К содержанию
РецензированоRU2021

Использование дидактических игр для активизации деятельности учащихся на уроках химии

Dilbar SHAYZAKOVA · Sevara MULLABOYEVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Tashkent region Chirchik State Pedagogical Institute)

Общество и инновации · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается применение методов метод, дидактической игры в обучении химии учащихся дидактика, 7-х классов, в формировании необходимых цитирований у технология, учащихся, пробуждении интереса к науке, формировании интерактивность, находчивость, мировоззрения и новых навыков, заданиях, связанных с сплоченность. развитием умения понимать мира, запоминать формулы, формировать желание побеждать на основе своих исследований и знаний. Bugungi kunda respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalashda, o‘sib kelayotgan farzandlarimizga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim berish, ijobiy natijalarga erishishda o‘z samarasini berib kelmoqda. Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yorqin samaralarini berdi. Shu bilan birga, ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratish, biz boshlagan buyuk ishlarni davom ettirishga qurbi-qudrati yetadigan, hech kimdan kam bo‘lmasdan hayotga kirib kelayotgan yetuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish, bugun erkin fikrlaydigan, ongli yashaydigan, siyosiy, huquqiy va ma’naviy saviyasi tobora o‘sib borayotgan, o‘z kelajagini, kim uchun va nima uchun mehnat qilayotganini o‘zida aniq tasavvur etayotgan barkamol avlodni tarbiyalashni davr taqozo etadi [1]. Aksariyat rivojlangan davlatlarda dastlabki kimyoviy bilimlar boshlang‘ich sinfda “Tabiatshunoslik” fanining tarkibiy qismi sifatida o‘qitila boshlanadi. Kimyo fanini o‘qitish bilan bir qatorda yosh avlodga tabiatni asrash, sog‘lom turmush tarsi, tirishqoqlik, hamkorlik qilish, mehnatsevarlik kabi ijobiy sifatlarni o‘quvchilarda rivojlantiradi. Rivojlangan davlatlardan Xitoy, Yaponiya, Italiya, Finlandiya, Rossiya, AQSH, Germaniya ta’limining rivojlanish tarixini o‘rganishda, sohalardan biri kimyo sohasining o‘rni alohida etiborga ega. Masalan, Xitoyliklarning fikricha – kimyo bu fandagi liberal san’atdir. O‘rta maktablarda kimyo ta’limining maqsadi ba’zaviy bilimlar berishdan iboratdir. O‘quvchi kelajakda kimyoga oid mutaxassislik tanlasa, daturdan tashqari zarur bilimlarni mustaqil o‘rganishi kerak bo‘ladi. Aksariyat davlatlarda kimyo fani alohida fan emas, balki “Science” geologiya, geografiya, biologiya fanlari bilan birga umumiy fan sifatida o‘qitiladi [2]. Fanning o‘quvchiga qay darajada chuqur berilishi esa, uning kelajakda egallaydigan kasbiga va fanga bo‘lgan qiziqishiga qarab belgilanadi. O‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishni 7-sinfdan boshlaydilar. Ko‘pchilik o‘qituvchilar dars jarayonida mavzuni tushuntirishda faqatgina darslikda berilgan nazariy ma’lumotlarni keltirish bilan qanoatlanadilar. O‘quvchilarga fanning ahamiyatini, har bir o‘qitayotgan mavzularning xayotning aynan qaysi jabhasida qo‘llashni yetarlicha tushuntira olmaydilar. Bu bilimlar o‘quvchilarda kimyo ularga kelajakda keraksiz fan sifatida taassurot uyg‘otishga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarga kimyoni o‘qitishda hayot bilan bog‘langan holda ulani zeriktirmasdan didaktik o‘yinlarni qo‘llagan holda bilim berish fanning ahamiyatini his etishlariga va fanga nisbatan qiziqishlari ortishiga sabab bo‘ladi. Kimyo faniga o‘quvchilarni qiziqtirish usullaridan biri bu darslarktik o‘yinlardan foydalanishdir. 134 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 Didaktik o‘yin – bu jamoa tajribasini o‘zgartirishga va yaratuvchanlikka yo‘naltirilgan hatti – harakatlarni mustaqil boshqarishni takomillashuviga imkoniyat beradigan faoliyat turidir. “O‘yin” atamasining turli tillardagi tarjimasiga qaraganda, “hazil”, “kulgi” degan ma’nolarni anglatadi. Ayni vaqtda o‘yin metodlari katta mashhurlikka ega bo‘lib, hilma – hilligi bilan ajralib turadi. Didaktik o‘yinlarda asosiy e’tibor natijaga emas, jarayonga qaratilgan bo‘ladi. Agar didaktik o‘yin guruxlarga bo‘lingan holda tashkil etiladigan bo‘lsa, bu o‘quvchilarning ma’suliyatini oshiradi, hattoki eng passiv o‘quvchi o‘rtoqlari oldida uyalib qolmasligi uchun ham faol bo‘lishga harakat qiladi. Darsda guruhlarga bo‘linib o‘yin ko‘rinishidagi topshiriqlarini bajarish vaqtida bilimi va fikrlash jarayoni kuchliroq bo‘lgan o‘quvchilar, o‘yin davomida bilimi pastroq o‘quvchilarga yordam berishga harakat qiladilar. Chunki hamkorlikda ishlash g‘alabaga olib keladi. G‘alaba esa o‘quvchilarni yana o‘yinni davom ettirishga jalb qiladi, o‘zlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilarda qo‘rqoqlik, odamovilik kabi salbiy jihatlari yo‘qolishi kuzatiladi. Bunda didaktik o‘yinlarning nafaqat ta’limiy balki, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega ekanligi namoyon bo‘ladi [3]. Darslarda didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘qituvchining o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirining ortishiga olib keladi. Didaktik o‘yin darsning mustahkamlash qismida, yoki butun dats maboynida qo‘llash mumkin. Didaktik oʻyinlar jarayonida oʻquvchilar oʻyin qoidalariga qatʼiy rioya qilishga oʻrganadilar, inoqlik his-tuygʻulari dunyoqarashlari shakl

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается применение методов метод, дидактической игры в обучении химии учащихся дидактика, 7-х классов, в формировании необходимых цитирований у технология, учащихся, пробуждении…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается применение методов метод, дидактической игры в обучении химии учащихся дидактика, 7-х классов, в формировании необходимых цитирований у технология, учащихся, пробуждении… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2021 in Science LLC, method, интерактивность, дидактика, didactics, interfaol, texnologiya, находчивость, interactive, resourcefulness, metod, технология, сплоченность, birdamlik, topqirlik, technology, didaktika, метод, intelligence
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники