomish” o‘zbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning “Farxod va Shirin”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoye” (“Nodir voqealar”), Boburning “Boburnoma” asari va b.da jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahsmunozaralarining xilma-xil namunalaridan xikoya qilinadi. O‘zbekistonda mustaqillik yillariga kelib Jismoniy tarbiya va sport davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 1992-yilda (2000 yilda esa yangi tahrirda) “Jismoniy tarbiya va sport 362 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, 1993 yilda Sog‘lom avlod davlat dasturining ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va nihoyat 1999-yilda, “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslarini yaratdi. Jismoniy tarbiyaning keng tarmoqli tizimi: oilaviy-maktabgacha davr (chaqaloqlikdan boshlab bog‘cha yoshidagi), maktab yoshi, o‘rta maxsus va oliy ta’lim davri hamda katta yoshdagi (erkak va ayol) lar Jismoniy tarbiyasini o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda umumta’lim maktablaridagi Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon hisoblanib, Jismoniy tarbiya darslari, sport seksiyalaridagi mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun jismoniy tarbiyadan davlat ta’limi standarta” bo‘yicha 1–9-sinflarda haftasiga 2 soatdan Jismoniy tarbiya darslari joriy etilgan. O‘quvchi- yoshlar o‘rtasida Jismoniy tarbiyani yanada ommalashtirish va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida 1999-yilda maxsus test sinovlari ishlab chiqildi. Mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirganlar uchun 3 darajali “Alpomish” va “Barchinoy” nishonlari ta’sis etildi. 1.588.298 nafar o‘quvchi mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirdi (2002). Shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun “Umid nihollari”, litsey-kollej o‘quvchilari uchun “Barkamol avlod”, oliy o‘quv yurti talabalari uchun “Universiada” ommaviy musobaqalarini har 2 y.da o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Xalq o‘yinlari va ommaviy sport turlari bo‘yicha qar 2 yilda “Alpomish o‘yinlari” festivali hamda “To‘maris o‘yinlari” o‘tkazib kelinadi. Jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy asoslari va shu soha mutaxassislari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, oliy o‘quv yurtlarining fakultetlari hamda bo‘limlarida tayyorlanadi. Yurtimizda sport
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Основное направление – воспитание подрастающего благотворительность, поколения в спорте, здоровом образе жизни, стремлении к пандемия коронавируса духовному и физическому совершенствованию, любви к COV…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Основное направление – воспитание подрастающего благотворительность, поколения в спорте, здоровом образе жизни, стремлении к пандемия коронавируса духовному и физическому совершенствованию, любви к COV… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- charity, sports from year to year. is coming, пандемия короновируса-СOVID19, doping control, sanitariya-gigiyena, благотварительность, отбор, xayriya, primitive period, sanitation, seleksiya, допинг-контроль, первобытный перид, selection, санитария, Ibtidoiy davr, doping bilan kurashish, COVID-19 coronavirus pandemic, COVID-19 koronavirus pandemiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025